Mavzu: FC Liverpool
1. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 3 Nov 2016, 21:48
FC Liverpool muxlislariga salom.
Oxirgi paytda juda zo'r uynayapdi Liverpul.
2. Udesign (36) [off] | TXT | 5| 2 May 2017, 20:54
Xa liverpulni uzbdagi fan club sayti ham bor yagona liverpul.uz bu reklamamas!
3. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:28
Boshqa fan klub saytlayam yo'q.
4. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:33
Rasmiy xabar: Lukas Leyva "Latsio"ga o‘tadi


"Liverpul" xabarlarini yoritib boruvchi jurnalist Jozef Masker o‘z tvittida Lukas Leyva borasida yangilik tarqatdi.
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi endilikda faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettiradi. Uni "Latsio" klubi 5 million funt sterling evaziga sotib olish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.
5. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:33
"Liverpul" Nabi Keyta uchun yangi taklif bilan chiqadi

The Telegraph portalining ma’lumotida aytilishicha, "RB Leypsig" yarim himoyachisi Nabi Keytaga 65 million yevrolik taklif bilan chiqib, biroq unga rad javobini olgan "Liverpul" tez orada gvineyalik futbolchi uchun yangi taklif jo‘natadi.
Unda "Leypsig" klubiga Keyta uchun 80 million yevro berilishi mumkin.
"Mersisaydliklar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa rahbarlaridan Keyta transferini qanday qilib bo‘lmasin amalga oshirishini talab qilyapti. Biroq Germaniya klubi o‘z yetakchisini yangi mavsumda ham saqlab qolmoqchi.
6. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:33
Lallana, Koutino va Salah bugun maydonga tushishi mumkin

"Liverpul" rasmiy sayti bugungi "Uigan"ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bellashuv oldidan klub muxlislarini xushnud etdi.
Manbada keltirilishicha, "Liverpul" yetakchilari Adam Lallana va Filippe Koutino hamda jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Muhammad Salah bugun maydonga tushish imkoniyatiga ega. Faqat buni Yurgen Klopp xohlashi kerak xolos.
Eslatib o‘tamiz, "Uigan" va "Liverpul" uchrashuvi tungi soat 23:30 (Toshkent vaqti bilan)da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
7. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 5| 14 Jul 2017, 20:34
Marko Gruich: "Murabbiylarga imkon qadar o‘z salohiyatimni ko‘rsatishga harakat qilyapman"

"Liverpul"ning serbiyalik yarim himoyachisi Marko Gruich "Tranmir Rovers"ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu ushbu mavsumdagi ilk o‘yinimiz va bu g‘alaba biz uchun juda yoqimli. Men bitta gol urganimdan juda xursandman.
Biz yana mashg‘ulot olib borib, "Uigan"ga qarshi bahs uchun tayyor bo‘lishimiz darkor. Albatta, urgan golim menga ishonch bag‘ishlaydi. Men mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida imkon qadar murabbiylarga o‘z qobilyatimni ko‘rsatishga intilyapman.
Mavsumdan oldingi barcha o‘yinlardagi g‘alaba biz uchun ahamiyatli. Aynan shu narsa bizga Chempionlar Ligasi va Angliya Premier-ligasi o‘yinlari oldidan ijobiy ta’sir o‘tkazadi", -deydi Gruich.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 230
Mavzuga oid xabarlar soni: 79 ta
So'ngi faollik vaqti: 3 Jun 2019, 00:00
Mavzuni ko'rishgan: 21 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 214 (0/214)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru