Mavzu: Real Madrid FC
134. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 06:52
Sardor_Malikov (15 Jul 2017, 21:41):
Endi köp xabarlar yolg'on bölaveradi. Chunki köp saytlar yolg'on xabarlarni aynan transferlar paytida köpaytirar ekan.
Sardor_Malikov, balkim yolg'on bo'lishi mumkin :joyy:
135. Nodirali (1720) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:29
Bu mening sevimli jamoam.
136. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:36
Neymarning «Real» va «Chelsi»ga nima uchun o'tmagani ma'lum bo'ldi
Neymarning sobiq agenti Vagner Ribeyro mijozining «Real» va «Chelsi» klublaridan taklif olgani haqida gapirdi.

Neymarning sobiq agenti Vagner Ribeyro mijozining «Real» va «Chelsi» klublaridan taklif olgani haqida gapirdi.
«Neymar bilan 12 yoshidan beri birga ishlaganman. Biroq u ulg'aygach, otasi barcha ishni o'z qo'liga oldi.
Bir kuni men Neymar borasida "Chelsi" va "Real"dan taklif oldim va "Santos" klubi qarorgohiga bordim. Men uni "Real"ga o'tishini kutgan edim, chunki ularning taklifi "Santos" uchun ham, Neymar uchun ham yaxshiroq edi. Biroq u bu taklifimni rad etdi. O'sha vaqtdayoq uning yuragida "Barselona" bo'lgan edi», – dedi agent.
137. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:36
Marselo jamoadoshiga tuxum va un sovg'a qildi
“Real” himoyachisi Marselo jamoadoshi Daniloning tug'ilgan kuniga maxsus sovg'a tayyorladi.

“Real” himoyachisi Marselo jamoadoshi Daniloning tug'ilgan kuniga maxsus sovg'a tayyorladi.
15 iyul kuni Danilo 26 yoshni qarshi oldi. Marselo esa unga tug'ilgan kuni uchun maxsus tayyorlangan tuxum va un sovg'a qildi.
138. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:37
Mbappe “Real” futbolkasiga dastxat qo'yishni istamadi
“Monako” hujumchisi Kilian Mbappe “Real” futbolkasiga dastxat qo'yishni istamadi.

“Monako” hujumchisi Kilian Mbappe “Real” futbolkasiga dastxat qo'yishni istamadi.
“Marca” nashrining xabariga ko'ra, “monegasklar”ning Shveytsariyadagi mashg'ulotiga Roman ismli “Real” muxlisi tashrif buyurdiva egnidagi “Real” futbolkasiga dastxat qo'yib berishni so'radi. Biroq Mbappe bu taklifni rad etdi.
139. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:37
Afsonaviy Raul Gonsales “Real” bilan kelishuvga erishdi
“Real”ning afsonaviy sardori Raul Gonsalez 21 iyul kuni jamoaning AQShdagi qarorgohiga tashrif buyuradi.

“Real”ning afsonaviy sardori Raul Gonsalez 21 iyul kuni jamoaning AQShdagi qarorgohiga tashrif buyuradi.
“Marca” nashrining xabar berishicha, Raul aynan shu kuni klub boshqaruv tizimida ish boshlaydi.
140. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 16 Jul 2017, 08:38
Navbatdagi mashg'ulotlar yakuniga yetdi
"Real Madrid" jamoasi bugun AQSHdagi navbatdagi mashg'ulotlarni yakunladi. Mashg'ulotlar asosan to'p bilan momila qilishga qaratildi. Shuningdek, mashg'ulotlar jarayonida Marselo va Kazemiro vatandoshi Daniloni 26 yoshni qarshilagani bilan o'ziga xos tabrikladi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 143
Mavzuga oid xabarlar soni: 391 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jun 2019, 17:06
Mavzuni ko'rishgan: 136 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 353 (0/353)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru