Mavzu: Mail.ru Group yangi messenjerni ishga tushirdi
1. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 2| 25 May 2017, 23:58
Mail.ru Group yangi TamTam messenjerini ishga tushirdi. Bu haqda “Kommersant”ga tayanib, “RBK” xabar berdi.
U “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ini o‘tgan yilning iyulida ishga tushirilgan “OK Xabarnoma” messenjeri bazasi asosida yaratildi.
Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan yangi dasturni ishlab chiqarishga to‘rt oy vaqt ketgan. Foydalanuvchilar shaxsiy xabarlarda, guruh chatlarida muloqot qilishlari, GIF-animatsiyalar, shuningdek, suratlar, videoroliklar va audioyozishmalar yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. TamTam bilan nafaqat “Odnoklassniki”dagi do‘stlar bilan, balki foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga obuna bo‘lganlar bilan ham muloqot qilish mumkin.
Dastur asoschisi va rahbari Vladimir Kochetkovning ta’kidlashicha, dastur ishga tushirilishi bilan TamTam’ning kompyuterlar uchun ham versiyasi paydo bo‘ladi. U orqali audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Mail.ru Group ma’lumotlariga ko‘ra, TamTam’da “‘Odnoklassniki’dan ro‘yxatdan o‘tgan 290 million foydalanuvchining ma’lumotlari yaxlitlangan”.
Dasturning o‘zi bepul va reklamalarsiz bo‘ladi. Kochetkovning so‘zlariga ko‘ra, messenjerning asosiy jihati — “foydalanuvchilarda millionlab odamlar orasidan o‘z tanishini topish imkoniyati mavjud”.
.
Manba: Daryo.uz
Ijobiy (1): LoysonSity,
2. NIKA (33) [off] | TXT | 2| 26 May 2017, 00:03
Jarga xam mesenjr bormikana
3. Nodirali (M) (1720) [off] | TXT | 2| 26 May 2017, 00:06
NIKA (26 May 2017, 00:03):
Jarga xam mesenjr bormikana
NIKA, menimcha yöq.
Ijobiy (1): NIKA,
4. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 2| 26 May 2017, 00:08
NIKA (26 May 2017, 00:03):
Jarga xam mesenjr bormikana
NIKA, русда факат бизга ухшаганлар жавада юрибди :-)
Ijobiy (1): NIKA,
5. Poygachi (57) [off] | TXT | 2| 6 Oct 2017, 08:21
Java telefonlar yaxshi MB kamiroq ketadi anidroid ga qaraganda
6. Ayibxon (265) [off] | TXT | 2| 6 Oct 2017, 12:51
Bu dasturdan foydalanish bepul bo'ladimi. Qanday
7. walterhack (515) [off] | TXT | 2| 6 Oct 2017, 13:52
dasturga link bormi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1356
Mavzuga oid xabarlar soni: 14 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Nov 2017, 21:28
Mavzuni ko'rishgan: 2 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 125 (0/125)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru