Mavzu: Habib Nurmagomedov Humo Arena
1. wmНарзулло(M) (1112) [off] | TXT | 14| 27 May 2019, 15:37
UFC jangchisi Habib Nurmagomedov yangi ochilgan sport majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda rossiyalik o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar berdi .
UFC chempioni O‘zbekistonda barpo etilgan yangi sport majmuasining suratlarini ijtimoy tarmoqqa joylashtirdi. Shuningdek, Humo Arena’da aralash kurash qoidalari bo‘yicha jang uyushtirishni taklif qildi.
Habib sport majmuasi ichiga kirib, undagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va tasvirga oldi. Shu bilan Nurmagomedovning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi va u taklif uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Jangchi tez orada yana uchrashishga umid bog‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 26-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Nurmagomedov Instagram’dagi sahifasiga O‘zbekiston Prezidenti kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan birga tushgan suratini joylagandi va ushbu suratga: “Mehmondo‘stlik uchun katta rahmat, Oybek Tursunov va Otabek Umarov. Toshkent salqin, lekin hechqisi yo‘q iftorda issiqqina Samarqand palovi yeb isinib olamiz”,— deya izoh qoldirgandi.
Bundan tashqari O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi bo‘lgan Otabek Umarov taniqli jangchi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani haqida xabar berilgandi .
2. zamonaviylar (50) [off] | TXT | 10| 27 May 2019, 17:05
Uyoq buyog'i bekor habib nurmugammedov ufc ni hozirda n1 bo'lip turgan odami
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3380
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 06:30
Mavzuni ko'rishgan: 14 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 95 (7/88)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru