1.BaDBoY(M)(896)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:03
11 avg 12:22
Eplmanager.com: Barcha bilishi shart bo'lgan o'zgarishlar haqida malumot
EplmanagerAPL
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Bugun Angliya premer-ligasida yangi mavsum start oladi. Bu bilan birga www.eplmanager.com virtual o'yini ham boshlanadi.
Ishtirokchilar diqqatiga! Bu mavsumdan o'yinda bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Quyidagi har bir yangilikka alohida to'xtalib o'tamiz:
1. Bu yil ham sovrinli ligalar bo'ladi, faqat birinchi turdan emas. Yangiliklarimizni kuzatib boring va sovrinli ligalar haqidagi xabarlarni o'tkazib yubormang.
2. Endi superkapitan bo'lmaydi. Faqat kapitan bo'ladi va uning ochkolari ikki baravar ko'payadi.
3. Byudjetni ko'paytirish fishkasi ham endi mavjud emas. Endi barchaning byudjeti bir xil!
4. Feysbuk orqali ro'yxatdan o'tish va saytga kirish tizimi qo'shildi.
5.SHunday qilib www.eplmanager.com saytida saqlanib qolgan fishkalar: bitta klubdan uch nafardan ko'p futbolchi olish imkoniyati, qo'shimcha transfer va cheksiz transferlar.
6.O'yin qoidalarida bittagina o'zgarish kuzatildi: Oldingi yil futbolchi 10 marta to'pni raqibdan olib qo'ysa 1 ochko berilar edi, endi 8 marta to'p olib qo'yilsa 1 ochko taqdim etiladi.
7.Endi do'stlarni taklif qilganlar uchun bepul tangalar taqdim etilmaydi.
Birinchi tur dedlayni bugun, 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da tugaydi. Demak, www.eplmanager.com saytiga kiring va yangi mavsum uchun jamoa tuzing. SHoshiling vaqt kam qoldi!
2017/2018 yilgi mavsumda www.eplmanager.com saytida g'olib bo'lgan uch nafar ishtirokchi quyidagi qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritadi:
1-o'rin: iPhone 8 Plus
2-o'rin: Samsung Galaxy Note 8
3-o'rin: iPhone 8
APL,1-tur
11 avgust
"Arsenal" - "Lester Siti"
www.eplmanager.com - O'zingizni Angliya premer-ligasida ishlovchi murabbiydek his qiling!
Manba : championat.asia
O'yinni boshlash uchun shu manzilga o'tib ro'yxatdan o'ting https://eplmanager.com/oz/m/I-U187743
2.Young_MasTeR(389)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:16
Regdan otdim jamoa tanladim endi nima qilish kerak
3.DarkShade(292)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:16
Mobil ilovami bu o'yin
4.BaDBoY(M)(896)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:17
Young_MasTeR (11 Aug 2017, 22:16):
Regdan otdim jamoa tanladim endi nima qilish kerak
Young_MasTeR, endi sizga 100€ berdi shu € ga sz futbolchi sotib olas jamoangizga nom qoyas
5.BaDBoY(M)(896)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:17
DarkShade (11 Aug 2017, 22:16):
Mobil ilovami bu o'yin
DarkShade, mobil ilovasiyam bor
6.BaDBoY(M)(896)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:18
Young_MasTeR (11 Aug 2017, 22:16):
Regdan otdim jamoa tanladim endi nima qilish kerak
Young_MasTeR, xa aytgancha sz bir jamoadan 3 tadan ko'p futbolchi sotib ola olmaysiz
7.DarkShade(292)[off]
| TXT | 24| 11 Aug 2017, 22:20
Xozir telda edim trafik kamroq, shunga Oddiy fudbol(offline) o'yinlariga o'xshab o'ynaysizmi yoki avtomatik hisob chiqaradimi