UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Futbolga oid maqolalar
Mavzu fayllari
(1)
Ozim boshlab beraqolay Sevimli futbolchim Lionel Andres Messi haqida To'liq ismi: Lionel Andres Messi Laqablari: Leo, Bloxa Tavallud topgan: 1987 yilning, 24 iyunida Fuqaroligi: Argentina va Ispaniya Bo'yi: 169 sm. Vazni: 67 kg. Ampluasi: Hujumchi Kataloniyada bir ajoyib jamoa bor. «Barselona»! Mana necha yildirki jahon futbolini larzaga keltiryapti, o'zining «davri»ni tuza oldi. Ayniqsa, 2009 yilda kataloniyaliklar bosh murabbiylik stuliga jamoaning sobiq a'zosi Pep Gvardiola kelganidan so'ng, «ko'k-anorranglilar» o'zgacha o'yin namoyish etishni boshladi. Qaysi raqib kelmasin, birma-bir chetga «terib» qo'yaverdi. Chindan ham, Pep Kataloniyada o'zgacha futbol iforini namoyish etgandi. Jamoaviy o'yinni! Boshqacha qilib aytganda, Gvardiola Futzalni stadionda ham o'ynash mumkinligini isbotlay oldi. «Barselona»ning hozirda uchta ustuni bor, bilasiz. Bular - Messi, Xavi va Inestalar. Gvardiola qo'l ostidagi jamoa aynan mana shu «uchlik» asosida qurilgan. Bir qancha futbol mutaxassislari ham buni bod-bod ta'kidlashgan, ta'kidlashmoqda. Messi bo'lmasa Xavi va Inestaning o'yini qovushmaydi, Xavi bo'lmasa Messi va Inestani va x.k. Agar uchchovi bo'lmasa «Barsa»ning o'yini qovushmaydi. Bog'liqlikni qarang! Men bu uchovlonga boshqacha qilib, «Uch og'a-ini botirlar» deya nom berdim. Haqiqattan ham, bir necha yillardan buyon bir jamoada faoliyat yuritayotgan bu futbolchilar og'a-inidek bo'lib ketishgan. Maydonda bir-birlarini ham shunga yarasha tushunib o'ynashadi. Demak, hozir «Barselona»ning eng asosiy ustunlaridan biri bo'lmish «kenja botir» - Lionel Messi haqida gaplashamiz. Qahramonimiz 1987 yilning 24 iyunida, Argentinaning Rosario shaharchasida tavallud topgan. Otasi - Xorxe Messi, fabrikada ishchi. Onasi - Siliya Messi (qizlik familyasi Kussitini) esa farrosh bo'lib ishlardi. Otasi asli Italiyaning Ankoni shahridan, onasi Anjelo Messi 1883 yilda Argentiniyaga ko'chib kelgandi. Messining Rodrgio va Matias ismli akalari bor. Shuningdek, Maria Sol ismli opasi ham bor. Ko'rib turganingizdek, Leo oilasida eng kenja farzand. Lionel Messi 13 yoshni qarshi olganda uning iste’dodi haqida «Barselona» klubining aktsiyanerlaridan biri eshitib qoladi va uni olib kelish uchun klub skautlari - Martin Montero va Fabian Soldinilarni yuboradi. O'z navbatida skautlar Messi va uning otasini Ispaniyaga ko'chib o'tishiga ko'ndirishadi. 2000 yil 17 sentyabr kuni futbolchi otasi bilan birgalikda Kataloniyaga keladi. Biroq, jamoaning sport direktori Karles Reksach boshqa ishlari bilan mashg'ul bo'lgani tufayli ko'rikdan o'tish ishlari 3 oktyabr kuni o'tadi. Reksach Messining o'yini ko'rgach, shunday hayratga tusha boshladiki, uni «ko'k-anorranglilar» jamoa mutasaddilariga ko'rsatish uchun bor harakatlarini ishga tushira boshladi. Shuningdek, Messi oila a'zolarini Evropaga olib kelish uchun sarflangan mablag'ni hamda futbolchini davolashga ketadigan summani, ya'ni bir yilga 90 ming evro miqdoridagi mablag'ni ham to'lash vazifasini o'z bo'yniga oldi. O'sha kundan buyon, Messi yoshlar jamoasida to'p surishni boshladi.
Yuklab olish
Onlayn 198 (0/198)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa