Mavzu: Uchar avtomobil
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 9 March 2017, 17:45
Italdesign atelesi va Airbus kompaniyasi Jyeneva avtosalonida uchar avtomobil g'oyasini taqdim etdi. Pop. Up modeli ikkita almashtiriluvchi elektr modullariga ega, ular yer va havoda harakatlanishga xizmat qiladi.

Avtomobil asosida ikki kishiga mo'ljallangan salon-kapsuladir. «Kokon» karbondan tayyorlangan bo'lib, 2,6 metr uzunlik, 1,4 metr kenglik va 1,5 metrlik balandlikka ega. Parvozlar uchun modul kvadrokopterlarga o'xshab qilingan bo'lib, sakkizta qarama-qarshi tomonga qarab aylanuvchi parraklardan iborat. U 4,4 metrga besh metrlik hajmga teng.

Harakat rejimlarini o'zgartirish uchun maxsus tayyorlangan ilovadan foydalanish kifoya. Dasturga rejalashtirilgan yo'nalish haqida ma`lumotni kiritish kerak, shundan so'ng u harakatlanish uchun eng qulay usulni avtomatik tarzda aniqlab beradi. Bunda vaqt, safar uchun xarajatlar, tirbandlik va hokazolar hisobga olingan.

Ishlab chiqaruvchilarning g'oyasiga ko'ra, yo'l bo'ylab harakalanish yoki parvozlar uchun modullar kapsulaga yo'lovchilar bilan mustaqil ravishda keladi hamda o'rnatiladi, bu paytda ishlatilmay turgan qism esa quvvatlash stansiyasiga jo'naydi va «kokon»dan chaqirishlarini kutadi.

Modullar xuddi kapsuladek batareyalar majmuasi bilan jihozlangan. Avtomobil yer bo'ylab harakatlanganda ikki elektromotordan foydalanadi va soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Yurish zaxirasi 130 kilometrgacha masofani tashkil etadi. «G'ildiraklar»ni quvvatlantirish (maxsus stansiyada) 15 daqiqadan iborat.

Pop. Up parvozlar paytida 182 ot kuchiga ega bo'ladi hamda soatiga 100 kilometr tezlikka yetishi mumkin (uchish va qo'nish tik holda amalga oshiriladi). Parvoz maksimal masofasi 100 kilometrdan oshmaydi.

Uchar avtomobil qachon chiqarilishi va uning narxi haqida ma`lumot yo'q.

manba:

O‘zbekiston va jahon yangiliklari, eng so‘nggi tezkor xabarlar, qiziqarli maqola, intervyu, foto va video materiallar

O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar va xabarlar, jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat, soprt, tenologiyalarga oid qiziqarli maqolalar. Mashhurlar bilan intervyular

http://kun.uz/

2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 9 March 2017, 17:47
Женева автосалонидаги ақлбовар қилмас машиналар
Mavzuga oid videolavha:

http://xabardor.uz/jeneva-avtosalonidagi-aqlbovar-qilmas-mashinalar

Rasmlar :-)
6418ddcf35c791737a192f5486ecc537.jpg

Yuklangan: 588 marta (13.19KB)
fltf1.jpg

Yuklangan: 396 marta (62.53KB)
fltf2.jpg

Yuklangan: 306 marta (61.64KB)
fltf3.jpg

Yuklangan: 436 marta (38.86KB)
3. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 9 March 2017, 17:50
hali mukammal o'ylanmagan lekin meni 1 ta savol qiynayabdi: Bu avtomobillar rivojlangunga qadar aviahalkatlar yuzaga kelmasmikan?!
4. wm QaLQoN (664) [off] | TXT | 0| 9 March 2017, 18:01
BahhTeeUz (9 March 2017, 17:50):
hali mukammal o'ylanmagan lekin meni 1 ta savol qiynayabdi: Bu avtomobillar rivojlangunga qadar aviahalkatlar yuzaga kelmasmikan?!
Bahh Tee, o'zi yerda harakatlanishi natijasida qanchadan qancha halokatlar yuzaga kelgan. Endi havo da harakat qilish qandaydur bemanilik bu mani shaxsiy fikrim
5. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 9 March 2017, 18:03
QaLQoN (9 March 2017, 18:01):
Bahh Tee, o'zi yerda harakatlanishi natijasida qanchadan qancha halokatlar yuzaga kelgan. Endi havo da harakat qilish qandaydur bemanilik bu mani shax• • •
FaTXuLLa, bu avtomobilni odam boshqarmayabdi, robotga buyruq berilsa kerak bir-biriga yaqinlashmaslik haqida ammo hammada ham bu avtomobil bo'lguncha ko'p noxushliklar bo'lmasmikan degan savol qiynayabdi meni :-)
6. Poygachi (57) [off] | TXT | 0| 6 Oct 2017, 08:34
Bu avtomobilni rivjlantirib oldindagi to'sqlarni sezadigan sensir o'rnatib avtomobilni qisimlarni baquvvat qilib vazni yenglashtrsa avto halokatlar xafi kameyadi. Bu meni shaxsiy fikrim
7. Erkatoy (570) [off] | TXT | 0| 6 Oct 2017, 08:45
BahhTeeUz (9 March 2017, 18:03):
FaTXuLLa, bu avtomobilni odam boshqarmayabdi, robotga buyruq berilsa kerak bir-biriga yaqinlashmaslik haqida ammo hammada ham bu avtomobil bo'lguncha• • •
Bahh Tee, bu avtomobil taxsilar urniga uni har bir odam uzi uchun olishi shartmas chaqirasiz boradi va aytgan joyizga olib boradi. tvda shunaqa deyishdi. lekin uni birdan boshqarishni qanday urgansa bolarkan
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1033
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 6 Oct 2017, 08:45
Mavzuni ko'rishgan: 0 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 179 (0/179)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru