UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Futbolga oid maqolalar
Mavzu fayllari
(1)
# 3 dan keyin ham omadsiz o'tdi. Kataloniyaliklar ichki chempionatda uchinchi pog'onani egallashdi, Evropa chempionlar ligasi yarim finalida «MYu»ga yutqazib qo'yishdi, Ispaniya kubogidan ham mahrum bo'lishdi. Shuningdek, mavsumda Messi ko'plab jarohatlar oldi va o'zining o'yinini ko'rsata olmadi. 2008/09 yillar mavsumi boshida «Barselona» o'zining etakchi o'yinchilaridan biri - braziliyalik Ronaldinoni «Milan» jamoasiga transfer qildi. Bundan foydalangan Messi o'zining sobiq 19 raqimini Ronaldino ketgandan so'ng bo'sh qolgan 10 raqamiga almashtirib oldi. Shu davrdan so'ng, Leo mana shu raqamga loyiq tarzda o'yin ko'rsata boshladi. O'tgan mavsum Messi va uning jamoasi uchun omadsiz yakun topgandi. Shu sababli ham, kataloniyaliklar rahbariyati jamoaning bir necha yillik bosh murabbiyi Frank Raykaard bilan tuzilgan shartnomani yakunlashga qaror qilishdi. Uning o'rniga esa, «ko'k-anorranglilar» safida to'p surgan Xosep Gvardiola keldi. Shundan «Barsa»da o'zgacha kayfiyat, o'zgacha muhit, o'zgacha taktika hukm sura boshladi. Chindan ham, Pep jamoani sezilarli darajada o'zgartirdi. Ushbu mavsumda Messi «Barselona» bilan qatnashgan barcha chempionatlarda oltin medal sohibiga aylanishdi: Ispaniya chempionati va kubogi, Evropa chempionlar ligasi, UEFA va Ispaniya superkuboklari - shular jumlasidandir! Mana shu kuboklarni yutishda Lionel Messining «Barsa»ga ham xizmatlari katta bo'ldi. Buni payqagan «France Football» o'z nominatsiyasining birinchi o'riniga Lionel Messini loyiq deb topdi. 2009/11 yillar mavsumi Mavsum boshida «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirishga erishdi. Bu shartnoma 22 yoshli argentiniyalik hujumchi bilan 2016 yilgacha o'z kuchida bo'ladi va futbolchining narxi 250 million evrogacha ko'tarildi. Bundan oldin esa, Messining narxi 150 million mablag' summasini tashkil etayotgan bo'lib, shartnoma 2014 yilda tugashi lozim edi. 2009 yilgi mavsum ham Messi va Kataloniya jamoasi uchun qutlug' keldi. Leo Ispaniya va UEFA Superkuboklarini boshi uzra ko'tardi. Messi Ispaniya Superkubogi finalida jamoasi bilan «Atletik»ga qarshi ikkala o'yinni ham o'z foydalariga hal etdi (mehmonda 2:1, uyida 3:0 natija bilan g'alaba). Aytish joizki, Messi jamoasining uyida «Atletik»ga qarshi bahsida raqiblari darvozasiga dubl qayd etib, klubinining chempionligiga o'z xissasini qo'shdi. Shuningdek, UEFA Superkubogi finalida «Shaxtyor»ga qarshi bahsda maydonga tushib (1:0), bitta golga hammualliflik qilishga ulgurdi. 2009, yil 1 dekabr. «France Football» nashri tomonidan har yili o'tkaziladigan «Oltin To'p» nominatsiyasiga tanlov e'lon qilingandi. Unda Lionel Messi tanlovdagi raqibi - Krishtianu Ronalduni 240 ochkoga ortda qoldirib, «Oltin To'p» sohibiga aylandi. Umumiy hisobda, Messi 473 ochko jamg'ara olgandi. Jahonning eng ko'zga ko'ringan jurnalistlarida ham argentiniyalik futbolchini «eng yaxshi» deya e'tirof etishdi. Qahramonimiz o'zining bu yutug'i haqida shunday degandi: «To'g'risini aytganda, men favoritlardan biri bo'lishimga ishonchim komil
Yuklab olish
Onlayn 227 (0/227)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa