Mavzu: DIQQAT: Facebook’da xavfli virus tarqalmoqda
1. XaCkEr JoN (M) (317) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 10:23
Mutaxassislar Facebook Messenger’da foydalanuvchilarni zararli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga majbur qilayotgan xavfni aniqladi. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriyasi” kompaniyasining blogida
ma’lum qilindi .
Huquqbuzarlar foydalanuvchining profiliga buzib kirib, uning do‘stlariga havola jo‘natadi. Havolani bosgan foydalanuvchi video sahifasiga, undan esa brauzer turiga qarab, tegishli “yolg‘on” saytga o‘tib qoladi.
Masalan, Windows operatsion tizimida Mozilla Firefox brauzerini ishlatadigan foydalanuvchilarga “Flash Player’ni yangilab ol” degan chaqiriq bilan zararli faylni yuklab olish tavsiya qilinadi.
Google Chrome foydalanuvchilarida esa ko‘rinishi YouTube’ga o‘xshab ketadigan, yuklanishdagi xatolikni ko‘rsatib turuvchi sayt paydo bo‘ladi. Xatolik ustiga bosishga harakat qilinganda, xavfli dastur yuklana boshlaydi.
Xabar berishlaricha, mazkur xavf Linux va Mac OS operatsion tizimi foydalanuvchilari orasida ham tarqalmoqda.
Manba: "daryo.uz"
Raxmat aytdi (1): TajRap,
2. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 10:30
Shundoq ham facebookga hamma narsa ma'lum
3. Gold (67) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 11:33
DIQQAT: Facebook’da xavfli virus tarqalmoqda!
.
Men facebook ga kirmayman :lol2:
Bemani mavzu
4. Ashurov (2636) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 11:35
Men esa kiraman deyarli har kun kerakli mavzu +++
5. Viruzbek (1186) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 11:37
Forumga yangiliklar grabberi ornataylik kamro mavzu ochiladi
Ijobiy (2): Akbarali, KomiLov,
6. PRAKUROR (81) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 12:07
fecebook juda xam ajoyib sayt lek xozir messeger iwlat mayapman kopm da iwlatardim qotgani uchun uchirib tawadim fecebook teldan qulay roq men uchun!
7. Dostonbek (348) [off] | TXT | 1| 8 Sep 2017, 12:17
foydali mavzu bolarkanku manaqa mavzu ochsa kimdrla shunixam korolmaydi bu ni bilmaganlar endi biladi extyot bolshadi endi foyda 60% :joyy: :zorr:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1820
Mavzuga oid xabarlar soni: 28 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Feb 2018, 16:03
Mavzuni ko'rishgan: 5 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 161 (0/161)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru