Mavzu: O‘zbekiston termasida nigeriyalik murabbiy (UMUMIY BO'LIM/Sport Olami) Djfayz (15 Jul 2017 10:12) O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘ziga yangi yordamchi topdi, deb xabar berdiO‘FF matbuot xizmati. Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Chima Mishel Oneke uning taklifiga ko‘ra terma jamoa’ murabbiylar shtabida ish boshladi.
Milliy terma jamoada jarohatlar epidemiyasi tarqalgani sababli, qolaversa, keyingi ikki o‘yinga yuqori jismoniy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samvel Babayan Rossiyaning “Anji” klubida Guus Hiddinkka yordam bergan Onekeni o‘z yordamchilari safiga qo‘shib oldi, deb yozilgan xabarda. U milliy termaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul murabbiyi bo‘lib tayinlandi. Uning asosiy vazifasi milliy terma jamoa futbolchilarining jismoniy formasini qisqa vaqt ichida yuqori cho‘qqiga olib chiqib, bosh murabbiyga optimal tarkib bilan o‘ynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat.
42 yoshli Oneke asli nigeriyalik. U Gollandiya pasportiga ega va murabbiylik faoliyatining asosiy qismi Gollandiya bilan bog‘liq. Futbolchi sifatida Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Gollandiyada 8 dan ortiq jamoada o‘ynab, faoliyati davomida 65 ga yaqin gol urgan. O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlaguniga qadar Germaniyaning “Shtutgart” klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.
Futbolchi sifatidagi faoliyatining oxirgi yillarini Gollandiya chempionatida o‘tkazgan Oneke tibbiyot bo‘yicha oliy ma’lumotni Gollandiyada oldi. Fitness bo‘yicha oliy darajadagi diplomni qo‘lga kiritgan mutaxassis Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Roy Makaay, Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov kabi futbolchilarning shaxsiy fitness murabbiyi sifatida ish boshladi.
2011-yilning iyulida Oneke gollandiyalik Guus Hiddink va braziliyalik Roberto Karlos bilan birga Maxachqal’aning “Anji” futbol klubida ishladi. O‘sha paytlarda “Anji” Rossiyaning kuchli uchligiga kirib, mamlakat kubogining finaligacha yetib bordi.
“Anji” loyihasi tugatilgach, Oneke ham Rossiyani tark etadi. U 2013-yilda Gretsiyaning “PAOK” jamoasida fitness murabbiyi sifatida ish olib bordi. 2014-yilda “PAOK” bosh murabbiy Xub Stevensni iste’foga chiqarishi natijasida, Oneke bosh murabbiy vazifasini bajaruvchilardan biri bo‘lib mavsumning oxirigacha PAOKda ishladi. Mavsum yakunida “PAOK” Gretsiya chempionatida 2-o‘rinni egallab, Gretsiya kubogi finaliga chiqdi.
Onekeni juda qadrlaydigan Xub Stevens 2014-yilda Germaniyaning “Shtutgart” jamoasiga taklif qilindi va yordamchisini o‘zi bilan birga “Shtutgart”ga olib ketdi. Germaniyadagi faoliyati davomida Oneke va uning shtabi katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Natijada “Shtutgart” ketma-ket 2 yil quyi ligaga tushib ketish xavfidan omon qoldi. Oneke O‘zbekiston terma jamoasiga aynan “Shtutgart”dan uchirma bo‘ldi Gollandiyaning Zeyst shahrida tug‘ilgan Oneke 5 ta tilni, jumladan, rus tilini ham biladi. Uning Yevropa darajasidagi bilimi, yuqori malakasi, boy tajribasi va rus tilini yaxshi bilishi, Samvel Babayanni Oneke hozirda O‘zbekiston uchun eng yaxshi nomzod ekanligiga ishontira oldi. U O‘zbekiston termasida ishlayotgan ikkinchi xorijlik mutaxassis sanaladi. Serbiyalik Deyan Jurjevich milliy terma jamoa murabbiylar shtabida ish olib borayotganiga 2 yildan oshdi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashida 31-avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5-sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochko ortda qolmoqda. ExcLusive (15 Jul 2017 10:17) Baba asosiy murabbiyda bir tin xammasi. GMuzbekistan (15 Jul 2017 10:19) babayandan boshqa bari ispanyalik bolsa ham barbir babayanka ularni gapirtirmaydi abbosbek (15 Jul 2017 10:19) Teez o'qiganimga oneke so'zi g'alati o'qilib ketyapti :lol: ExcLusive (15 Jul 2017 10:27) Baba tezroq yuqolsa yaxshi bo'lardi. uzmastersuzmasters (15 Jul 2017 11:13) Shiki shiki baba baba shiki shiki ((( Sardor_Malikov (15 Jul 2017 11:23) Özimizdan chiqmaguncha 1 tiyin hammasi.
U bu deyishadiku lekin hech kim tanimaydi uni. Lekin uzb da shov shuv. U ham hech nima qilolmidi. Chunki uzb futbolchilari bir birini körolmidi. Özim gol uray deydi. Mashxur bölishni hohlaydi. 1 tiyin bari. LIKEBOY (15 Jul 2017 11:40) To'g'ri hamisha fudbol ko'rsangiz bizning fudbolchilar raqib darvozasi yoniga borganda yonidagi sherikiga topni uzatmay o'zi tepadi bu natijada 90% hujum qo'lsiz yakun topadi.
Yevropa jamolarida esa bir kishi hamma uchun hamma bir kishi shiori ostida o'yin o'ynashadi ular darvozabon bilan yakkama yakka borishsaham sherikiga topni uzatishadi.
Fudbolchilar o'ylab ko'rmaydi shekilli axir go'l emas shu go'lga o'zgina hissa qo'shsaham shu go'lni urganday gapku. ExcLusive (15 Jul 2017 11:43) 5sentabr kuni Babayan ketadi qutilamiz. LIKEBOY (15 Jul 2017 11:48) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 11:43): 5sentabr kuni Babayan ketadi qutilamiz. ---------- ExcLusive, Rostdanmi :kozz: ExcLusive (15 Jul 2017 11:52) --Javob-- LIKEBOY (15 Jul 2017 11:48): ExcLusive, Rostdanmi :kozz: ---------- LIKEBOY, ha yo'qolgani yaxshi. Inson (15 Jul 2017 12:00) Dostlar rostdanmi nigeriyalik murabbiylar bizlarning ob havomizga qande shidashar ekan Jazeera (15 Jul 2017 13:29) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 12:00): Dostlar rostdanmi nigeriyalik murabbiylar bizlarning ob havomizga qande shidashar ekan ---------- Inson, Maza qiladiku? Bizda ob-havo super! Ularda esa jazirama issiq Inson (15 Jul 2017 14:59) --Javob-- Jazeera (15 Jul 2017 13:29): Inson, Maza qiladiku? Bizda ob-havo super! Ularda esa jazirama issiq ---------- Jazeera, ular nigeryada yasashsa bizning ob havo ularga togri kemiydi chunki ular qattiq issiqqa organib qolishgan masalan 80 90 c isiqlikka bizni issiq ularga sovuq boladi 1 c issiqda ular olib qolishi mumkin ExcLusive (15 Jul 2017 15:00) Kunikadi albatda. Inson (15 Jul 2017 17:20) Yanayam yaxshi oynaydigan sportshilar sotib olishi kere ozbekiston Inson (15 Jul 2017 17:21) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 15:00): Kunikadi albatda. ---------- ExcLusive, yoq ular konikolmaydi ExcLusive (15 Jul 2017 17:42) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 17:21): ExcLusive, yoq ular konikolmaydi ---------- Inson, uzbda havo sovuq emasku Inson (15 Jul 2017 17:43) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 17:42): Inson, uzbda havo sovuq emasku ---------- ExcLusive, bilaman kuz boshlansa nimaqilishadi Djfayz (15 Jul 2017 17:49) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 17:43): ExcLusive, bilaman kuz boshlansa nimaqilishadi ---------- Inson, Qurqmang ulim netib qolmaydi. Inson (15 Jul 2017 17:50) --Javob-- Djfayz (15 Jul 2017 17:49): Inson, Qurqmang ulim netib qolmaydi. ---------- Djfayz, ha togri ExcLusive (15 Jul 2017 17:56) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 17:20): Yanayam yaxshi oynaydigan sportshilar sotib olishi kere ozbekiston ---------- Inson, mtjga futbolchi sotib olinmaydi afsuski. Inson (15 Jul 2017 17:57) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 17:56): Inson, mtjga futbolchi sotib olinmaydi afsuski. ---------- ExcLusive, hm tushundim Jazeera (15 Jul 2017 18:01) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 14:59): Jazeera, ular nigeryada yasashsa bizning ob havo ularga togri kemiydi chunki ular qattiq issiqqa organib qolishgan masalan 80 90 c isiqlikka bizni issiq ularga sovuq boladi 1 c issiqda ular olib qolishi mumkin ---------- Inson, O'rganadi Inson (15 Jul 2017 18:02) --Javob-- Jazeera (15 Jul 2017 18:01): Inson, O'rganadi ---------- Jazeera, organsa koramiz AkMaL (15 Jul 2017 18:09) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 14:59): Jazeera, ular nigeryada yasashsa bizning ob havo ularga togri kemiydi chunki ular qattiq issiqqa organib qolishgan masalan 80 90 c isiqlikka bizni issiq ularga sovuq boladi 1 c issiqda ular olib qolishi mumkin ---------- Inson, bizada ham suv tanqis bo'lsa nigeriyani holiga tushamiz xudoga shukurki bizada suv mo'l quyoshni issiq nurini sovuq suv bilan yuvamiz ulada bundaymas 80-90 gradus issiq bizni olamda yo'q Inson (15 Jul 2017 18:13) --Javob-- AkMaL (15 Jul 2017 18:09): Inson, bizada ham suv tanqis bo'lsa nigeriyani holiga tushamiz xudoga shukurki bizada suv mo'l quyoshni issiq nurini sovuq suv bilan yuvamiz ulada bundaymas 80-90 gradus issiq bizni olamda yo'q ---------- AkMaL, ha yoq bogandan keyin ham shida olishmaydi Tayotabek (17 Jul 2017 16:07) 1ta savol baba deganila kim nega ketsin ketvoti ubu deyapsìla?
Ps/ fudbolga vapshi qiziqmayman shunixam bilmaysanmi deganlaga)) uzmastersuzmasters (17 Jul 2017 21:59) --Javob-- Tayotabek (17 Jul 2017 16:07): 1ta savol baba deganila kim nega ketsin ketvoti ubu deyapsìla?
Ps/ fudbolga vapshi qiziqmayman shunixam bilmaysanmi deganlaga)) ---------- Tayotabek, qiziqmasangiz nima qilasiz bilib(qiziqib) ,agar mavzuni boshidan uqiganizda bilardiz shu ham gap buldiyu jo ajab Bekzod (10 Aug 2017 01:03) Uzbni oyini qachon UzB__MaSTeR (29 Dec 2017 20:11) Kerak murabbiy yanada nargi murabbiylarga qaraganda ko'proq yo'lni bosib o'tsa fudbolchilarimz zo'r bo'ladi GeniuSBoY (23 Jan 2018 08:50) Kim Murabbiy bo'ldi termaga. zor (17 Mar 2018 22:04) Nigеryаli murаbbiy qаchаn bolаrkаn tеrmаgа Ashurov (18 Mar 2018 12:21) Uzreport tvda vaqtincha terma jamoani 4ta murabbiy boshqarar emish, shu rostmi??? Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/48/1564/