UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Ravon Nexia (version 3)
Mavzu fayllari
(0)
Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Askar Maminga ishlab chiqarish obyektlariga tashrifi doirasida Ravon avtomobilining yangi modeli — Ravon Nexia ko‘rsatildi. Qo‘stanayda uni o‘zbekistonlik sheriklar bilan yig‘ish rejalashtirilmoqda, deyiladi xabarda. “Bu Qozog‘istondagi eng arzon avtomobil bo‘ladi”, — dedi Allur Avto DK direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev. Uning narxi 2,6 million tenge (taxminan 23 800 000 so‘m)ga teng bo‘ladi. Lavrentyev aytishicha, Qo‘stanayda Ravon yirik tugunli uslubda yig‘ila boshlaydi: butlovchi qismlar O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgacha bo‘ladi. Birinchi Ravon avtomobilini chiqarish sanasi aniq emas, ammo zavoddagilar ta’kidlashicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma korxonasi haqida bir nechta hujjatni imzolash qolgan, xolos.
Yuklab olish
Onlayn 195 (0/195)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa