Mavzu: Uchar avtomobil (UMUMIY BO'LIM/Dunyo yangiliklari) BahhTeeUz (9 Mar 2017 17:45) Italdesign atelesi va Airbus kompaniyasi Jyeneva avtosalonida uchar avtomobil g'oyasini taqdim etdi. Pop. Up modeli ikkita almashtiriluvchi elektr modullariga ega, ular yer va havoda harakatlanishga xizmat qiladi.

Avtomobil asosida ikki kishiga mo'ljallangan salon-kapsuladir. «Kokon» karbondan tayyorlangan bo'lib, 2,6 metr uzunlik, 1,4 metr kenglik va 1,5 metrlik balandlikka ega. Parvozlar uchun modul kvadrokopterlarga o'xshab qilingan bo'lib, sakkizta qarama-qarshi tomonga qarab aylanuvchi parraklardan iborat. U 4,4 metrga besh metrlik hajmga teng.

Harakat rejimlarini o'zgartirish uchun maxsus tayyorlangan ilovadan foydalanish kifoya. Dasturga rejalashtirilgan yo'nalish haqida ma`lumotni kiritish kerak, shundan so'ng u harakatlanish uchun eng qulay usulni avtomatik tarzda aniqlab beradi. Bunda vaqt, safar uchun xarajatlar, tirbandlik va hokazolar hisobga olingan.

Ishlab chiqaruvchilarning g'oyasiga ko'ra, yo'l bo'ylab harakalanish yoki parvozlar uchun modullar kapsulaga yo'lovchilar bilan mustaqil ravishda keladi hamda o'rnatiladi, bu paytda ishlatilmay turgan qism esa quvvatlash stansiyasiga jo'naydi va «kokon»dan chaqirishlarini kutadi.

Modullar xuddi kapsuladek batareyalar majmuasi bilan jihozlangan. Avtomobil yer bo'ylab harakatlanganda ikki elektromotordan foydalanadi va soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Yurish zaxirasi 130 kilometrgacha masofani tashkil etadi. «G'ildiraklar»ni quvvatlantirish (maxsus stansiyada) 15 daqiqadan iborat.

Pop. Up parvozlar paytida 182 ot kuchiga ega bo'ladi hamda soatiga 100 kilometr tezlikka yetishi mumkin (uchish va qo'nish tik holda amalga oshiriladi). Parvoz maksimal masofasi 100 kilometrdan oshmaydi.

Uchar avtomobil qachon chiqarilishi va uning narxi haqida ma`lumot yo'q.

manba: http://kun.uz/ BahhTeeUz (9 Mar 2017 17:47) Женева автосалонидаги ақлбовар қилмас машиналар
Mavzuga oid videolavha: http://xabardor.uz/jeneva-avtosalonidagi-aqlbovar-qilmas-mashinalar
Rasmlar :-) BahhTeeUz (9 Mar 2017 17:50) hali mukammal o'ylanmagan lekin meni 1 ta savol qiynayabdi: Bu avtomobillar rivojlangunga qadar aviahalkatlar yuzaga kelmasmikan?! QaLQoN (9 Mar 2017 18:01) --Javob-- BahhTeeUz (9 Mar 2017 17:50): hali mukammal o'ylanmagan lekin meni 1 ta savol qiynayabdi: Bu avtomobillar rivojlangunga qadar aviahalkatlar yuzaga kelmasmikan?! ---------- Bahh Tee, o'zi yerda harakatlanishi natijasida qanchadan qancha halokatlar yuzaga kelgan. Endi havo da harakat qilish qandaydur bemanilik bu mani shaxsiy fikrim BahhTeeUz (9 Mar 2017 18:03) --Javob-- QaLQoN (9 Mar 2017 18:01): Bahh Tee, o'zi yerda harakatlanishi natijasida qanchadan qancha halokatlar yuzaga kelgan. Endi havo da harakat qilish qandaydur bemanilik bu mani shaxsiy fikrim ---------- FaTXuLLa, bu avtomobilni odam boshqarmayabdi, robotga buyruq berilsa kerak bir-biriga yaqinlashmaslik haqida ammo hammada ham bu avtomobil bo'lguncha ko'p noxushliklar bo'lmasmikan degan savol qiynayabdi meni :-) Poygachi (6 Oct 2017 08:34) Bu avtomobilni rivjlantirib oldindagi to'sqlarni sezadigan sensir o'rnatib avtomobilni qisimlarni baquvvat qilib vazni yenglashtrsa avto halokatlar xafi kameyadi. Bu meni shaxsiy fikrim Erkatoy (6 Oct 2017 08:45) --Javob-- BahhTeeUz (9 Mar 2017 18:03): FaTXuLLa, bu avtomobilni odam boshqarmayabdi, robotga buyruq berilsa kerak bir-biriga yaqinlashmaslik haqida ammo hammada ham bu avtomobil bo'lguncha ko'p noxushliklar bo'lmasmikan degan savol qiynayabdi meni :-) ---------- Bahh Tee, bu avtomobil taxsilar urniga uni har bir odam uzi uchun olishi shartmas chaqirasiz boradi va aytgan joyizga olib boradi. tvda shunaqa deyishdi. lekin uni birdan boshqarishni qanday urgansa bolarkan Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/8/1033/