Mavzu: Futbolga oid maqolalar (UMUMIY BO'LIM/Sport Olami) NyKyC (5 Jul 2017 15:09) Bu yerga futbolga oid maqolalarni yozib boramiz.
Misol uchun futbolchilar hayoti,rekordlari
Futbol haqida qiziqarli faktlar
Futboldagi tarixiy voqealar va boshqalar... NyKyC (5 Jul 2017 15:14) Ozim boshlab beraqolay Sevimli futbolchim Lionel Andres Messi haqida

To'liq ismi: Lionel Andres Messi

Laqablari: Leo, Bloxa

Tavallud topgan: 1987 yilning, 24 iyunida

Fuqaroligi: Argentina va Ispaniya

Bo'yi: 169 sm.

Vazni: 67 kg.

Ampluasi: Hujumchi

Kataloniyada bir ajoyib jamoa bor. «Barselona»! Mana necha yildirki jahon futbolini larzaga keltiryapti, o'zining «davri»ni tuza oldi. Ayniqsa, 2009 yilda kataloniyaliklar bosh murabbiylik stuliga jamoaning sobiq a'zosi Pep Gvardiola kelganidan so'ng, «ko'k-anorranglilar» o'zgacha o'yin namoyish etishni boshladi. Qaysi raqib kelmasin, birma-bir chetga «terib» qo'yaverdi. Chindan ham, Pep Kataloniyada o'zgacha futbol iforini namoyish etgandi. Jamoaviy o'yinni! Boshqacha qilib aytganda, Gvardiola Futzalni stadionda ham o'ynash mumkinligini isbotlay oldi.

«Barselona»ning hozirda uchta ustuni bor, bilasiz. Bular - Messi, Xavi va Inestalar. Gvardiola qo'l ostidagi jamoa aynan mana shu «uchlik» asosida qurilgan. Bir qancha futbol mutaxassislari ham buni bod-bod ta'kidlashgan, ta'kidlashmoqda. Messi bo'lmasa Xavi va Inestaning o'yini qovushmaydi, Xavi bo'lmasa Messi va Inestani va x.k. Agar uchchovi bo'lmasa «Barsa»ning o'yini qovushmaydi. Bog'liqlikni qarang!

Men bu uchovlonga boshqacha qilib, «Uch og'a-ini botirlar» deya nom berdim. Haqiqattan ham, bir necha yillardan buyon bir jamoada faoliyat yuritayotgan bu futbolchilar og'a-inidek bo'lib ketishgan. Maydonda bir-birlarini ham shunga yarasha tushunib o'ynashadi. Demak, hozir «Barselona»ning eng asosiy ustunlaridan biri bo'lmish «kenja botir» - Lionel Messi haqida gaplashamiz.
Qahramonimiz 1987 yilning 24 iyunida, Argentinaning Rosario shaharchasida tavallud topgan. Otasi - Xorxe Messi, fabrikada ishchi. Onasi - Siliya Messi (qizlik familyasi Kussitini) esa farrosh bo'lib ishlardi. Otasi asli Italiyaning Ankoni shahridan, onasi Anjelo Messi 1883 yilda Argentiniyaga ko'chib kelgandi. Messining Rodrgio va Matias ismli akalari bor. Shuningdek, Maria Sol ismli opasi ham bor. Ko'rib turganingizdek, Leo oilasida eng kenja farzand.
Lionel Messi 13 yoshni qarshi olganda uning iste’dodi haqida «Barselona» klubining aktsiyanerlaridan biri eshitib qoladi va uni olib kelish uchun klub skautlari - Martin Montero va Fabian Soldinilarni yuboradi. O'z navbatida skautlar Messi va uning otasini Ispaniyaga ko'chib o'tishiga ko'ndirishadi. 2000 yil 17 sentyabr kuni futbolchi otasi bilan birgalikda Kataloniyaga keladi. Biroq, jamoaning sport direktori Karles Reksach boshqa ishlari bilan mashg'ul bo'lgani tufayli ko'rikdan o'tish ishlari 3 oktyabr kuni o'tadi. Reksach Messining o'yini ko'rgach, shunday hayratga tusha boshladiki, uni «ko'k-anorranglilar» jamoa mutasaddilariga ko'rsatish uchun bor harakatlarini ishga tushira boshladi. Shuningdek, Messi oila a'zolarini Evropaga olib kelish uchun sarflangan mablag'ni hamda futbolchini davolashga ketadigan summani, ya'ni bir yilga 90 ming evro miqdoridagi mablag'ni ham to'lash vazifasini o'z bo'yniga oldi. O'sha kundan buyon, Messi yoshlar jamoasida to'p surishni boshladi. NyKyC (5 Jul 2017 15:14) Futboldagi birinchi qadam

Messi besh yoshidan boshlab futbol bilan shug'ullana boshladi. O'sha paytlarda u «Grandoli» klubida otasi Xorxe boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazgan. Messi 1995 yilda o'zining tug'ilgan shahri jamoasi «Nyuellz Old Boyz» jamoasiga o'tdi. Leonel 11 yoshida otasi va onasi bilan Barselona shahriga bordi va 13 yoshida «Barselona» yoshlar jamoasida o'zining birinchi pokerini qayd etishga erishdi. U Kataloniyada tezda o'yinga kirishib ketdi. Va buning samarasi o'laroq, «Barselona»ning ikkinchi jamoasi asosiy tarkibida qo'shilib olib, deyarli har bir o'yinda raqiblari darvozasini ishg'ol qilaverdi.

«Barselona»dagi faoliyati haqida

Messining Kataloniya jamoasidagi debyuti 2003 yilning 17 noyabriga to'g'ri kelgan. O'shanda «ko'k-anorranglilar» «Portu»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishgandi. O'yindan so'ng, Ispaniyaning mashhur nashlaridan biri – «El Mundo» yuqoridagi o'yinda ishtirok etgan Lionel Messiga quyidagi tarifni bergandi:

«Messi uch futbolchining qorishmasi. Bu yigitning chapaqayligi Maradonadan, tezligi Kroyfdan va pas berishi Ronaldinodan olingan».

Messining «Barsa»ning rasmiy uchrashuvidagi debyut o'yini Ispaniya chempionati 2004/05 yillari mavsumining 7 turiga to'g'ri kelgandi. 16 oktyabr kuni bo'lib o'tgan bahsda «Barselona» safarda «Espanol»ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi. Mana shu o'yinda Messi 85 daqiqada Dekuning o'rniga maydonga tushgan. Argentiniyalik futbolchining Kataloniyaliklar safidagi dastlabki goli 2005 yilning 1 mayida «Albasete» darvozasiga kiritilgandi. Ushbu bahsda Messi 17 yil 10 oy va 7 kunni qoralab qo'ygandi. Shuningdek, 2004/05 yillari mavsumi Messi uchun yana bir quvonchli daqiqalarni bag'shida etgan. U 2004 yilning 7 dekabrida Evropa chempionlar ligasida ham o'zining debyut bahsini «Shaxtyor»ga qarshi maydonga tushish bilan boshlagan. EChLdagi birinchi gol esa 2005 yilning 2 noyabriga to'g'ri keladi.

2005-2009 yillar haqida

Messi 2005 yilda Ispaniya chempionligini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, Evropa chempionlar ligasida finalga chiqib, Londonning «Arsenal» jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Afsuski Leo final bahsiga jarohati tufayli etib kelolmadi. 2005 yilning dekabr oyida Italiyaning «Tuttosport» nashri mavsumning «Tillo bola» nominatsiyasiga Lionel Messini loyiq deya topdi. Argentiniyalik futbolchi ushbu unvonni Ueyn Runi va Lukas Podolskilarni ortda qoldirib qo'lga kiritdi.

2006 yildan boshlab, Messi o'zining qanday kuchga qodir ekanligini hammaga namoyish qila boshladi. 2006/07 yillari bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatini juda ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. «El Klassiko»da «Real» darvozasiga xet-trik yo'lladi va jamoasini mag'lubiyatdan asrab qoldi - 3:3. Messi ushbu mavsumda «France Football» nominatsiyasi hisoblangan «Oltin To'p» unvonining uchinchi pog'onasini egallay oldi. Kaka va Ronaldu mos ravishda birinchi va ikkinchi pog'onalarni qayd etdi.

2007/08 yilgi mavsum esa Messi va «Barsa» uchun juda NyKyC (5 Jul 2017 15:14) edi. Chunki «Barselona» o'zining eng ajoyib mavsumlaridan birini o'tkazdi. Ammo, shunga qaramay, o'rtadagi farq shu darajaga etishini hayolimga ham keltirmagandim. «Oltin to'p» sovrini qo'lga kiritish men uchun katta sharafdir. Chunki bu sovrin buyuk futbolchilarga nasib etgan. Ammo buyuk futbolchilardan barchasi ham bu sovrinni qo'lga kirita olishmagan. «Oltin to'p»ni ikkinchi marta qo'lga kiritishim juda qiyin kechadi. Avvalo jamoamizdan o'tgan mavsumdagi o'z o'yinini namoyish etishi talab etiladi».

Shuningdek, argentiniyalik futbolchi va uning jamoasi 2009 yilda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Bu «Barselona»ning ushbu yildagi oltinchi kubogi edi. Lionel bu chempionatda ham quruq qolmadi. U musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deya e'tirof etildi.

2009 yil, 21 dekabr. Messining hayotida yana bir jiddiy voqea sodir etildi. U 2009 yilning eng yaxshi o'yinchisi unvonini qo'lga kiritdi. Ko'rib turganingizdek, Messining shu davrgacha bo'lgan faoliyatida eng cho'qqi nuqta shu edi. Bundan tashqari, «Oltin To'p», «Onze d’O», Evropa chempionlar ligasi 2008/09 mavsumining eng yaxshi hujumchisi va o'yinchisi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi, Ispaniyaning eng yaxshi o'yinchisi - kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi.

2010 yilning 16 yanvarida Messi «Barsa» safidagi o'zining 100 golini «Sevilya» darvozasiga kiritdi. Bu vaqtda futbolchi 22 yosh, 6 oy va 22 kunlik bo'lgandi. Aytish joizki, Kataloniya jamoasi tarixida Messidan avval bu yoshdagi hech bir futbolchi yuzta gol urolmagandi.

Lionel Messi jamoasi bilan 2009/10 mavsumida Ispaniya chempionligini ham qo'lga kiritdi. «Barselona» ushbu mavsumda 99 ochko jamg'arib, eng yaqin ta'qibchisi – «Real»ni uch ochkoga ortda qoldirdi. Messi esa ham chempionatning eng yaxshi o'yinchisi, ham musobaqa to'purarligini qo'lga kiritdi.

2010/11 mavsumi ham kataloniyaliklar uchun sovrin bilan boshlandi. 2010 yilning 21 avgustida Messi jamoasi bilan uchinchi bor Ispaniya Superkubogini qo'lga kirita oldi. Ular finalda «Sevilya»ni ikki o'yin natijasiga ko'ra taslim etdi.

Shuningdek, chempionlar ligasining ushbu mavsum guruh bosqichiga oid «Barselona»ning «Panatinaikos»ga qarshi o'yinida mezbonlar 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu bahsda Messi dubl qayd etib, «Barselona» tarkibida chempionlar ligasidagi o'zining 27 golini kiritdi va o'ziga hos yangi rekord o'rnata oldi. Bu rekord mavsum davomida Messi tomonidan bir necha marotaba yangilanib turdi.

2011 yil, 21 yanvar. Messi FIFA va «France Football» tomonidan ketma-ket ikkinchi bor «Yilning eng yaxshi futbolchisi» unvoniga loyiq ko'rildi. U bu yo'lda jamoadoshlari – Xavi va Inestani ortda qoldirgandi. Messidan avval bu sovrinni ketma-ket ikki marta Mishel Platini, Marko van Basten, Kevin Kigan va Ronaldolar qo'lga kiritishgandi.

2010/11 yillar mavsumida Messi jamoasi bilan uchta sovrin yutdi. Dastlab, Ispaniya Superkubogi, keyinchalik Ispaniya chempionligi va eng asosiysi Evropa NyKyC (5 Jul 2017 15:14) chempionlar ligasi!Messi Ispaniya chempionatining tugallangan mavsumida «Marca» nashri tomonidan «Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi» unvonini yana bir bor qo'lga kiritdi.

Terma jamoadagi o'yinlari haqida

Lionel Messi 2005 yilda Gollandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan. Messi bu musobaqada oltita gol urib, «oltin butsa»ni qo'lga kiritgandi.

2005 yilning 4 avgustida Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pakerman Messini Vengriyaga qarshi o'rtoqlik bahsiga chaqirdi. Leo ushbu uchrashuvda uch daqiqa harakat qildi va qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Leoning Argentina terma jamoasidagi birinchi rasmiy uchrashuvi shu yilning 3 sentyabrida, Jahon chempionati-2006 saralash bahsida Paragvay terma jamoasiga qarshi o'tgandi.

Uning terma jamoadagi debyut goli Xorvatiya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida kiritilgan bo'lsa, rasmiy o'yindagi debyut golini 2006 yilda Germaniya maydonlarida o'tgan Jahon chempionatida Serbiya va Chernogoriya termasi darvozasiga kiritgan (6:0).

Messining terma jamoadagi yutuqlari

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati - 2005 yil

Olimpiada o'yinlari chempioni - 2008 yil

Uning klub bilan qo'lga kiritgan natijalari («Barselona»)

Ispaniya chempioni: 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11 2012/2013 2014/2015 2015/2016

Ispaniya kubogi sohibi: 2008/09 2014/2015 2015/2016 2016/2017

Ispaniya Superkubogi sohibi: 2005, 2006, 2009, 2010

Evropa chempionlar ligasi g'olibligi: 2005/06, 2008/09, 2010/11 2014/2015

UEFA Superkubogi chempionligi: 2009 2015

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati go'libligi: 2009/2011 2014/2015 NyKyC (5 Jul 2017 15:15) # 3 dan keyin
ham omadsiz o'tdi. Kataloniyaliklar ichki chempionatda uchinchi pog'onani egallashdi, Evropa chempionlar ligasi yarim finalida «MYu»ga yutqazib qo'yishdi, Ispaniya kubogidan ham mahrum bo'lishdi. Shuningdek, mavsumda Messi ko'plab jarohatlar oldi va o'zining o'yinini ko'rsata olmadi.

2008/09 yillar mavsumi boshida «Barselona» o'zining etakchi o'yinchilaridan biri - braziliyalik Ronaldinoni «Milan» jamoasiga transfer qildi. Bundan foydalangan Messi o'zining sobiq 19 raqimini Ronaldino ketgandan so'ng bo'sh qolgan 10 raqamiga almashtirib oldi. Shu davrdan so'ng, Leo mana shu raqamga loyiq tarzda o'yin ko'rsata boshladi. O'tgan mavsum Messi va uning jamoasi uchun omadsiz yakun topgandi. Shu sababli ham, kataloniyaliklar rahbariyati jamoaning bir necha yillik bosh murabbiyi Frank Raykaard bilan tuzilgan shartnomani yakunlashga qaror qilishdi. Uning o'rniga esa, «ko'k-anorranglilar» safida to'p surgan Xosep Gvardiola keldi. Shundan «Barsa»da o'zgacha kayfiyat, o'zgacha muhit, o'zgacha taktika hukm sura boshladi.

Chindan ham, Pep jamoani sezilarli darajada o'zgartirdi. Ushbu mavsumda Messi «Barselona» bilan qatnashgan barcha chempionatlarda oltin medal sohibiga aylanishdi: Ispaniya chempionati va kubogi, Evropa chempionlar ligasi, UEFA va Ispaniya superkuboklari - shular jumlasidandir! Mana shu kuboklarni yutishda Lionel Messining «Barsa»ga ham xizmatlari katta bo'ldi. Buni payqagan «France Football» o'z nominatsiyasining birinchi o'riniga Lionel Messini loyiq deb topdi.

2009/11 yillar mavsumi

Mavsum boshida «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirishga erishdi. Bu shartnoma 22 yoshli argentiniyalik hujumchi bilan 2016 yilgacha o'z kuchida bo'ladi va futbolchining narxi 250 million evrogacha ko'tarildi. Bundan oldin esa, Messining narxi 150 million mablag' summasini tashkil etayotgan bo'lib, shartnoma 2014 yilda tugashi lozim edi.

2009 yilgi mavsum ham Messi va Kataloniya jamoasi uchun qutlug' keldi. Leo Ispaniya va UEFA Superkuboklarini boshi uzra ko'tardi. Messi Ispaniya Superkubogi finalida jamoasi bilan «Atletik»ga qarshi ikkala o'yinni ham o'z foydalariga hal etdi (mehmonda 2:1, uyida 3:0 natija bilan g'alaba). Aytish joizki, Messi jamoasining uyida «Atletik»ga qarshi bahsida raqiblari darvozasiga dubl qayd etib, klubinining chempionligiga o'z xissasini qo'shdi. Shuningdek, UEFA Superkubogi finalida «Shaxtyor»ga qarshi bahsda maydonga tushib (1:0), bitta golga hammualliflik qilishga ulgurdi.

2009, yil 1 dekabr. «France Football» nashri tomonidan har yili o'tkaziladigan «Oltin To'p» nominatsiyasiga tanlov e'lon qilingandi. Unda Lionel Messi tanlovdagi raqibi - Krishtianu Ronalduni 240 ochkoga ortda qoldirib, «Oltin To'p» sohibiga aylandi. Umumiy hisobda, Messi 473 ochko jamg'ara olgandi. Jahonning eng ko'zga ko'ringan jurnalistlarida ham argentiniyalik futbolchini «eng yaxshi» deya e'tirof etishdi. Qahramonimiz o'zining bu yutug'i haqida shunday degandi:

«To'g'risini aytganda, men favoritlardan biri bo'lishimga ishonchim komil NyKyC (5 Jul 2017 15:17) Barchasini bir postga yozay desam sig'madi 5000 dan ziyod belgi sig'mas ekan NyKyC (5 Jul 2017 15:19) Real madrid haqida
Real Madrid Club de Fútbol (Real Madrid qirollik klubi), koʻpincha ishlatiladigan nomi — Real Madrid Ispaniyaning professional futbol klubi. (Uzfans.ru) Ushbu klub 32 marta La Liga chempionligiga, 19 marta "Copa del Rey" kubogiga, 9 ta Ispaniyaning superkubogiga, 10 ta UEFA Chempionlar Ligasi chempionligiga, 2 ta UEFA kubogiga, 1 ta UEFA superkubogiga va 3 ta Qitʼalararo kubokka ega boʻlib, Ispaniyaning eng muvaffaqiyatli klubi hamda FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi klubi deya topilgan. Real dunyodagi eng katta byudjetli futboli klublaridan biri hisoblanadi. Real Madrid — Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Atletik Bilbao) biridir.(uzfans.ru)Real Madrid va Barselona ishtirokida klublar oʻrtasida dunyoning eng yaxshi oʻyinlaridan biri boʻlgan „El Clasico“ boʻlib oʻtadi.

Toʻliq nomiReal Madrid Club de Fútbol
LaqabiLos Blancos (Oqlar)
Los Merengues (Qaymoqranglilar)
Los Vikingos (Vikinglar)
Asos solingan1902-yil 6-mart
StadionEstadio Santiago Bernabéu
Maydon hajmi85,454
Prezidenti Florentino Pérez
MurabbiyiZinedine Zidan[1]
Sardori Serxio Ramos
Reytingi UEFA reytingida 1-o'rin
IFFHS reytingida 1-o'rin
Homiysi Emirates Airline
Saytirealmadrid.com
Musobaqasi La Liga
NyKyC (5 Jul 2017 15:21) [b]Энг адолатли хакам[/b]
Футбол тарихида Англиялик Мелвин Силвестр - энг адолатли хакам номини кулга киритган. Уйин пайтида жамоа хужумчиларидан бири Ричард Керд хакамни бир неча марта турткилади. Сунгги марта очикчасига хакамни турткилагандан сунг, уз хиссиётини жиловлай олмаган хакам, унга 3 маротаба боксча зарба билан уни майдонга кулатди. Шундан сунг, хакам узига кизил карточка курсатиб, майдонни тарк этди. NyKyC (5 Jul 2017 15:22) [B]HAMMAGA BITTADAN KARTOCHKA[/b]
Bunaqasi judayam kam uchraydigan holat Ispaniya ikkinchi divizioni vakillari "San Isidro" va "Olimpiko Karrante" jamoalari o'rtasida bo'lgan uchrashuvda yuz bergandi. O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida ikki jamoa o'yinchilari ham hakam qabul qilgan qarordan norozi holda uchrashuv bosh hakamini o'rab olishdi va uni qaroridan qaytarmoqchi bo'lishdi. Bu holatda esa bosh hakam hech ikkilanmasdan asabiylashmasdan cho'ntagidan qizil kartochka chiqardi va maydon ichidagi barcha 22 futbolchiga ko'rsatdi. NyKyC (5 Jul 2017 15:24) [B]HAKAMNING FUTBOLCHIGA "YORDAMI"[/b]
Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o'zida yo'q xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va kutilmaganda...gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan hakamga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam haqqoniy ravishda o'yinchini maydondan chetlatdi.Futbolchi bunga zarracha ham achingani yo'q,Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish qobiliyatiga ega bo'lganligidan shod edi. NyKyC (5 Jul 2017 15:25) [B]Futbolga oid kulgili va ko’ngilochar 20 fakt![/b]
1. 1960 yillargacha futbolda futbolchi almashitirish qoidasi mavjud bo’lmgan. Mabodo darvozabon jarohat olgan taqdirda uning o’rnini boshq darvozabon egallashi mumkin bo’lmgan.

2. 1994 yilgi Jahon Kubogida Bolgariya terma jamoa futbolchilari o’z familiyalari tufayli noyob fakt qurboni bo’lishdi. Qizig’i shundaki, termaning barcha o’yinchilari familiyasi bir xil – “Ov” bilan tugaydi.



3. Futbol tarixidagi eng yosh futbol sharhlovchisi braziliyalik Gabriel Fereyradir. U 10 yoshga to’lishi bilanoq Braziliyadagi radiostansiyasida ishlay boshlagan.

4. Sobiq Braziliya hujumchisi Ronaldo o’g’li uni televizorda boshqa kal futbolchilar orasidan ajratib ola olishi uchun sochini farqli ravishda kulgili tarzda turmaklagan.



5. Braziliya – tarixdagi barcha Jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Boshqa hech qanday terma jamoa bunday natijaga ega emas.



6. Angliya Primer Ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik 1994/1995 yilgi mavsumda “Liverpul” afsonasi Robbi Faulerga tomonidan qayd etilgan. Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasini ishg’ol qilish uchun forvardga atigi 4 daqiqa hamda 32 soniya kifoya qilgan. Butun futbol tarixidagi eng tezkor xet-trikni esa 1973 yilda argentinalik Maloni o’z nomiga rasmiylashtirgan. “Himnasiya va Esgrima”ga qarshi bahsda u 1daqiqa-yu 50 soniya ichida 3 gol urib, yangi rekord o’rnatgan.



7. Tuman – bu Angliya chempionatiga uyushtirilgan hujum, deb ham atash mumkin. Tuman to’liqligicha maydon ustidan hukmronlik qilgan va voqealar rivoji o’z izidan chiqib ketgan. 3:3 hisobida yakuniga yetgan tuman ostidagi jangdan keyin hujumchi Jorj Oj maydondagi holatga izoh berdi. “Men aniq aminmanki, bugun 5 marotaba gol urdim, lekin qaysi darvozaga ekani menga qorong’udir”. Boz ustiga, uchrashuv yakuniga yetgandan so’ng, bosh hakam maydonda 36 futbolchi harakat qilganiga aniqlik kiritib oldi.

8. 2005 yil Angliya kubogi finalida shovqin balandligi bo’yicha rekord o’rnatildi. Mersisaydliklar himoyachisi Yon Arne Risening “Chelsi”ga urgan golidan so’ng “Liverpul” muxlislari 150,7 detsibel darajasidagi hayqiriq qayd etishdi. Bu natija “Ginneslar rekordi” kitobiga ham kiritilgan.



9. Ilk futbol qoidalari 1863 yilning 8 dekabrida Angliyada qabul qilingan. Ushbu sana futbol olami tarixini boshlanish kuni deb ham ataladi.

10. “PSJ” mergani Zlatan Ibragimovich yoshligida velosiped o’g’riligi bilan shug’ullangan.



11. Futbol tarixidagi eng tezkor gol 1995 yildagi “Adelaida Siti” va “Sidney Yunayted” jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan. Bahs boshlanganidan 3,67 soniya o’tmasdan “Adelaida” futbolchisi Mori hisobni ochishga erishgan.



12. Futbol tarixida nafaqat hakam kartochkasini olib qo’yish, balki uni yeb qo’yish holati ham uchragan ekan. Misol uchun 1983 yilda o’tkazilgan uchrashuvda Mayk Degli hakam daftarchasidagi qoida buzilishlar va kartochkalar qayd etib qo’yiladigan bir varaqni g’ajib tashlagan. 1989 yildagi esa, “Pyanta”futbolchisi D’ekorke hakam ko’rsatgan qizil kartochkani yeb qo’ygan.



13. Vatikan chempionatida g’aroyibona nomlangan klublar bor. “Telepochta”, “Gvardiyachi”, “Bank”, “Kutubxona”, “Muzeylar terma jamoasi” kabi jamoalarning mavjudligi bularning yaqqol isbotidir.

14. Germaniyalik futbolchi Mehmet Sholl – 8 marotaba Germaniya chempionligi sohibi. Boshqa hech kim faoliyati davomida shuncha marotaaba mamlakat chempionligini qo’lga kirita olmagan.



15. Ma’lum bo’lishicha, 11 metrlik jarima zarbasi chehiyalik Jon Penalti sharafiga bag’ishlab qo’yilgan. U 1891 yilda jarim maydoni ichidagi qo’pol o’yinga va hamda qo’l bilan o’yinga penalti zarbasini kiritish taklifini ilgari surgan.

16. Vatikan terma jamoasi o’z tarixida bor-yo’g’i 1 marotaba uchrashuv o’tkazgan. Monakoga qarshi otgan bahs nursiz 0:0 hisobida yakuniga yetgan.



17. “Liverpul” posboni Simon Minyole 5 ta tilda bemalol so’zlasha oladi. Uni usitga u siyosatda maxsus darajaga ega.



18. Gari Nevill va Fil Nevilllar otalarining ismi Nevill Nevilldir.

19. Darvozabon Antonio Subisaretta o’tkazilgan o’yinlar ichida mutlaq rekord ustasi hisoblanadi. U Ispaniya termasi safida o’tkazilgan uchrashuvda ham, klubdagi o’yinlarda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega.



20 . Angliya terma jamoasining dong’i chiqqan o’yingohi “Uembli” faqat futbol o’yinlari uchundir. Mashg’ulotlar o’tkazish esa ta’qiqlangan. NyKyC (5 Jul 2017 15:25) [B]55 та гол !!![/b]
1986 йилда "Аделант-Рибенк" ва "Кальвес" жамоалари иштирокидаги
Аргентина кубоги учун утказилган учрашувда 11 метрлик жарима тупларининг узига хос рекорди урнатилган.
Уйиннинг асосий вакти 1-1 билан тугаган. Кизиги иккала гол хам пенальтидан киритилган.
Уйиндан кейинги пеналтилар серияси "Аделант Рибенк" нинг галабаси билан нихоясига етган. Хисоб 28-27. Young_MasTeR (10 Jul 2017 13:19) --Javob-- NyKyC (5 Jul 2017 15:21): [b]Энг адолатли хакам[/b]
Футбол тарихида Англиялик Мелвин Силвестр - энг адолатли хакам номини кулга киритган. Уйин пайтида жамоа хужумчиларидан бири Ричард Керд хакамни бир неча марта турткилади. Сунгги марта очикчасига хакамни турткилагандан сунг, уз хиссиётини жиловлай олмаган хакам, унга 3 маротаба боксча зарба билан уни майдонга кулатди. Шундан сунг, хакам узига кизил карточка курсатиб, майдонни тарк этди. ---------- NyKyC, videosi yoqmikan? SHAXZODBE (10 Jul 2017 20:52) --Javob-- Young_MasTeR (10 Jul 2017 13:19): NyKyC, videosi yoqmikan? ---------- Young_MasTeR, youtube da bor Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/48/1508/