UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Yoga
Mavzu fayllari
(0)
Jahongir, Yoga eramizdan avvalgi uchinchi va ikkinchi ming yilliklar orasida Hindistonda paydo bo‘lgan. Hind daryosining qirg‘oqlarida topilgan yoga pozalaridagi odamlar tasvirlangan muhrlar aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy yoga ko‘plab yo‘nalishlar va uslublarga ega. Ulardan asosiylari: ayengara, ashtanga-yoga, bikram-yoga, vini-yoga, yogabit, kundalini, kuch tortishish yogasi, tray-yoga, xatxa-yoga. Yoga bilan shug‘ullanish nimani namoyon etadi Yoga bilan shug‘ullanish– boshlang‘ich, asosiy va yakunlovchi uch qismdan iborat. Ularning o‘ziga xosligi yoganing tanlangan yo‘nalishiga bog‘liq. Mashg‘ulotni mantra kuylashdan, qisqacha relaksatsiya yoki oyoq-qo‘llarning chigalini yozishdan boshlash mumkin. Yangi boshlaganlar — o‘qituvchi nima qilayotganligini diqqat bilan kuzatishlari va mayda detallarni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilishlari kerak. Asosiy qismi mashqlar amaliyotini o‘z ichiga oladi. “Asan”ni bajarayotganda, o‘z his-tuyg‘ularingizga quloq tuting va birdaniga og‘riq yoki kuchli noqulaylik sezib qolsangiz, mashqlarni bajarishni to‘xtating. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yopiq ko‘zlari bilan “murda pozasi” – shavasanni bajargan holda gilamga yotadilar. Bu eng yuqori bo‘shashish va mashg‘ulotlardan so‘ng kuch to‘plab olishga erishishga imkon beradi. Shavasanning davomiyligi yoganing tanlangan uslubiga bog‘liq. Umumiy hollarda yoga mashg‘uloti aynan shunday o‘tadi.
Yuklab olish
Onlayn 210 (0/210)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa