Mavzu: Tiriklay ko‘milgan chaqaloq tirik qoldi
1. Нарзулло (M) (1108) [off] | TXT | 28| 16 Aug 2018, 08:10
Bu fojiali manzara Braziliyada namoyon bo‘ldi. Xatolik tufayli tiriklay ko‘mib tashlangan chaqaloq 8 soat yer ostida yotsa-da, o‘lmagan. Umridan bor ekan, yashashdek baxt unga yana nasib etdi…


O‘sha atrofdan ikki politsiyachi o‘tib ketayotgandi. Negadir ularning qulog‘iga chaqaloq ingrashi, yig‘isi eshitilgandek tuyulaverdi. Diqqat bilan quloq tutishsa, tovush yer ostidan kelayotgan ekan. Jonholatda o‘sha joyni kovlay boshlashdi. Taxminan 50 santimetrcha kovlashgach, matoga o‘rab tashlangan qiz chaqaloq yotganiga guvoh bo‘lishdi. Qizaloqning tanasida jarohat izlari ko‘p edi. Shu sababli politsiyachilar chaqaloqni zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi. Qizaloq darhol intensiv terapiya bo‘limiga yotqizildi. Vrachlar aytishdiki, u yashab qolarkan.


Ana endi politsiya xodimlari chaqaloqning kimga tegishliligi bilan qiziqishdi. Haqiqat uzoq kutdirmadi. Ma’lum bo‘ldiki, chaqaloqni 15 yashar hali voyaga yetmagan qiz dunyoga keltirgan. O‘zining tan olib aytishicha, dard tutgan vaqt vannaxonada bo‘lgan. Bola tug‘ilgach, boshi bilan vanna ichiga tushgan va yig‘lashdan, tovush berishdan tiyilgan. Shuning uchun qiz farzandini o‘lgan deb o‘ylab, onasining maslahati bilan matoga o‘ragan holda yer ostiga ko‘mib tashlagan.


Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Johil ona qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ijobiy (1): Nraves,
2. Arey (1999) [off] | TXT | 27| 16 Aug 2018, 08:28
Exx. Yomon
3. Нарзулло (M) (1108) [off] | TXT | 27| 16 Aug 2018, 08:30
Arey (16 Aug 2018, 08:28):
Exx. Yomon
Arey, Ayniqsa onasi 15 yashar qizaloq dunyoga keltirganiga yomon bolgan.
4. MADERN (405) [off] | TXT | 26| 16 Aug 2018, 09:06
Exxx, juda yomon , hozirgi kunda 15 yoshli qizlar......., aytib bölmaydi
5. Ashurov (2636) [off] | TXT | 24| 16 Aug 2018, 09:56
Afsus!! kimdir farzandga zor, kimdir farzanddan bezor, Tovba
6. Besthakker (1772) [off] | TXT | 18| 16 Aug 2018, 14:01
bunaqa hayvonlar hozirda juda ko'p duch kelmoqda yaqinda bita kolej uquvchisi shunaqa qilib bolasini yul chetiga tashab ketgandi biroq kup utmasdan onaxam unga teggan bolanixam topdi
7. Antivirus (51) [off] | TXT | 14| 16 Aug 2018, 14:30
qoil hudoni ozi asragan bolani bomasa fotumda birorta odami komip korila tirik chiqmidi buni.sababi hamamizga malum gunohgor jazosini oladi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2774
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 Aug 2018, 14:30
Mavzuni ko'rishgan: 28 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru