Mavzu: Durov Rossiyada blockdan chiqish yo'li haqida
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 17| 13 Apr 2018, 19:51
Telegram asoschisi Pavel Durov Moskva shahar Taganka sudining Rossiya hududida messenjerni bloklash haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda u «VKontakte»dagi o'z sahifasida yozgan.

«Telegram bloklanishni chetlab o'tishning maxsus usullaridan foydalanadi, ular foydalanuvchilardan harakatlar talab qilmaydi, biroq VPN’siz servisga kirish 100 foizga kafolatlanmagan», - deya xabar bergan Durov.

Uning so'zlariga ko'ra, messenjer servislari bloklanishning ilk soatlarida sekin ishlashi mumkin. Durov aloqa bilan muammolar paydo bo'lganida, Telegram’ni o'chirib yubormaslik yoki qayta o'rnatmaslik, shuningdek, messenjerni o'z vaqtida yangilab borish haqida tavsiya berdi.

«Bloklanganiga qaramay, Telegram rossiyalik barcha foydalanuvchilarga bildirishnomalarni markazlashtirilgan holda yuborish imkoniyatini saqlab qolib, vaziyat rivoji haqida xabardor etib boradi», - deya qo'shimcha qilib o'tdi Durov.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
2. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 16| 13 Apr 2018, 20:55
Nima sababdan bloklar ekan hackerlik hujumi bormikan
3. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 15| 13 Apr 2018, 20:59
Prince_Abdul (13 Apr 2018, 20:55):
Nima sababdan bloklar ekan hackerlik hujumi bormikan
Prince_Abdul, rossiyada nazorat mavjud emas ya'ni xabarlarni o'qiy olmayabdi. Durov esa bunga yo'l ochib bermaganligi sababli menimcha :-)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): Prince_Abdul,
4. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 10| 13 Apr 2018, 23:50
VPNsiz ??? Manashu yeriga tushunmadimda...
5. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 9| 13 Apr 2018, 23:54
Tayotabek (13 Apr 2018, 23:50):
VPNsiz ??? Manashu yeriga tushunmadimda...
Tayotabek, aylanib o'tish!
Raxmat aytdi (1): Tayotabek,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2549
Mavzuga oid xabarlar soni: 5 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 Apr 2018, 23:54
Mavzuni ko'rishgan: 17 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 236 (0/236)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru