uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
UMUMIY BO'LIM | Sport Olami |
Mavzu: muhammad saloh haqida!!!
Mavzu fayllari (0)
1. wmotash_akooo (M) (134) [off] |TXT| 19|24 Aug 2018, 04:30
1992 yilning 15 iyun kuni Iskandariyadan uncha uzoq bo‘lmagan Narig qishlog‘ida dunyoga keldi.

Uydagi eski rangsiz televizorda kamdan-kam holatlarda olib berilgan o‘yinlarda — Ronaldo, Totti, Zidan kabi futbol yulduzlari harakatlaridan hayratlangan Saloh o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan faqat 7 yoshga to‘lgandagina shug‘ullanishni boshladi. Qishloqda futbol to‘pi bo‘lmaganligi sabab, u do‘stlari bilan ko‘pchilikka tanish usul — paypoqdan to‘p yasab, futbol o‘ynardi.

Hozirda Salohda hammasi o‘z o‘rnida, aytish lozim bo‘lsa — barchasi ajoyib. U "Liverpul"ning bosh yulduzi, chet tilini o‘rgandi, haftasiga 100 ming funt oladi. Bularning hammasi kambag‘al bolalik xotiralarini va Qohiraga borish uchun bir necha soat ketgan paytlarni unutishga yetadi.

Muhammad o‘zining eng sevimli inglizcha so‘zi "Love" (Sevgi) ekanligini aytgan. Va albatta, u aldamagan. Futbolchi atrofidagilarga hurmat ko‘rsatadigan va har doim mehribon bo‘lishga intiladigan qahramonga o‘xshaydi.

Saloh 2017 yilning noyabrida terma jamoa safida Kongoga qarshi o‘tgan (2-1) uchrashuvda dubl qayd etib, Misrning Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JChga borishini ta’minlagan kechada uning uyini o‘g‘ri ship-shiydon qilib ketadi.

Oradan bir necha kun o‘tib jinoyatchi topiladi va hibsga olinadi. Salohning otasi esa sudga ariza beradi.

O‘g‘ilning bu holatga munosabati esa hamma uchun birdek kutilmagan hol bo‘lib chiqdi. U darhol bu da’volardan voz kechishni so‘radi, o‘g‘ri bilan uchrashdi, unga pul berib, qo‘shimchasiga ish topishga yordam ham berdi. Hattoki, aybdor buni oqlolmagan taqdirda ham, Saloh uning uchun eng muhimini qila oldi: u insonga imkoniyat taqdim etdi.

Misrlik ishbilarmon Mamduh Abbos terma jamoa JChga chiqqanidan qattiq quvonib, Salohga hashamatli villa sovg‘a qilishni xohlab qoladi. Salohda faqatgina yangi uyni ekskursiya qilish uchun biror kunni tanlash qolgandi. Biroq, Muhammad buni darhol rad qildi. U Abbosga agar uni xursand qilishni istasa, shunchaki, Narig qishlog‘ini rivojlantirish uchun pul ajratishi mumkinligini bildirdi.

Saloh o‘zining jonajon qishlog‘i uchun qayg‘uradi. U pul o‘tkazmalari bilan chegaralanib qolmaydi, balki u yerda maktab, yopiq futbol maydoni qurib, sport zali uchun uskunalar sotib oldi.

Qishloq rahbari undan cheksiz minnatdor. "Saloh nafaqat qishlog‘imizni jahon xaritasida qayd etdi, shuningdek, u yana qishloq rivoji uchun pul bermoqda. U Baziun kasalxonasiga ventilyatsiyali xona, dori-darmonlar va tez tibbiy yordam mashinasi uchun pul xayriya qildi", — deydi qishloq rahbari Maxer Shetiya.

Saloh, shuningdek, yosh juftliklarga oila qurishi uchun pul ajratib yordam ham ko‘rsatib kelyapti.

Saloh Nagrigga juda ko‘p keladi. "U har Ramazonda uchib keladi va bolalarga sovg‘alar ulashadi. Qaytishi bilan hech qanday istisnosiz u odamlarga dastxat beradi, ular bilan suratga tushadi. Bolalikdan buyon u hech ham o‘zgarmagan", —deb hikoya qiladi uning bolalikdagi do‘sti Basyuni.

Oil Field Index Podcasts ko‘rsatuvi boshlovchisi Hotam Kadus quyidagicha tushuntiradi: "Salohga biror bir siyosatchi qilolmagan ish — Yaqin Sharqni birlashtirish nasib etdi. Marokashliklar, tunisliklar, saudiyaliklar, kuvaytliklar, ummon va amirliklarning barchasi uning ismi tushirilgan futbolka kiyishni istaydi. U 90 millionlik Misr xalqiga umid bermoqda. Bizda jiddiy iqtisodiy muammolar mavjud, deyarli har hafta terroristik hujumlar bo‘ladi. Saloh esa aholini qo‘llab-quvvatlaydigan va ularga umid baxsh etadigan yagona shaxsdir.

Muhammad 2013 yilda Magi ismli, ro‘mol o‘ragan muslima qizga uylanadi.

2014 yilda bu baxtiyor oilada chaqaloq yig‘isi yangrashni boshlaydi. London janubida dunyoga kelgan qizaloqqa otasi muqaddas shahar sharafiga Makka deb ism qo‘yadi.

Qahramonimizning bugungi kundagi ulkan o‘sishidan tashqari, yana bir qator yutuqlarini ham e’tirof etib o‘tishni lozim topdik.

Muhammad Saloh “Bazel” klubida 2013 yil Shveysariya chempioni, “Chelsi” bilan 2015 yilda premer liga va Angliya liga kubogi sohibi bo‘lgan, 2017 yilda Misr terma jamoasida, Afrika millatlari kubogida g‘alaba qozonib, oltin medal bilan taqdirlangan.:)
2. Asadbek24 (245) [off] |TXT| 19|24 Aug 2018, 08:49
Saloh hozir qaysi klubda o'ynayapti
1.5052777777778 soatdan so`ng qo`shdi...
Saloh hozir qaysi klubda o'ynayapti
3. Eseyj (187) [off] |TXT| 18|24 Aug 2018, 08:53
Liverpulda edi menimcha.
4. ForexTrader (94) [off] |TXT| 16|24 Aug 2018, 09:19
Ajoyib hujumchi hozir Liverpulda o'ynaydi.
2017-2018 yilgi chempionlar ligasida finalgacha yetib borgan. Ammo aynan finalda undan omad yuz o'girib yelkasidan jarohat olib maydonni erta tark etadi. Liverpul esa Real Madridga mag'lub bo'lib kumush medal sohibiga aylandi.
5. Kuchavoy (367) [off] |TXT| 15|24 Aug 2018, 10:09
Asadbek24, Angilya chepionati Levirpul jamoasida
6. wmotash_akooo (M) (134) [off] |TXT| 15|24 Aug 2018, 10:14
Asadbek24, Liverpolda :)
7. Kuchavoy (367) [off] |TXT| 15|24 Aug 2018, 10:16
2017-2018 yilning eng yaxshi tupurar bulgan muxamad saloh angilya piremer legasida oltin butsa bln taqdirlanadi
Ijobiy (1): otash_akooo,
8. wmotash_akooo (M) (134) [off] |TXT| 12|24 Aug 2018, 23:46
Kuchavoy, Yaqinda real madriddan xam taklif tushdi lekin bu taklifdi qabul qilmadi
9. wmNarzullo (817) [off] |TXT| 12|24 Aug 2018, 23:48
Salox kelajagi porloq futbolchi!
Ijobiy (1): otash_akooo,
10. hakker_n1 (70) [off] |TXT| 9|26 Aug 2018, 15:47
Shu reakga o'tganda zo'r ish bo'lardi
11. wmotash_akooo (M) (134) [off] |TXT| 7|26 Aug 2018, 21:49
hakker_n1, Uzi utishdi xoxlamadiyu
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2819
Mavzuga oid xabarlar soni: 11 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 Aug 2018, 21:49
uzmasters.ru Onlayn 13 (0/13)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru