Mavzu: Futbol Yangiklari
85. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 18:16
«Real»ning yangi bosh murabbiyi Ronalduni qolishga ko'ndirolmagan



«Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Krishtianu Ronaldu jamoada qolishini istagandi.
Chiringuito de Jugones malumotiga ko'ra, Lopetegi portugaliyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilgan, ammo futbolchi o'z sabablarini keltirib, ketishini malum qilgan. Murabbiy va Ronaldu bir to'xtamga kela olishmagan.
Bundan avvalroq portugaliyalik futbolchi «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida malum bo'lgandi.
Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan, ushbu shartnomaga ko'ra futbolchi yiliga 30 million evrodan maosh oladi.
Ayni vaqtda «Yuventus» futbolchi uchun 100 million evro taklif qilmoqda, ammo Madrid jamoasi futbolchisini 130 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
4.6333333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
«Yuventus» prezidenti Ronaldu bilan uchrashish uchun Gretsiyaga yo'l oldi



“Yuventus” prezidenti Andrea Anelli “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shaxsan uchrashadi.
Anelli bugun portugaliyalik futbolchi bilan transfer shartlarini kelishib olish uchun Gretsiyaga yo'l oldi.
Hozirda, Ronaldu Gretsiya oila a'zolari bilan Gretsiyada hordiq chiqarmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Anelli shaxsiy samolyotida Piza aeraportidan Gretsiyaga jo'nab ketgan. Ronaldu “keksa sinora” prezidenti bilan Kalamata shahrida uchrashadi.
Ma'lum bo'lishicha, kelushuv bugun amalga oshishi ham mumkin.
86. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 19:08
«Valensiya» yangi futbolchisini ommaga e'lon qildi



“Selta” yarim himoyachisi Daniel Vass faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi.
29 yoshli futbolchi “Valensiya” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma bandiga ko'ra, Vassning tovon puli 80 mln evro deb belgilangan.
Ma'lumot uchun, Vass “Selta”da 3 mavsum o'ynadi joriy mavsum u La Ligada 35 ta o'yin o'tkazib 4 gol mualiffiga aylandi.
87. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 19:14
Ronaldu Allegriga nega qo‘ng‘iroq qildi?



Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lajak jamoasi - “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan telefon orqali gaplashdi va kutilayotgan transfer masalasini muhokama qildi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatganxabarga ko‘ra Allegri Ronaldu bilan jumakuni “Yuventus” prezidenti Andre Anelli bilan ushbu masalani muhokama qilish uchun Turinga kelganda gaplashgan.
Aytish lozimki, ushbu qo‘ng‘iroq futbolchining vakillari tomonidan amalga oshirilgan.
Ayni damda “Yuventus”dagilar “Real”ga rasmiy taklif yuborishi uchun Ronalduning “qirollik klubi”dan ketishga qaror qilgani haqidagi javobni kutishmoqda.
Xabarlarga qaraganda bugun Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Real” rahbariyati bilan ushbu transfer yuzasidan so‘nggi muzokaralarni o‘tkazadi.
88. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 19:20
«Real» rahbariyati Modrich, Kovachich va Varanga omad tiladi



«Real» klubi tvitter sahifasida Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachilari Luka Modrich va Mateo Kovachich, shuningdek, Fransiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varanga jahon chempionati yarimfinalida omad tiladi. Har uchalasi ham Qirollik klubi sharafini himoya qiladi.
«Jahon chempionati yarimfinalida omad, yigitlar!» - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, FranTsiya yarimfinalda Belgiya bilan, Xorvatiya esa Angliya bilan bellashadi.
89. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 19:40
"Barcelona"ga Pavon kerak bo'lsa 42,5 million to'lashi kerak



Kataloniyaning "Barcelona" klubi Pavonga ancha vaqtdan buyon qiziqish bildirib kelmoqda.
"Boca Juniors" 22 yoshli futbolchisi Cristian Pavonga "ko'k-anor ranglilar" qiziqayotgani haqida eshitib, uning narxini 42,5 million yevrogacha ko'tardi.
Pavon jahon chempionati bahslarida Argentina uchun barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi va Gaitiga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng Leo o'ziga yangi sherik topgani, u tezkor va juda ajoyib futbolchi ekanligi haqida aytgan edi.
90. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 19:58
Ronaldu ertaga "Yuventus" futbolchisiga aylanadi



"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga ertaga "Yuventus" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Transfer turinliklarga 100 mln evroga tushadi, bu haqida jurnalist Xose Pedrerol aytib o'tmoqda. Rasman futbolchining "Yuventus"ga o'tgani ertaga e'lon qilinadi, madridliklar "Yuve"ning taklifini qabul qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Yuventus" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 30 mln evro maosh oladi.
91. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 21:45
Rasman: «Real» Ronalduning «Yuventus»ga transferini tasdiqladi



«Real» Krishtianu Ronalduni «Yuventus»ga sotayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqdagi malumot bir vaqtda ham madridliklar, ham turinliklar klubi saytida elon qilingan.
«Real» hamisha sening uying bo'lib qoladi», — deyilgan «qaymoqranglilar» klubi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalgi xabarlarda, Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani, unga ko'ra futbolchi yiliga 30 million evro maosh olishi aytilgandi.
Ushbu 33 yoshli portugaliyalik futbolchi transferi uchun turinliklar 105 mln evro to'laydi.
33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2009 yili «Manchester Yunayted»dan «Real»ga kelgandi. O'shanda madridliklar futbolchi uchun rekord darajadagi 93 million evroni to'lashgan.
Ispan klubida Ronaldu jami 15 sovrin yutdi.
Jumladan, u 4 marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan, ikki marta Ispaniya chempionati g'olibi bo'lgan, ikki marta Ispaniya Kubogida, ikki marta Ispaniya Superkubogida, ikki marta UEFA Superkubogida, 3 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan.
Ronaldu «Real» safida jami 438 o'yin o'tkazib, 450 gol urgan. U bu borada klub rekordchisidir.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru