Mavzu: Futbol Yangiklari
71. Muxamad (225) [off] | TXT | 14| 9 Jul 2018, 20:38
TALABLARGA BINOAN "Barcelona"ning yozda o'ynaydigan o'rtoqlik o'yinlari
news_948.jpg

Yuklangan: 281 marta (81.71KB)
72. Ashurov (2636) [off] | TXT | 12| 9 Jul 2018, 21:42
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Shime Vrsalko JCh-2018 chorak finalida Rossiya bilan uchrashuvda (2:2, 4:3 - pen) jarohat olgan edi.
Marca xabariga ko'ra, "Atletiko"ning 26 yoshli futbolchisining chap tizzasi lat yegan va u Angliyaga qarshi yarim final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
73. WaP_MaSTeR (1363) [off] | TXT | 11| 10 Jul 2018, 07:40
Madridning "Real" klubi forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh “qirollik klubi” rahbariyatini tez orada mijoziga "Yuventus"dan rasmiy taklif bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar tez orada 33 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi borasida “Real”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq madridliklar prezidenti Florentino Peres Ronalduni 130 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormasligi haqida aytib o‘tgan edi.
74. Ashurov (2636) [off] | TXT | 11| 10 Jul 2018, 07:45
Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales rasman Luis Enrike mamlakat terma jamoasida ish boshlagani haqida e'lon qildi.
Shartnoma muddati ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, Enrike bu vaqtda Yevro-2020 va millatlar kubogi musobaqasida ishlay oladi.
Ma'lumot uchun, Luis Enrike “Barselona”ni 2016/17 yil mavsumida tark etgandi.
75. Muxamad (225) [off] | TXT | 10| 10 Jul 2018, 09:45
Rasman: «Barselona» 21 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi



«Barselona» klubi «Gremio» futbolchisi Artur Ramos bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Tomonlar mart oyida ushbu transfer borasida kelishuvga erishishgandi. Bugungi kunga kelib ular kelishuvni rasmiylashtirishdi.«Barselona» Artur Ramos bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi uchun braziliyaliklarga 31 million evro to'lashadi. Qo'shimcha bonuslar sifatida yana 9 million evro to'lanishi ham ko'zda tutilgan
76. Muxamad (225) [off] | TXT | 10| 10 Jul 2018, 09:51
«Arsenal» urugvaylik futbolchini sotib oldi



“Sampdoriya” yarim himoyachisi Lukas Torreyra “Arsenal”ga o'tishi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Jahon chempioantidan so'ng jamoadoshlarim oldiga borishni xohlardim lekin, bunday imkoniyatni qo'ldan boy berolmayman.
Yoshligimda Urugvaydan Italiyaga ko'chib o'tgnimda ahvolim yaxshi emasdi. Men bu imkoniyat futbolchi sifatida o'sishimga va oilamga yordam bo'lishini bilgandim”, - deydi Torreyra.
Tez kunlarda 22 yoshli futbolchi “to'pchchilar” uchun tibbiy ko'rigdan o'tadi.
Mazkur transferning narhi 30 mln evroga baholandi.
77. Muxamad (225) [off] | TXT | 13| 10 Jul 2018, 10:42
Buffon Ronalduning Turinga kelishi haqida: «Yuventus»ga yangi kumirlar kerak»


«Pari Sen-Jermen»ning yangi darvozaboni Janluiji Buffon «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o'tishi mumkinligiga munosabat bildirdi.
Ronalduni «Yuventus»da ko'rsam, ajablanmayman. Bundan faqat xursand bo'laman, chunki klubga hozir aynan u kerak. «Yuventus» yangi kumirlarga muhtoj»,- deya Buffonning so'zlaridan iqtibos keltirdi Marca.
Italyan OAV xabariga ko'ra, «Real» portugaliyalik yulduzning Turinga ketganini bugun elon qilishi kutilmoqda
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru