UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
shu yilgi jaxon chempionati haqida
Mavzu fayllari
(7)
FIFA ijroqo‘mi 2018-yilda Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining o‘tkazilish kunlarini tasdiqladi, deb xabar beradi "Stadion.uz” FIFA matbuot xizmatiga tayangan "Kun”ga asoslanib. Rossiyadagi jahon birinchiligi 2018-yilning 14-iyunidan 15-iyuligacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida o‘tkaziladi. Shuningdek, chempionat o‘yinlarini qabul qiladigan shahar va o‘yingohlar ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, turnir o‘yinlari Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov, Sochi va Yekaterinburg shaharlaridagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Rossiyada JCh — 2018dan bir yil oldin, 2017-yilning 17-iyunidan 2-iyuligacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Konfederatsiyalar Kubogi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi. Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlari uchun esa Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Rostov shaharlaridagi maydonlar tayyorlanmoqda.
Yuklab olish
Onlayn 430 (0/430)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa