Kirish A`zo bo`lish
UMUMIY BO'LIM | Dunyo yangiliklari |
Mavzu: Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda!
Mavzu fayllari (0)
Mavzu BLACK_LION tomonidan yopilgan.
1. Janob Arey(M) (1869) [off] | TXT | 53| 22 Jan 2019, 22:09
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Amerikaning NASA aerokosmik agentligi Yerga yirik SP1 asteroidi yaqinlashayotganini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».Osmon jismining aniq o‘lchamlari hozircha noma’lum. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, uning uzunligi 70 dan 160 metrgacha bo‘lishi mumkin. Daily Express yozishicha, o‘z o‘lchamlari bo‘yicha asteroid BigBen (96 m) yoki London charxpalagi(135 m)ni ortda qoldirishi mumkin.SP1 soatiga 60 ming km tezlikda harakatlanmoqda. 3 oktyabr kuni u va Yer o‘rtasidagi masofa eng kichiknuqtaga yetadi — asteroid Yerdan 5,87 million km uzoqlikda uchib o‘tadi, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 15 barobar ko‘p demakdir.
Oxirgi o'zgarish: Janob Arey (22 Jan 2019, 22:10)
2. Aligarx2018 (14) [off] | TXT | 51| 22 Jan 2019, 22:12
Men yerga uchib kelyaptimikan deb o'ylabman
3. wmRM_FANAT (810) [off] | TXT | 51| 22 Jan 2019, 22:19
Men bu gapni ertalab Maktabda o'rtoqlarimdan eshitdim, eshitishim bo'yicha bu asteroid 1-fevralda yerga tusharmish :D
4. Beruniy_no1 (107) [off] | TXT | 50| 22 Jan 2019, 22:56
Uni urip yuborsa bolmasmikan
####################$$$
Apofis asteroidi 2068-yilda Yerga qulashi mumkin.

Peterburg davlat universiteti osmon mexanikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan hisobotda ana shunday xulosaga kelingan.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2029-yilning 13-aprelida ushbu samoviy jismning Yer bilan o‘ta yaqinlashishi kuzatiladi. Ularning orasidagi masofa 38 ming kilometr bo‘ladi. Bu esa sayyoraga Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan o‘n baravar yaqinroq deganidir.

2068-yildagi to‘qnashish ehtimoliga qadar, hisob-kitoblarga ko‘ra 325 metr kattalikdagi Apofis asteroidi 2044-yilda Yerga 16 million, 2051-yilda 760 ming, 2060-yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi.

Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan hamda Qadimgi Misr jahl va buzg‘unchilik Xudosi sharafiga nomlangan.

Olimlarning qayd etishicha, 2029-yildagi yaqinlashuvdan so‘ng asteroid o‘z orbitasini o‘zgartirishi va keyingi qaytishida Yer bilan to‘qnashishi mumkin.
5. wmBlackCat (726) [off] | TXT | 50| 22 Jan 2019, 22:59
Internetda shu xabar kopayayip ketdi. Oldindan nima bolishi hechkim bilmedi. Shunchaki taxmin qilish mumkin. Endi tinchilik bolsin deb tilanamiz)
6. MsMuBiNa (1) [off] | TXT | 49| 22 Jan 2019, 23:03
muni faqat ollox biladi yaratgani uzi asrasin yerni
7. Beruniy_no1 (107) [off] | TXT | 48| 22 Jan 2019, 23:09
Bu asteroyit yerga qanchalik haf tugduradi yaniy u yerga urulsa qancha talofat keltirishi mumkin kim malumotga ega
8. Tayotabek(1422) [off] | TXT | 40| 23 Jan 2019, 00:37
31 fevralda tushishi mumkin. Ammo 1da emas. Umuman bölmagan gap. Bir vaqtlar ham shunday gap chiqan edi. Agar rostdan ham shunday bölsa nasa bunga qarab turmaydi. Xullas öylashni xojati yöq:-)
9. AloFmGroup (73) [off] | TXT | 40| 23 Jan 2019, 00:39
O'lchami kichik bogani bilan tezligi yuqori bu degani kinetik energiyasi katta.
Menimcha bu asteroid unchalik xavflimas. Lekin 2068 dagisi xatarliroq ekan.
10. Tayotabek(1422) [off] | TXT | 38| 23 Jan 2019, 00:49
2068gacha xali nima gap nima söz... Texnikalar ungacha xexe böb ketadi + xali ungacha yölini özgartirar..
11. SAMRIDDIN (1) [off] | TXT | 38| 23 Jan 2019, 00:52
Yer yo'q qilib yubormasin ey tushmasinda
12. ISLOMMMM (52) [off] | TXT | 37| 23 Jan 2019, 01:08
Odamzodga nimalar bo'lyaptiey shuchalar ongsiz bulishadimi yo'q narsalarga shunchalar boshini qotirishadimi men xagronman hali yuq narsaga shuncha g'alva :(:(
13. wmAsil4ek(1500) [off] | TXT | 33| 23 Jan 2019, 07:38
Ux Ti! 2012 yilda yerda hayot tugaydi - degan kinodan lavha bo'bdi
14. Facebook (144) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 08:30
Asil4ek (23 Jan 2019, 07:38):
Ux Ti! 2012 yilda yerda hayot tugaydi - degan kinodan lavha bo'bdi
Asil4ek, Ha. Kinoni ko'rgandim yer 90° ga aylanib ketti. :)
15. wmAsil4ek(1500) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 08:39
Facebook, Hayot tugaydi degan gaplarga quloq solmang. Bu haqda faqat Respublika habar beradi. Qolganlar PpP
16. Kungaboqar (828) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 08:45
Janob Arey (22 Jan 2019, 22:09):
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Amerikaning NASA aerokosmik agentligi Yerga yirik SP1 asteroidi yaqinlashayotganini ma’lum qildi,• • •
Arey, Manba qaysi sayt
17. wmAsil4ek(1500) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 08:49
Kungaboqar, Manba: lofchimish-mishlari.uz va giybatlar.uz
.
UzM kerak deb har nimaga mavzu ochish shunaqa bo'ladi
Ijobiy (1): REYXAN,
18. Kungaboqar (828) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 08:54
Asil4ek (23 Jan 2019, 08:49):
Kungaboqar, Manba: lofchimish-mishlari.uz va giybatlar.uz
.
UzM kerak deb har nimaga mavzu ochish shunaqa bo'ladi
Asil4ek, U saytlar yogu yoki boshqacha manoda yozdizmi?
19. wmAsil4ek(1500) [off] | TXT | 27| 23 Jan 2019, 09:00
Kungaboqar, Manbasini bilsez nima qilas? Men shunmadim. Bu piyar, yolg'onligi aniqku? Davlat saytlari bunaqa narsa tarqatmaydi ham
Ijobiy (1): Kungaboqar,
20. Zirapcha (11) [off] | TXT | 22| 23 Jan 2019, 10:19
Bu olimlar qayeriga qarab fol ochishadi e :kozz:
12>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3068
Mavzuga oid xabarlar soni: 27 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Jan 2019, 11:01
uzmasters.ru Onlayn 61 (8/53)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru