Mavzu: Uchinchi ishtirok, undan nima kutamiz? (UMUMIY BO'LIM/Sport Olami) Mardon (4 Jan 2018 18:59) Xabaringiz bor, 9-27 yanvar kunlari Xitoyda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Sal avvalroq O'zbekiston U-23 terma jamoasining mazkur musobaqada ishtirok etadigan tarkibi elon qilindi. Bizga malum bo'lishicha, O'FF jamoa oldiga turnirda g'olib bo'lish vazifasini qo'ygan. Endi buyog'i Ravshan Haydarov futbolchilarni qanday o'ynatishiga bog'liq. Garchi bu haqda ko'p gapirilgan bo'lsa-da, yana bir bor eslab o'tsak zarar qilmaydi. U-23 Osiyo chempionati har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan musobaqa bo'lib, birinchi marta 2014 yil Ummonda tashkil qilingan. Ummondagi musobaqa 11-26 yanvar kunlari o'tkazilgan. Bu yil Xitoydagi turnir uchinchisi bo'ladi. Ikkinchisi esa 2016 yil Qatarda tashkil etilgan bo'lib, bu musobaqa ham yanvarda o'tkazilgan (12-30 yanvar). U-23 Osiyo chempionati shunday musobaqaki, u bir gal shunchaki o'tkaziladi, bir gal Olimpiada o'yinlariga yo'llanma beradi. Masalan, bu yilgisi hech bir musobaqaga imtiyoz bermaydi. Ikki yildan so'ng bo'lib o'tadigani esa Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash bo'ladi. U-23 Osiyo chempionatining birinchi g'olibi Iroq hisoblanadi. Ummonda o'tkazilgan turnirda Iroq chempionlikni qo'lga kiritgan, Saudiya Arabistoni ikkinchi bo'lgandi. Qizig'i shundaki, har ikkala jamoa bilan biz bir guruhda o'ynaganmiz. Keyingi chempionatda Yaponiya g'olib chiqqan. Yaponlar finalda Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag'lub etishgan.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining avvalgi ikki musobaqadagi ishtirokini muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi. CHunki ikkala turnirda ham biz guruhdan chiqa olmaganmiz. 2014 yilgi chempionatda birinchi o'yinda Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etganmiz, biroq Iroqqa 1:2, Saudiya Arabistoniga esa 0:1 hisobida yutqazib qo'yganmiz.
O'sha musobaqaga jamoani bosh murabbiyi sifatida SHuhrat Maqsudov olib borgandi. Keyingi musobaqada jamoa Samvel Babayan qo'l ostida ishtirok etib, unda ham guruhdan chiqa olmagan. Biz guruh o'yinlarida faqat Yamanni (3:1) mag'lub etganmiz xolos, ammo Janubiy Koreya (1:2) va Iroq (2:3) bilan kechgan bahslarda yana mag'lub bo'lganmiz.
Avvalgi ikki turnirda Doston Hamdamov bilan Igor Sergeev ikkitadan gol urgan, Egor Krimec, Jamshid Iskanderov, Timur Hakimov, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipovlar esa bittadan to'p kiritishgan. Aytib o'tganimizdek, mana endi uchinchi bor U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etamiz.
Garchi bu musobaqa Olimpiada o'yinlariga yo'llanma bermasa-da, bosh murabbiy Ravshan Haydarov aytib o'tganidek, aksar futbolchilar uchun tramplin vazifasini bajarib beradi. Keyinchalik shu o'yinchilar milliy terma jamoada o'ynab keta oladimi-yo'qmi, mana shu musobaqadagi ishtirok shu kabi savollarga qisman javob bersa ajab emas.
Qolaversa, bu yoshdagi futbolchilar uchun oxirgi xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bundan keyin faqat bitta yo'l qolyapti: milliy terma jamoa. Agar jamoamiz o'zidan yaxshi taassurot qoldirib, futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatadigan bo'lsa, tez orada ular uchun milliy terma jamoa eshiklari ochiladi. SHunday ekan, boshlanishiga juda oz qolgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz Mardon (4 Jan 2018 19:06) «Sport TV» Xitoyda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilingan.
Sport TV musobaqaning barcha o'yinlarini namoyish etishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqada mezbon Xitoy va Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
9 yanvar, soat 16:30. Qatar - O'zbekiston
12 yanvar, soat 13:00. O'zbekiston - Xitoy
15 yanvar, soat 13:00. Ummon - O'zbekiston. AsqarBek (4 Jan 2018 19:13) yoshlar kattalarga qaraganda yaxshi uynardi oldin. kuramiz yaxshi natijalarni kutib qolamiz Mardon (4 Jan 2018 19:25) 2014dagi tarkib kuchli edi. Lekin jamoviy uyin yuq edi TJboy (4 Jan 2018 20:01) nima b6ldo keyin.. Mardon (4 Jan 2018 20:09) --Javob-- TJboy (4 Jan 2018 20:01): nima b6ldo keyin.. ---------- TJboy, guruhda qob ketdik TJboy (4 Jan 2018 20:12) Qaysidir futbol kamandamiz osiyo chempioni bo'libtikuu.. Mardon (4 Jan 2018 20:15) --Javob-- TJboy (4 Jan 2018 20:12): Qaysidir futbol kamandamiz osiyo chempioni bo'libtikuu.. ---------- TJboy, 2012 da usmirlarimiz chempion bulgandi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/48/2291/