Mavzu: Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda!
Mavzu BahhTeeUz tomonidan yopilgan.
1. Arey (M) (1999) [off] | TXT | 54| 22 Jan 2019, 22:09
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Amerikaning NASA aerokosmik agentligi Yerga yirik SP1 asteroidi yaqinlashayotganini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».Osmon jismining aniq o‘lchamlari hozircha noma’lum. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, uning uzunligi 70 dan 160 metrgacha bo‘lishi mumkin. Daily Express yozishicha, o‘z o‘lchamlari bo‘yicha asteroid BigBen (96 m) yoki London charxpalagi(135 m)ni ortda qoldirishi mumkin.SP1 soatiga 60 ming km tezlikda harakatlanmoqda. 3 oktyabr kuni u va Yer o‘rtasidagi masofa eng kichiknuqtaga yetadi — asteroid Yerdan 5,87 million km uzoqlikda uchib o‘tadi, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 15 barobar ko‘p demakdir.
Oxirgi o'zgarish: Arey (22 Jan 2019, 22:10)
2. Aligarx2018 (14) [off] | TXT | 52| 22 Jan 2019, 22:12
Men yerga uchib kelyaptimikan deb o'ylabman
3. RM_FANAT (1035) [off] | TXT | 52| 22 Jan 2019, 22:19
Men bu gapni ertalab Maktabda o'rtoqlarimdan eshitdim, eshitishim bo'yicha bu asteroid 1-fevralda yerga tusharmish :D
4. Beruniy_no1 (141) [off] | TXT | 51| 22 Jan 2019, 22:56
Uni urip yuborsa bolmasmikan
####################$$$
Apofis asteroidi 2068-yilda Yerga qulashi mumkin.

Peterburg davlat universiteti osmon mexanikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan hisobotda ana shunday xulosaga kelingan.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2029-yilning 13-aprelida ushbu samoviy jismning Yer bilan o‘ta yaqinlashishi kuzatiladi. Ularning orasidagi masofa 38 ming kilometr bo‘ladi. Bu esa sayyoraga Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan o‘n baravar yaqinroq deganidir.

2068-yildagi to‘qnashish ehtimoliga qadar, hisob-kitoblarga ko‘ra 325 metr kattalikdagi Apofis asteroidi 2044-yilda Yerga 16 million, 2051-yilda 760 ming, 2060-yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi.

Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan hamda Qadimgi Misr jahl va buzg‘unchilik Xudosi sharafiga nomlangan.

Olimlarning qayd etishicha, 2029-yildagi yaqinlashuvdan so‘ng asteroid o‘z orbitasini o‘zgartirishi va keyingi qaytishida Yer bilan to‘qnashishi mumkin.
5. BlackCat (743) [off] | TXT | 51| 22 Jan 2019, 22:59
Internetda shu xabar kopayayip ketdi. Oldindan nima bolishi hechkim bilmedi. Shunchaki taxmin qilish mumkin. Endi tinchilik bolsin deb tilanamiz)
6. MsMuBiNa (1) [off] | TXT | 50| 22 Jan 2019, 23:03
muni faqat ollox biladi yaratgani uzi asrasin yerni
7. Beruniy_no1 (141) [off] | TXT | 49| 22 Jan 2019, 23:09
Bu asteroyit yerga qanchalik haf tugduradi yaniy u yerga urulsa qancha talofat keltirishi mumkin kim malumotga ega
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3068
Mavzuga oid xabarlar soni: 27 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Jan 2019, 11:01
Mavzuni ko'rishgan: 58 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 244 (0/244)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru