Mavzu: FC Liverpool (UMUMIY BO'LIM/Sport Olami) ExcLusive (3 Nov 2016 21:48) FC Liverpool muxlislariga salom.
Oxirgi paytda juda zo'r uynayapdi Liverpul. Udesign (2 May 2017 20:54) Xa liverpulni uzbdagi fan club sayti ham bor yagona liverpul.uz bu reklamamas! ExcLusive (14 Jul 2017 20:28) Boshqa fan klub saytlayam yo'q. ExcLusive (14 Jul 2017 20:33) Rasmiy xabar: Lukas Leyva "Latsio"ga o‘tadi


"Liverpul" xabarlarini yoritib boruvchi jurnalist Jozef Masker o‘z tvittida Lukas Leyva borasida yangilik tarqatdi.
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi endilikda faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettiradi. Uni "Latsio" klubi 5 million funt sterling evaziga sotib olish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:33) "Liverpul" Nabi Keyta uchun yangi taklif bilan chiqadi

The Telegraph portalining ma’lumotida aytilishicha, "RB Leypsig" yarim himoyachisi Nabi Keytaga 65 million yevrolik taklif bilan chiqib, biroq unga rad javobini olgan "Liverpul" tez orada gvineyalik futbolchi uchun yangi taklif jo‘natadi.
Unda "Leypsig" klubiga Keyta uchun 80 million yevro berilishi mumkin.
"Mersisaydliklar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa rahbarlaridan Keyta transferini qanday qilib bo‘lmasin amalga oshirishini talab qilyapti. Biroq Germaniya klubi o‘z yetakchisini yangi mavsumda ham saqlab qolmoqchi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:33) Lallana, Koutino va Salah bugun maydonga tushishi mumkin

"Liverpul" rasmiy sayti bugungi "Uigan"ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bellashuv oldidan klub muxlislarini xushnud etdi.
Manbada keltirilishicha, "Liverpul" yetakchilari Adam Lallana va Filippe Koutino hamda jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Muhammad Salah bugun maydonga tushish imkoniyatiga ega. Faqat buni Yurgen Klopp xohlashi kerak xolos.
Eslatib o‘tamiz, "Uigan" va "Liverpul" uchrashuvi tungi soat 23:30 (Toshkent vaqti bilan)da boshlanishi ko‘zda tutilgan. ExcLusive (14 Jul 2017 20:34) Marko Gruich: "Murabbiylarga imkon qadar o‘z salohiyatimni ko‘rsatishga harakat qilyapman"

"Liverpul"ning serbiyalik yarim himoyachisi Marko Gruich "Tranmir Rovers"ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu ushbu mavsumdagi ilk o‘yinimiz va bu g‘alaba biz uchun juda yoqimli. Men bitta gol urganimdan juda xursandman.
Biz yana mashg‘ulot olib borib, "Uigan"ga qarshi bahs uchun tayyor bo‘lishimiz darkor. Albatta, urgan golim menga ishonch bag‘ishlaydi. Men mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida imkon qadar murabbiylarga o‘z qobilyatimni ko‘rsatishga intilyapman.
Mavsumdan oldingi barcha o‘yinlardagi g‘alaba biz uchun ahamiyatli. Aynan shu narsa bizga Chempionlar Ligasi va Angliya Premier-ligasi o‘yinlari oldidan ijobiy ta’sir o‘tkazadi", -deydi Gruich. ExcLusive (14 Jul 2017 20:34) Yurgen Klopp van Deyk transferi masalasiga to‘xtaldi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tranmir Rovers"ga (4:0) qarshi o‘yindan keyin jamoa qiziqishiga sabab bo‘layotgan Virjil van Deyk transferi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
"O‘tgan safargi bayonotimdan keyin hali hech narsa sodir bo‘lmadi. Hammasi joyida, biroq hozir yangilik haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Siz bu to‘g‘risida gapirishni xohlaysizmi? Men esa - yo‘q! Sizga hozir nimadir desam, bu xato bo‘lib chiqishi mumkin", -deydi Klopp. ExcLusive (14 Jul 2017 20:43) Muhammad Salah Angliyada faoliyat yuritish huquqiga ega bo'ldi

"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salah Angliyada faoliyat yuritish uchun hujjatlarni qo'lga kiritdi.
Endi u ertaga bo'lib o'tadigan "Uigan"ga qarshi bellashuvda o'z jamoasidagi debyutini o'tkazishi mumkin. ExcLusive (14 Jul 2017 20:44) Luis Suarez: "Jerrarddan yaxshi murabbiy chiqadi"
14 iyl 2017, 21:56
"Liverpul" sobiq futbolchisi Luis Suarez o'zi bilan birga faoliyat olib borgan klub afsonasi Stiven Jerrardning murabbiylikdagi faoliyati haqida o'z fikrini bildirdi.
"Stivenda bu sohada ham muammo bo'lmasligiga ishonaman. U klubga bo'lgan sadoqati tufayli jahon futboli tarixiga kirdi. Jerrard menga ko'p narsalarni o'rgatdi - mag'lubiyatlarda tinchlantirdi, g'alabalarda men kabi bayram qildi. U sardor, yetakchi, jonkuyar. O'ylaymanki, undagi jihatlar murabbiylikda ham Stiven Jerrard nomini yozdirib qo'yishda juda katta yordam beradi", - deydi Suarez. ExcLusive (14 Jul 2017 20:44) Jordan Henderson: "Maydonga qaytganimdan xursandman"
14 iyl 2017, 22:19
"Liverpul" sardori Jordan Henderson fevral oyidan buyon ilk marta maydonga qaytdi. Futbolchi bir taym maydonda harakatlandi.
"Jarohatdan keyin bir taym maydonda o'ynashingizni o'zi siz uchun juda katta yutuq. Maydonga qaytganimdan juda ham xursandman. Bu vaqtni ancha kutdim va endi buyog'i barcha ko'ngilsizliklar ortda qolganligiga umid qilaman", - dedi Henderson klub rasmiy saytiga. ExcLusive (14 Jul 2017 20:45) Sadio Mane "Liverpul" bilan Osiyo turnesiga bormaydi
14 iyl 2017, 22:28
Mavsumning so'nggini tizzasidan olgan jarohati bois yakuniga yetkaza olmagan hujumchi Sadio Mane kecha yakka tartibdagi mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp uni Osiyo turnesiga olib ketmasligini ta'kidladi.
"Sadio Mane ayni damda yakka tartibda shug'ullanmoqda. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz va uni Melvudda qoldiramiz. U jamoa bilan birga shug'ullanmadi. Shu sababdan uni Osiyo safariga olib ketishdan ma'no yo'q.
Sadio irodali futbolchi. Uning tezda safga qaytishiga ishonamiz". ExcLusive (14 Jul 2017 20:45) Jorjinyo Veynaldum: "Nuri, sen hayotga qaytishing kerak!"
14 iyl 2017, 22:38
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum o'z vatandoshi, "Ayaks"ning 20 yoshli futbolchisi, ayni damda hayot bilan kurashayotgan Aldulhak Nurini qo'llab-quvvatladi.
"Sen hayotga qaytishing kerak. Sen biz uchun, butun Gollandiya futboli uchun uchun juda ham keraksan", deya ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan. ExcLusive (14 Jul 2017 20:45) Deyan Lovren "Uigan"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
14 iyl 2017, 13:43
Xabaringiz bor, bugun "Liverpul" mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Unda "qizillar" mehmonda "Uigan" bilan kuch sinashadi.
Mazkur bahsda "Liverpul"ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren qatnashishi so‘roq ostida turibdi. Boisi, ushbu himoyachi jarohat olganligi haqida klub rasmiy sayti bayonot bergan. Biroq hozircha jarohat sababi va uning holati haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Agar Lovren bugun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa "DW Stadium"dagi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:52) Koutino: "Hamma qatori biz ham sovrin yutishni istaymiz"
14 iyl 2017, 08:17
Kecha Melvudga qaytib yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlagan Filippe Koutino "Liverpul" muxbirlariga intervyu berdi.
"Men yana ortga qaytganimdan juda baxtliman va yangi mavsum oldidan tayyorgarliklarga tayyorman. Braziliyada yozgi ta’tilni do‘stlarim va oila a’zolarim bilan a’lo darajada o‘tkazdim hamda dam olishim uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘ldi.
Jamoaga qaytib, do‘stlarim bilan uchrashganimdan xursandman. Men hali umumiy mashg‘ulotlarga kirishmadim, ExcLusive (14 Jul 2017 20:53) "Liverpul" "Atletiko" futbolchisiga taklif bilan chiqdi
14 iyl 2017, 10:10
"Liverpul" "Atletiko" futbolchisiAnxel Korreaga taklif bilan chiqdi deb xabar bermoqda Foot Mercato.
Mersisaydliklar Korrea uchun 25 million yevro taklif qilishgan. Biroq Madrid klubi xujumchisi uchun kelgan "Liverpul" taklifiga rad javobini bergan. Xozircha qolgan ma'lumotlar oshkor qilinmagan. ExcLusive (14 Jul 2017 20:53) Lukas Leyva "Latsio"ga ko'chib o'tishi mumkin
14 iyl 2017, 17:02
Italiyaning “Latsio” klubi braziliyalik tayanch yarim himoyachi Lukas Leyva bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Rimliklar “Milan”ga ko'chib o'tayotgan argentinalik Lukas Biliyaing o'rniga Leyvani ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lukas Leyvaning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgan va futbolchi erkin agentga aylangan. ExcLusive (14 Jul 2017 20:53) "Liverpul" Korrea uchun "Atletiko"ga 28 mln. evro taklif qildi
14 iyl 2017, 17:19
"Liverpul" "Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ingliz klubi futbolchi uchun 28 mln. evro taklif qildi.
Korreaning o'ziga esa yillik maoshi 2,7 mln. evro bo'lgan 5 yillik bitim taqdim etildi.
Korrea so'nggi mavsum LaLiganing 31 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:54) Salah bugungi o'yinda ishtirok etmaydi
14 iyl 2017, 19:49
”Liverpul”ning yangi hujimchisi Muhammad Salah bugungi o'yinda ishtrok eta olmaydi. Bunga sabab uning bir necha hujjatlari tayyormasligi.
Salah haligacha immigratsiyani bir necha ko'rigidan o'tishga ulgurmagan. Salah hozir Parijga jo'nab ketdi, u yerda u barcha hujjatlarni to'g'irlab qaytadi.
Salah bu o'yindan tashqari ”Uigan”ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborish ehtimoli bor. ExcLusive (14 Jul 2017 20:54) Sheyi Ojo mavsumni ijarada o'tkazadi
14 iyl 2017, 21:59
Sky ma'lumotlariga ko'ra, "Midlsbro" jamoasi Sheyi Ojoning bir mavsumlik ijarasi bo'yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishgan.
20 yoshli futbolchi to'liq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shu qarorga kelgan.
Eslatib o'tamiz, Ojoga Premier-ligaga qaytgan "Nyukasl" ham da'vogarlik qilayotgan edi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:54) ”Tranmir Rovers” 0 - 4 ”Liverpul”
14 iyl 2017, 02:00
Mana barcha muxlislar kutgan kunlar yetib keldi, mavsum oldi o'yinlar boshlanmoqda. Bugungi o'yinni biz bilan Liverpul.uz saytida onlayn tarzda kuzatib boring.
Boshlanish vaqti: 23:45
Gollar:Milner '34 (pen) - (assist – Ojo), Gruich '44 - (assist – Ojo),
Chirivella '50 - (assist – Solanke), Vudbyorn '78 (pen) - (assist – Kent).
1-bo‘lim tarkibi:Karius, Aleksandr-Arnold, Matip, Lukas, Milner, Henderson, Gruich, Vaynaldum, Ojo, Firmino, Starrij.
2-bo‘lim tarkibi:Karius (Grabara '67), Klayn, Gomez, Klavan, Flanagan, Styuart, Chirivelya, Vudbyorn, Markovich, Kent, Solanke.
YOU WILL NEVER WALK ALONE ExcLusive (14 Jul 2017 20:55) "PSJ" "Liverpul" futbolchisini sotib olmoqchi
14 iyl 2017, 17:18
"Liverpul" jamoasining fransiyalik himoyachisi Mamadu Sako faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Mersisaydliklar futbochini GongKongdagi yig'inga jalb qilmaganlar. Sakoga fransiyaning "PSJ" klubi jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Futbolchining o'zi ham sobiq klubiga qaytishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz Mamadu Sako "PSJ" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. ExcLusive (14 Jul 2017 20:55) "Liverpul" fanatlari Nabi Keyta transferiga jiddiy kirishmoqdalar
14 iyl 2017, 17:44
"Liverpul"ning butun dunyodagi muhlislari Red Bull GmbH kopmaniyasiga qarshi boykot e'lon qilishmoqchi. Ya'ni ular ushbu kompaniya ishlab chiqaruvchi "Red Bull" ichimliklarini endi umuman harid qilmoqchi emaslar.
Ularning fikricha kopmaniya direktori Ditrix Mateshits kompaniyaning inqirozga uchramasligi uchun Keytaning transferiga aralashib, uning "Enfild"ga ko'chib o'tishini osonlashtirishi mumkin ekan. Inson (14 Jul 2017 21:38) --Javob-- ExcLusive (14 Jul 2017 20:54): Sheyi Ojo mavsumni ijarada o'tkazadi
14 iyl 2017, 21:59
Sky ma'lumotlariga ko'ra, "Midlsbro" jamoasi Sheyi Ojoning bir mavsumlik ijarasi bo'yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishgan.
20 yoshli futbolchi to'liq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shu qarorga kelgan.
Eslatib o'tamiz, Ojoga Premier-ligaga qaytgan "Nyukasl" ham da'vogarlik qilayotgan edi. ---------- ExcLusive, Inson (14 Jul 2017 21:38) --Javob-- ExcLusive (14 Jul 2017 20:54): Sheyi Ojo mavsumni ijarada o'tkazadi
14 iyl 2017, 21:59
Sky ma'lumotlariga ko'ra, "Midlsbro" jamoasi Sheyi Ojoning bir mavsumlik ijarasi bo'yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishgan.
20 yoshli futbolchi to'liq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shu qarorga kelgan.
Eslatib o'tamiz, Ojoga Premier-ligaga qaytgan "Nyukasl" ham da'vogarlik qilayotgan edi. ---------- ExcLusive, faqat bir oziz yozib chiqibsizu ExcLusive (14 Jul 2017 21:43) --Javob-- Inson (14 Jul 2017 21:38): ExcLusive, faqat bir oziz yozib chiqibsizu ---------- Inson, mavzuda faollashaylik . ExcLusive (14 Jul 2017 21:45) O‘rtoqlik uchrashuvi: "Uigan" - "Liverpul"
14 iyl 2017, 21:43

"Liverpul" bugun mavsum oldi tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Ularning bu safargi raqibi "Uigan" klubi. Mazkur o‘yinni biz bilan kuzating.
"Uigan" - "Liverpul"
Stadion:DW
Boshlanish vaqti: 23:30 Inson (14 Jul 2017 21:48) --Javob-- ExcLusive (14 Jul 2017 21:43): Inson, mavzuda faollashaylik . ---------- ExcLusive, dost albatta faol bolamiz ammo bu klubni umuman bilmaymanda ExcLusive (14 Jul 2017 22:05) --Javob-- Inson (14 Jul 2017 21:48): ExcLusive, dost albatta faol bolamiz ammo bu klubni umuman bilmaymanda ---------- Inson, futbolga qiziqmas ekansizda. Inson (14 Jul 2017 22:07) --Javob-- ExcLusive (14 Jul 2017 22:05): Inson, futbolga qiziqmas ekansizda. ---------- ExcLusive, ha togri man faqat jahon chempionatini koraman ExcLusive (15 Jul 2017 05:12) --Javob-- Inson (14 Jul 2017 22:07): ExcLusive, ha togri man faqat jahon chempionatini koraman ---------- Inson, uni xamma ko'radi do'st. Inson (15 Jul 2017 06:59) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 05:12): Inson, uni xamma ko'radi do'st. ---------- ExcLusive, ha dost endi menham futbol koraman LIKEBOY (15 Jul 2017 07:04) Forimda shu klubning muxlislari bormikan. ExcLusive (15 Jul 2017 07:10) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 06:59): ExcLusive, ha dost endi menham futbol koraman ---------- Inson, Liverpul ga qiziqasizmi? GMuzbekistan (15 Jul 2017 08:49) yurgen klopga bu mavsumda omad ExcLusive (15 Jul 2017 08:50) --Javob-- GMuzbekistan (15 Jul 2017 08:49): yurgen klopga bu mavsumda omad ---------- GMuzbekistan, mavsum qachon boshlanadi? ExcLusive (15 Jul 2017 08:52) Tranmir Rovers-Liverpul 0:4 3kun oldingi o'yin. LIKEBOY (15 Jul 2017 08:53) --Javob-- ExcLusive (14 Jul 2017 21:45): O‘rtoqlik uchrashuvi: "Uigan" - "Liverpul"
14 iyl 2017, 21:43

"Liverpul" bugun mavsum oldi tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Ularning bu safargi raqibi "Uigan" klubi. Mazkur o‘yinni biz bilan kuzating.
"Uigan" - "Liverpul"
Stadion:DW
Boshlanish vaqti: 23:30 ---------- ExcLusive, menimcha Liverpul yutadi bu o'yinda. ExcLusive (15 Jul 2017 08:58) O‘rtoqlik uchrashuvida"Liverpul" bu safar durrang o‘ynadi

"Liverpul" bugun mavsum oldi tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Ularning bu safargi raqibi "Uigan" klubi. Mazkur o‘yinni biz bilan kuzating.
"Uigan" 1:1 "Liverpul"
Stadion:DW
Boshlanish vaqti: 23:30
Gollar:1:0 − 21' Gilbi, 1:1 − 45' Salah
1-bo‘lim uchun:Minyole, Aleksandr-Arnold, Matip, Klavan, Flanagan, Henderson, Lallana, Vudbyorn, Salah, Koutino, Firmino.
Ikkinchi bo‘lim uchun:Karius, Gomez, Styuart, Lovren, Milner, Veynaldum, Gruich, Chirivelya, Solanke, Starrij, Origi. ZIYOYIDDIN (15 Jul 2017 08:58) Menimcha xech kim kutmagan edi ExcLusive (15 Jul 2017 08:59) Foto ExcLusive (15 Jul 2017 09:00) --Javob-- LIKEBOY (15 Jul 2017 07:04): Forimda shu klubning muxlislari bormikan. ---------- LIKEBOY, bu safar yuta olmadi. LIKEBOY (15 Jul 2017 09:02) Ha menham kutmagandim. LIKEBOY (15 Jul 2017 09:06) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 09:00): LIKEBOY, bu safar yuta olmadi. ---------- ExcLusive, nima bo'lsa ham omadga qaraydi. Inson (15 Jul 2017 10:02) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 07:10): Inson, Liverpul ga qiziqasizmi? ---------- ExcLusive, yo unchalik mas bu guruhni bilmasdim endi bilib oldim ExcLusive (15 Jul 2017 10:04) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 10:02): ExcLusive, yo unchalik mas bu guruhni bilmasdim endi bilib oldim ---------- Inson, fanatlik qilishga arziydigan klub. LIKEBOY (15 Jul 2017 10:04) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 10:02): ExcLusive, yo unchalik mas bu guruhni bilmasdim endi bilib oldim ---------- Inson, sizga bu klub ozgina bo'lsa ham yoqdimi. Inson (15 Jul 2017 10:06) --Javob-- LIKEBOY (15 Jul 2017 10:04): Inson, sizga bu klub ozgina bo'lsa ham yoqdimi. ---------- LIKEBOY, buni oyinlarini bitasiniyam korganim yo ammo eshitdim Inson (15 Jul 2017 10:09) --Javob-- ExcLusive (15 Jul 2017 10:04): Inson, fanatlik qilishga arziydigan klub. ---------- ExcLusive, ha siz bergan malumotlarga qaraganda togri ga oxshaydi ExcLusive (15 Jul 2017 10:11) Luis Suarez xam Liverpulda o'ynagan. LIKEBOY (15 Jul 2017 10:26) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 10:06): LIKEBOY, buni oyinlarini bitasiniyam korganim yo ammo eshitdim ---------- Inson, barchada iliq tasurot qoldirgan ekanmi bu jamoa. Inson (15 Jul 2017 10:32) --Javob-- LIKEBOY (15 Jul 2017 10:26): Inson, barchada iliq tasurot qoldirgan ekanmi bu jamoa. ---------- LIKEBOY, ha dost ExcLusive (15 Jul 2017 10:34) "Liverpul" tez orada Robertson transferini yakunlaydi LIKEBOY (15 Jul 2017 10:39) --Javob-- Inson (15 Jul 2017 10:32): LIKEBOY, ha dost ---------- Inson, ming bor eshitgandan bir bor ko'rgan yaxshi. Inson (15 Jul 2017 10:45) --Javob-- LIKEBOY (15 Jul 2017 10:39): Inson, ming bor eshitgandan bir bor ko'rgan yaxshi. ---------- LIKEBOY, ha togri ExcLusive (15 Jul 2017 19:49) "Xall Siti" Rayan Kentni ijaraga olmoqchi

Liverpool Echo xabariga ko‘ra, Chempionshipga ravona bo‘lgan klub "Xall Siti" o‘z tarkibiga "Liverpul"ning iqtidorli yosh futbolchisi Rayan Kentni jalb etmoqchi.
Ular ushbu transferga Endi Robertsonni qo‘shmoqchi emas, biroq "Xall" mutasaddilari Kentni to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan bir yillik ijara va Robertson bilan muzokaralarni tezlashtirishga rozi. ExcLusive (15 Jul 2017 19:49) "Liverpul" Stefan de Vreyga qiziqib qolgan

"Lacio" futbolchisi Stefan de Vrey "Liverpul" qiziqishlari doirasida.
Mersisaydliklar futbolchi uchun 25 million funt to'lashga tayyorlar.
Avvalroq, himoyachiga "Yuventus" ham qiziqayotgani haqida xabar qilingandi. ExcLusive (15 Jul 2017 19:50) "Liverpul" Keyta uchun 75 million yevro taklif qildi.

Kuni kecha xabar berganimizdek, "Liverpul" gvineyalik yarim himoyachi Nabi Keyta uchun "RB Leypsig" jamoasiga yaxshilangan taklifni jo‘natdi.
Unga ko‘ra, "qizillar" 75 million yevroni nemis jamoasi hisobiga o‘tkazib berishga tayyor. Endilikda, "Leypsig" klubi ushbu taklif yuzasidan javob berishi kerak.
Keytaning o‘zi esa allaqachon klub rahbarlariga jamoadan qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. U kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda qatnashmadi ham.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Leypsig" klubi Mersisayd jamoasining 65 million yevrolik taklifini qabul qilmagandi. ExcLusive (15 Jul 2017 19:50) "Liverpul" tez orada Robertson transferini yakunlaydi

"Xall Siti" chap qanot himoyachisi Endi Robertson tez orada "Liverpul" safiga kelib qo‘shiladi. Bu haqda britan jurnalistlari Dominik King va Kris Baskomb xabar beryapti.
Ularning aytishicha, "mersisaydliklar" hafta so‘nggiga qadar 8 million funt sterling evaziga Robertsonni sotib oladi.
Yurgen Klopp ushbu transferni ma’qullagan va hozirda "Xall Siti" bilan muzokaralarni yakunlash jarayoni kechmoqda. KomiLov (15 Aug 2017 21:44) Nima dep oylesilar Coutinio ketarmikin? KomiLov (7 Jan 2018 15:44) Oxirgi # ham coutino haqida edikan. Endi ketti coutinio endi bizga maxrez keldi xosh oynimiz ozgaradimi? KomiLov (5 Feb 2018 02:14) Liverpul adolatsizlik qurboni boldi Нарзулло (25 Jun 2018 22:37) Bu kulubda menga Faqat bita xujumchi Salax yoqadi klub yoqmaydi. WaP_MaSTeR (25 Jun 2018 23:32) Bu klub tarixi juda kata ajoyib futbolchilar chiqqan Ashurov (26 Jun 2018 08:09) --Javob-- Нарзулло (25 Jun 2018 22:37): Bu kulubda menga Faqat bita xujumchi Salax yoqadi klub yoqmaydi. ---------- Narzullo, Salax CHJ da umuman o'ynamadi.. salaxga ihlosim so'ndi :( WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 12:12) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 08:09): Narzullo, Salax CHJ da umuman o'ynamadi.. salaxga ihlosim so'ndi :( ---------- OKO_CAyPOHA, nega salaxni omadi kelmayapti holos Ashurov (26 Jun 2018 15:04) --Javob-- WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 12:12): OKO_CAyPOHA, nega salaxni omadi kelmayapti holos ---------- shahzod, Omad emas, o'zi bu o'ynolmas ekan, liverpulda jamoasi yordam berar ekan,.. WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 17:09) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 15:04): shahzod, Omad emas, o'zi bu o'ynolmas ekan, liverpulda jamoasi yordam berar ekan,.. ---------- OKO_CAyPOHA, liverpulda ijrochilar köpda Ashurov (26 Jun 2018 17:39) --Javob-- WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 17:09): OKO_CAyPOHA, liverpulda ijrochilar köpda ---------- shahzod, to'griyu mana ranaldo portugaliyada ham jamoasida ham zor, messi esa jamoasida zoru, Argentinada esa umuman korinmaydi, salah ham shular qatori.. messi qatorida ekan... WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 18:06) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 17:39): shahzod, to'griyu mana ranaldo portugaliyada ham jamoasida ham zor, messi esa jamoasida zoru, Argentinada esa umuman korinmaydi, salah ham shular qatori.. messi qatorida ekan... ---------- OKO_CAyPOHA, ha ranaldu portugaliyada öziga özi gol urishga vaziyat yaratib gol uradi Ashurov (26 Jun 2018 20:36) --Javob-- WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 18:06): OKO_CAyPOHA, ha ranaldu portugaliyada öziga özi gol urishga vaziyat yaratib gol uradi ---------- shahzod, Salah ham shunday qilsa bo'lar edi... WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 21:06) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 20:36): shahzod, Salah ham shunday qilsa bo'lar edi... ---------- OKO_CAyPOHA, o00 bunday bölish oson emas :D Ashurov (26 Jun 2018 22:21) --Javob-- WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 21:06): OKO_CAyPOHA, o00 bunday bölish oson emas :D ---------- shahzod, To'gri liverpul salahni transferga bervorsa ham boladi, chjdan keyin qanday oynaydi hech kim bilmayDi WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 23:17) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 22:21): shahzod, To'gri liverpul salahni transferga bervorsa ham boladi, chjdan keyin qanday oynaydi hech kim bilmayDi ---------- OKO_CAyPOHA, salax real madridga kelishi kerak realda ijrochilar köp va realga ham shunday hato qilmaydigan öyinchi kerak Ashurov (26 Jun 2018 23:21) --Javob-- WaP_MaSTeR (26 Jun 2018 23:17): OKO_CAyPOHA, salax real madridga kelishi kerak realda ijrochilar köp va realga ham shunday hato qilmaydigan öyinchi kerak ---------- shahzod, Liverpul bu yil qirollikda chempion bolishga harakat qiladi.. ularni yolini Manchester to'sadi nasib bo'lsa!.. BOY BOLA (27 Jun 2018 05:05) --Javob-- Ashurov (26 Jun 2018 23:21): shahzod, Liverpul bu yil qirollikda chempion bolishga harakat qiladi.. ularni yolini Manchester to'sadi nasib bo'lsa!.. ---------- OKO_CAyPOHA, Manchester ??? Qaysi biri. Siti yoki yunayted
[b]1.6 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
shahzod, realda 50/50 uni yaxshi o'ynashi chunki Ranaldo Benzema Beyl shularni soyasida ko'rinmay qolishi mumkim! WaP_MaSTeR (27 Jun 2018 06:22) --Javob-- BOY BOLA (27 Jun 2018 05:05): OKO_CAyPOHA, Manchester ??? Qaysi biri. Siti yoki yunayted
[b]1.6 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
shahzod, realda 50/50 uni yaxshi o'ynashi chunki Ranaldo Benzema Beyl shularni soyasida ko'rinmay qolishi mumkim! ---------- BOY BOLA, city ham yunayted ni ham kuchi yetadi. Ashurov (27 Jun 2018 07:04) --Javob-- BOY BOLA (27 Jun 2018 05:05): OKO_CAyPOHA, Manchester ??? Qaysi biri. Siti yoki yunayted
[b]1.6 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
shahzod, realda 50/50 uni yaxshi o'ynashi chunki Ranaldo Benzema Beyl shularni soyasida ko'rinmay qolishi mumkim! ---------- BOY BOLA, Bu hali aniq emas... balki site, balki yunayted... CaPiTaN (3 Jun 2019 00:00) G'alaba Muborak Do'stlar Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/48/230/