Mavzu: Durov Rossiyada blockdan chiqish yo'li haqida (UMUMIY BO'LIM/Dunyo yangiliklari) BahhTeeUz (13 Apr 2018 19:51) Telegram asoschisi Pavel Durov Moskva shahar Taganka sudining Rossiya hududida messenjerni bloklash haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda u «VKontakte»dagi o'z sahifasida yozgan.

«Telegram bloklanishni chetlab o'tishning maxsus usullaridan foydalanadi, ular foydalanuvchilardan harakatlar talab qilmaydi, biroq VPN’siz servisga kirish 100 foizga kafolatlanmagan», - deya xabar bergan Durov.

Uning so'zlariga ko'ra, messenjer servislari bloklanishning ilk soatlarida sekin ishlashi mumkin. Durov aloqa bilan muammolar paydo bo'lganida, Telegram’ni o'chirib yubormaslik yoki qayta o'rnatmaslik, shuningdek, messenjerni o'z vaqtida yangilab borish haqida tavsiya berdi.

«Bloklanganiga qaramay, Telegram rossiyalik barcha foydalanuvchilarga bildirishnomalarni markazlashtirilgan holda yuborish imkoniyatini saqlab qolib, vaziyat rivoji haqida xabardor etib boradi», - deya qo'shimcha qilib o'tdi Durov. Prince_Abdul (13 Apr 2018 20:55) Nima sababdan bloklar ekan hackerlik hujumi bormikan BahhTeeUz (13 Apr 2018 20:59) --Javob-- Prince_Abdul (13 Apr 2018 20:55): Nima sababdan bloklar ekan hackerlik hujumi bormikan ---------- Prince_Abdul, rossiyada nazorat mavjud emas ya'ni xabarlarni o'qiy olmayabdi. Durov esa bunga yo'l ochib bermaganligi sababli menimcha :-) Tayotabek (13 Apr 2018 23:50) VPNsiz ??? Manashu yeriga tushunmadimda... BahhTeeUz (13 Apr 2018 23:54) --Javob-- Tayotabek (13 Apr 2018 23:50): VPNsiz ??? Manashu yeriga tushunmadimda... ---------- Tayotabek, aylanib o'tish! Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/8/2549/