UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Real Madrid FC
Mavzu fayllari
(5)
Fernando Redondo: «Zidan buyuk del Boskeni eslatyapti» 1994-2000 yillar oralig'ida «Real Madrid» sharafini munosib himoya qilgan argentinalik Fernando Redondo ayni payt murabbiylik sohasiga qadam tashlashga hozirlanmoqda. 1994-2000 yillar oralig'ida «Real Madrid» sharafini munosib himoya qilgan argentinalik Fernando Redondo ayni payt murabbiylik sohasiga qadam tashlashga hozirlanmoqda. Vaqtida tartibli o'yinlari, zargarona uzatmalari bilan ajralib turgan sobiq yarim himoyachi Las-Rosas shahrida bu yo'nalishdagi kurslarda saboq oldi. U Ispaniyaning AS nashriga bergan intervyusida «Madrid» bag'ridagi yorqin damlarini esga olish barobarida hozirgi jamoa, xususan, uning bosh murabiyi Zayniddin Zidanni alohida e'tirof etdi. - Bodo Illgner, Kristian Panuchchi, Manuel Sanchis, Roberto Karlos, Fernando Redondo, Kris-tian Karambyo, Klarens Zeedorf, Raul, Fernando Morentes va Predrag Miyatovich - bular ChL-1997|1998 qahramonlari. 1998 yilning 20 may kuni «Yuventus»ni mag'lubiyatga uchratgan o'sha jamoadan qanday xotiralar qolgan? - Biz uchun finalni o'z foydamizga hal qilish o'ta muhim edi. Chunki muxlislar oldida qarzdorlikni his etayotgandik, axir jamoamiz naq 32 yil davomida Chempionlar kubogi turniri shohsupasiga ko'tarilolmagandi. Tabiiyki, bu ayniqsa, «Madrid» uchun juda katta muddat edi. O'sha finalda nafaqat o'zimiz, balki qachonlardir «Real» sharafini himoya qilishgan, biroq bunday yuksak g'alabaga erisholmagan buyuk futbolchilar uchun to'p surganmiz. Boshqacha aytganda, zimmamizdagi mas'uliyatni to'liq anglagan holda, o'yinga jiddiy yondashganmiz. Ammo hal qiluvchi bahsda bizni «Yuventus» - o'sha payt a'lo sport formasida bo'lgan dahshatli jamoa kutardi. - Eslasak, «Real» yakuniy uchrashuvga aynan sizning Dortmundda «Borussiya»ga qarshi kechgan yarim finaldagi ajoyib harakatlaringiz tufayli yo'l olgandi qaysidir ma'noda. Germaniyadagi uchrashuvda qanday o'ynaganingizni «madridchilar» hamon katta hayajon bilan esga olishlari bejiz emas... - Darhaqiqat, o'sha yarim final bahsida qayd etilgan g'alaba bosh sovrinni qo'lga kiritish yo'lidagi muhim qadam bo'lgandi. Zero, muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionda ChLning amaldagi g'olibiga qarshi to'p surish chinakam sinov edi. O'yinning dastlabki daqiqalarida kutilganidek, mezbonlarning katta bosimlariga dosh berishimizga to'g'ri keldi. O'ylaymanki, yarim final qarama-qarshiligida ustun kelishimizda o'z kuchimizga ishonch hissi, iroda va sabr-bardosh muhim ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, ChL bosh sovrinini qo'lga kiritish va muvaffaqiyatni muxlislar bilan baham ko'rish ishtiyoqi ham foyda bergandi. - Dortmunddagi ajoyib o'yindan keyin aytgan gaplaringizdan iqtibos: «Frantsiya mundialini unutishim uchun aynan shunday to'p surishim kerak edi». Ko'pchilikni haligacha bitta savol qiynaydi: nahotki, Daniel Pasarellaning uzun sochlaringizni qirqib tashlash haqidagi talabini bajarmaganingiz uchungina terma jamoa tarkibidan chetda qolganingiz rost bo'lsa...? - Bu masalada uzoq gapirish mumkin. Eng asosiy sabab shuki, ikkimizning umumiy qarashlarimiz boshqa-boshqa edi. Oqibatda Pasarella men uchun mundial eshiklarini shunchaki, yopib qo'ydi. Xullas, ChL finaliga yo'l olish o'sha alamlarni tezroq unutishimda dori vazifasini o'tardi. Axir har qanday futbolchi uchun milliy jamoada to'p surish - ulkan sharaf. Shu jumladan, men ham mamlakatim bosh jamoasi o'yinlarida boridan ham ortiq kuch sarflashga intilganman. Shuning uchunmi, ayni kuch-quvvatga to'lgan, yuqori sport formasiga kirgan payt JChdan chetda qolish g'oyat alam uyg'otgandi. Muhimi, «Madrid» bilan ChL g'olibiga aylanib, buning uchun o'ziga xos kompensatsiya olganday bo'ldim. Chunonchi, o'sha yutuq faoliyatim davomidagi eng yorqin sahifadir. - O'sha payt, ya'ni Yupp Xaynkes davrida «Madrid»ni murabbiy emas, balki futbolchilar boshqarishgani haqida gap-so'zlar urchigandi...
Yuklab olish
Onlayn 369 (0/369)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa