UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda!
Mavzu fayllari
(0)
Uni urip yuborsa bolmasmikan ####################$$$ Apofis asteroidi 2068-yilda Yerga qulashi mumkin. Peterburg davlat universiteti osmon mexanikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan hisobotda ana shunday xulosaga kelingan. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2029-yilning 13-aprelida ushbu samoviy jismning Yer bilan o‘ta yaqinlashishi kuzatiladi. Ularning orasidagi masofa 38 ming kilometr bo‘ladi. Bu esa sayyoraga Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan o‘n baravar yaqinroq deganidir. 2068-yildagi to‘qnashish ehtimoliga qadar, hisob-kitoblarga ko‘ra 325 metr kattalikdagi Apofis asteroidi 2044-yilda Yerga 16 million, 2051-yilda 760 ming, 2060-yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi. Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan hamda Qadimgi Misr jahl va buzg‘unchilik Xudosi sharafiga nomlangan. Olimlarning qayd etishicha, 2029-yildagi yaqinlashuvdan so‘ng asteroid o‘z orbitasini o‘zgartirishi va keyingi qaytishida Yer bilan to‘qnashishi mumkin.
Yuklab olish
Onlayn 234 (0/234)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa