1. Нарзулло (M) (1108) [off]
|
TXT |
52| 16 Aug 2018, 18:58
Kompyuterlar xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi «Cicco Talos» kompaniyasi mutaxassislari «Telegram» messenjerining kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qodir zararli dasturni aniqladi.
Ushbu dastur rus tilida so‘zlashuvchi «o‘lja»larga yo‘naltirilgan va anonimayzer xizmatlariga bog‘liq IP-manzillarni chetlab o‘tadi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Taxminlarga ko‘ra, dastur mualliflari «Racoon» va «Enot272» niki ostidagi rus tilida so‘zlashuvchi xakerlar bo‘lishi kerak.
«Tezkor tahlillarga tayanadigan bo‘lsak, «Racoon Hasker» rus tilida so‘zlashadi va «Python» dasturlash tilini juda yaxshi biladi. Masalan, foydalanuvchining uy katalogida CP-1251 kodlash sxemasi ishlatiladi, bu asosan rus yoki ukrain tillarida bajariladi», — deya ta’kidlaydi ekspertlar.
2018 yilning aprelida xaker «Telegram»ga ikki marta hujum uyushtirgan va kesh fayllarini, shuningdek, messenjerning shifr kalitlarini qo‘lga kiritgan. Ushbu kalitlar muntazam o‘zgarib turadi, shunday ekan xaker barcha foydalanuvchilar yozishmasini o‘qiy olmaydi.
«Telegram» keshida foydalanuvchilarning yozishmalari — hujjatlar, video va audioyozuvlar, suratlar saqlanadi. Zararli dastur messenjerning faqatgina kompyuterlarga mo‘ljallangan versiyasiga hujum qilmoqda.
«Telegram» ma’muriyati hozircha bu borada hech qanday ma’lumot bermadi.
4. Akbarali (2833) [off]
|
TXT |
52| 16 Aug 2018, 19:10
bu habarni taxminan ikki oy oldin o'qiganman bundan keyn taxminan telegramning kompyuter versiyasi ikki marta yangilandi.
.
.
.
.
Sah/xsiy fikr Menimcha telegramning offical versiyasidan emas IGram va shunga o'xshash dasturlardan kirganlarning profillari buzilgan
7. Tayotabek (1511) [off]
|
TXT |
29| 17 Aug 2018, 19:25
Masalan,
foydalanuvchining uy katalogida CP-1251
kodlash sxemasi ishlatiladi, bu asosan rus yoki
ukrain tillarida bajariladi», — deya ta’kidlaydi
ekspertlar.
.
.
Manashu yeriga tushunmadimda
uy kattaligida köd yoziladi ködlar rus tilida böladi deyilmoqdami? Ahir python lotin alfabitini qölaydiku