UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Yoga
Mavzu fayllari
(0)
Yoga: ijobiy va salbiy tomonlari Yoganing ijobiy tomonlari 1. Organizmni umumiy sog‘lomlashtirish Yoga organizmni sog‘lomlashtirish bo‘yicha noyob tizim deb ataladi. U ichki garmoniyani topish va barcha organlarning ishini yaxshilash imkonini beradi. Yoga falasafasi zararli odatlardan qutulish va sog‘lom turmush tarziga qo‘shilishga yordam beradi. 2. Atrof dunyo bilan uyg‘unlik. Ruhiy zarba va salbiy kechinmalardan qutulish. Yogasizga o‘z ichki dunyongizga kirish va o‘zingizni yaxshi bilib olish imkoniyatini beradi. Mashqlar sizningsalohiyatingizni ochib berishga, uyg‘unlik va xotirjamlikni qozonishga yo‘naltirilgan. Relaksatsiya paytida bo‘shashish imkoniyati salbiy kechinmalardan qutulishga yordam beradi. Chuqur nafas olishni bilish, stress vaziyatlarda xotirjam va mulohazali bo‘lishga yordam beradi. 3.Orqadagi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan qutulish Yogada bizning organizmimizni bo‘shashtiruvchi va uni tetiklashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan yaxlit mashqlar majmuasi mavjud. Orqa va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga qarshi kurashishning samaradorligi tibbiy dori-darmonlarni qo‘llash bilan solishtirilishi isbotlangan. 4. Qomatning yaxshilanishi Yoga bilan shug‘ullanish mushaklar korsetiga mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Qomat yaxshilanadi, qadam tashlash ancha ishonchli bo‘lib qoladi. 5. Metabolizmni tezlashtirish va ozish Yogada maxsus oshqozon-ichak trakti (OIT) ishini yaxshilashga va buning natijasida, metabolizmni yaxshilashga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar mavjud. Yogani tez ozish usullariga kiritish mumkin emas. Biroq yoga bilan tizimli ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznni kamaytirish imkoniyatini beradi. Biroq yoga bilan doimiy ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznning tushishiga olib keladi
Yuklab olish
Onlayn 132 (0/132)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa