Mavzu: Real Madrid FC
127. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:11
Ronalduning «Real»da faqat bir do'sti qoldi

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer paytida "Real"dagi bir necha nafar do'stlaridan ayrildi.

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer paytida "Real"dagi bir necha nafar do'stlaridan ayrildi.
Portugaliyalik futbolchi ancha vaqtdan beri "Qirollik klubi" futbolchilari — Pepe, Fabiu Koentrau va Xemes Rodriges bilan do'stona munosabatlarga ega bo'ldi. Ronaldu mashg'ulot paytida va maydondan tashqaridagi ko'p vaqtini ushbu futbolchilar bilan birga o'tkazardi.
Ammo Koentrau, Pepe va Xames yozda "Real"ni tark etishdi. Endi Madridda Krishtianu Ronalduning faqat bir do'sti qoldi – Marselo.
Krishtianu Ronaldu do'stlarini yo'qotganiga qaramay, boshqa jamoadoshlari uni qo'llab-quvvatlashadi. Portugaliyalik futbolchi yozda "Real"ni tark etmoqchi emas va "Qirollik klubi"dagi faoliyatini davom ettiradi.
128. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:11
«Chelsi» Daniloning narxi borasida «Real» bilan kelisha olmayapti
«Chelsi» klubi o'ng qanot himoyachisi Daniloning transferi borasida «Real» bilan kelisha olmayapti.

«Chelsi» klubi o'ng qanot himoyachisi Daniloning transferi borasida «Real» bilan kelisha olmayapti.
Ma'lumotlarga qaraganda, londonliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 32 million evro berishmoqchi, ammo madridliklar 35 million evro talab qilishmoqda.
129. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:12
«Yuventus» Kroosga ko'z tikdi

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroosga «Yuventus»ga qiziqish bildirmoqda.

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroosga «Yuventus»ga qiziqish bildirmoqda.
Turinliklar Blez Matyuidi («PSJ») va Aksel Vittsel («Tyantszin Tsyuantszyan»)ning transferi borasida omadsizlikka uchraganlaridan keyin o'z e'tiborlarini Germaniya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisiga qaratishdi.
Kroosni xarid qilish uchun «Yuventus» Leonardo Bonuchchining transferi orqali olingan daromad (42 million evro) va Xuan Kuadradonig ehtimoliy transferi orqali tushadigan pulni (25–30 million evro) sarflamoqchi. Kroosning transferi 70 million evroga baholanmoqda, ammo «Real» uni sotmoqchi emas.
O'tgan yilning oktyabr oyida Toni madridliklar bilan shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirgandi. U hozirda "Real"da soliqlarni chiqarib tashlagandan keyin 10 millionov evro yillik maosh olmoqda.
130. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:12
«Real» Mbappeni transfer oynasi yopilgunga qadar qo'lga kiritmoqchi
«Real» «Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritishga astoydil bel bog'lagan.

«Real» «Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritishga astoydil bel bog'lagan.
Qirollik klubi transfer oynasi yopilgunga qadar, ya'ni 31 avgustgacha muzokaralarni to'xtatmaydi va futbolchi uchun kurashadi.
«Real» futbolchini sotib olib, «Monako» tarkibida 1 yil ijarada qoldirishni ko'zlamoqda. Bu esa o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayotgan futbolchi va uning jamoasi maqsadlariga mosdir.
Eslatib o'tamiz, agar transfer amalga oshsa, «Real» Mbappe uchun 120 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi.
131. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:12
«Real» Morata uchun «Milan»dan 90 mln evro so'ramoqda
«Milan» klubi «Real» hujumchisi Alvaro Morata transferi ustida ishlamoqda.

«Milan» klubi «Real» hujumchisi Alvaro Morata transferi ustida ishlamoqda.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Italiya klubi 24 yoshli futbolchini o'z safida ko'rishni istayapti. Biroq «Real» uni 90 mln evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Ayni paytda, Morataga «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tyantszin Tsyuantszyan» klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
132. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:13
“Manchester Yunayted” De Xeani “Real”ga sotishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi De Xeani “Real”ga qo'yib yuborishi mumkin.

“Manchester Yunayted” klubi De Xeani “Real”ga qo'yib yuborishi mumkin. Sababi, Mourinyu klubning uchinchi darvozaboni Joel Pereyraga ishonch bildirmoqda.
Uning fikricha, Pereyra keyingi mavsumda raqobatda De Xeani ortda qoldirishi mumkin. Pereyra Shveytsariyaning “Ksamaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012 yilda “Manchester Yunayted” akademiyasiga kelib qo'shilgan. O'tgan mavsumda esa Angliyada birinchi bor maydonga tushdi.
133. Sardor_Malikov (339) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 21:41
Endi köp xabarlar yolg'on bölaveradi. Chunki köp saytlar yolg'on xabarlarni aynan transferlar paytida köpaytirar ekan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 143
Mavzuga oid xabarlar soni: 391 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jun 2019, 17:06
Mavzuni ko'rishgan: 136 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 217 (0/217)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru