Mavzu: Yosh xaker Shri-Lanka prezidentining saytini buzib kiribdi (UMUMIY BO'LIM/Dunyo yangiliklari) XaCkEr JoN (30 Oct 2017 14:00) Shri-Lanka politsiyasi dushanba
kuni mamlakat rahbari Maytripala
Sirisenaning saytini buzib kirgan
va u yerda bitiruv imtihonlarini
kechiktirishga chaqiruvchi xabar
qoldirgan 17 yoshli
o'smirni qo'lga oldi, deb xabar
beradi Assoshieyted Press
agentligi.
"Biz xakerning hujumlarini
kuzatdik va bu nazorat uning
Kaduganavvadagi uyiga
borishimizga sababchi bo'ldi. Sayt
dam olish kuni hujumdan so'ng
ishlamay qoldi", — deydi mahalliy
politsiya vakili.
Xaker saytning asosiy sahifasini
o'chirib yuborgan va uning o'rniga
saytda mamlakat rahbaridan
maktablardagi yakuniy imtihon
kunini kechiktirishini yoki
iste`foga chiqishini talab qiluvchi
xabar qoldirgan.
Ismi oshkor etilmagan o'smir
kompyuter yordamida amalga
oshirgan jinoyati uchun hibsga
olindi. Xabar qilinishicha, uni 300
ming rupiy (2000 dollar)
miqdorida jarima, shuningdek, 3
yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Dushanba kuni Shri-Lanka
prezidentining rasmiy sayti qayta
ishga tushirildi.
manba kun.uz Ayibxon (30 Oct 2017 14:47) O' zo'rku. Bu bola o'ziga qatiq ishonvoribdi. Ashurov (30 Oct 2017 17:01) Vuxaxaxa :D :D, hacker ipisini yashirmaptida, proxe serverni(vpn) bilmas ekanmi?? menga o'xsha dono hacker ekanda)))) :D Doni (30 Oct 2017 17:08) bu ma'lumot 3 yil oldingiyu BAXABEK (30 Oct 2017 17:26) Davlat o'zi ishga oladi))) Jahongir (30 Oct 2017 21:21) O'xo u bolani masalasi hal :-D Xursandbek (30 Oct 2017 23:23) undan bunga nima foyda ekanee Armancheek (30 Oct 2017 23:45) Bir ko'ngilxushlik qibdida Xursandbek (30 Oct 2017 23:49) kayf qivoribdida 1ta hakerlik qilib uZaFaRaP (31 Oct 2017 10:13) Hakerlik hamani qo'lidan kemidi tembo'li u prizdent saytini buzibdi duxiga qoyil Abbos (31 Oct 2017 21:10) vapshe kachok bola ekan lekin. #5. Daxshat daromad topadi endi. Akbarali (31 Oct 2017 23:05) --Javob-- Ashurov (30 Oct 2017 17:01): Vuxaxaxa :D :D, hacker ipisini yashirmaptida, proxe serverni(vpn) bilmas ekanmi?? menga o'xsha dono hacker ekanda)))) :D ---------- Fruden, shuning uchun yoshlar itifoqi bir kunda topibdida :D Ashurov (31 Oct 2017 23:54) --Javob-- Akbarali (31 Oct 2017 23:05): Fruden, shuning uchun yoshlar itifoqi bir kunda topibdida :D ---------- Akbarali, Pasport ma'lumotlariga vpn o'tmaydi ))) Ayibxon (1 Nov 2017 08:58) --Javob-- BAXABEK (30 Oct 2017 17:26): Davlat o'zi ishga oladi))) ---------- BAXABEK, davlat unaqa hakerlarga ishonmaydi. Ishgamas ucho'tga deng. BAXABEK (1 Nov 2017 09:15) --Javob-- Ayibxon (1 Nov 2017 08:58): BAXABEK, davlat unaqa hakerlarga ishonmaydi. Ishgamas ucho'tga deng. ---------- Ayibxon, qamaldi didi)) shu bilan bitta xonaga o'tkizib qoyib ishni qildruradi)) ARMAGEDDON (1 Nov 2017 09:17) Unga ish tayyorda:D Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/8/2012/