Mavzu: Futbol Yangiklari
92. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 10 Jul 2018, 21:54
"Yuventus" Ronalduning tanishtiruv marosimini qachon o‘tkazmoqchi?


Xabaringiz bor Turinning "Yuventus" klubi bundan biroz avval "Real" forvardi Krishtianu Ronalduni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi.
Xabarlarga qaraganda keksa sinora 33 yoshli portugaliyalik futbolchining rasmiy tanishtiruv marosimini yaqinlashib kelayotgan shanba kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 9 yillik faoliyatidan so‘ng "Real"ni tark etdi
93. Muxamad (225) [off] | TXT | 7| 10 Jul 2018, 22:19
192 so'z. Ronaldu «Real» bilan xayrlashuv maktubini elon qildi


Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etishi munosabati bilan ochiq xat yo'lladi. Ushbu xat matni 192 so'zdan iborat. Quyida ushbu maktubni to'la holda havola etiladi.
Madrid shahrida «Real» jamoasida o'tgan yillar, ehtimol, umrimning eng baxtli damlari bo'ldi.
Bu klubga, bu damlarga va bu shaharga nisbatan qalbimda faqat ulkan minnatdorchilik hissi bor. Men ularning hammasiga mehr va sadoqatlari uchun tashakkur izhor etaman.
Shunday bo'lsa-da, hayotimda yangi bosqichga qadam qo'yish vaqti keldi, deb hisoblayman. Shuning uchun ham klubdan meni transferga qo'yishlarini so'radim. Hissiyotlarim shunday yo'l tutishga undadi. Hammadan, ayniqsa muxlislarimizdan meni to'g'ri tushunishlarini iltimos qilaman.
Maydonda va kiyinish xonasida juda ajoyib jamoadoshlar davrasida bo'ldim. Ularning orasida yoqimli iliqlikni his etib o'ynadim. Biz ketma-ket uch marta chempionlikka erishdik, besh yilda to'rt marta g'olib bo'ldik. Ularning yordami bilan shaxsiy sovrinlar, 4ta «Oltin to'p» va 3ta «Oltin butsa» sovrinlarini yutganimdan qoniqish tuyg'usini sezyapman. Bu erdaligimda doim buyuk va o'ziga xos klubda ekanimni bilib turardim.
«Real Madrid» nafaqat mening, balki oilamning ham qalbidan joy olgan. Shuning uchun ham hozir har doimgidan ko'proq rahmat aytmoqchiman: klubga, prezidentga, direktorlarga, jamoadoshlarimga, barcha texnik xodimlarga, shifokorlarga, fizioterapevtlar va klubning eng mayda yumushlarini ham hormay-tolmay bajarib kelayotgan barcha-barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Muxlislarga cheksiz tashakkurlarim. Ispaniya futboliga ham rahmat. 9 yil davomida buyuk futbolchilarga qarshi to'p surdim. Ularning barchasiga hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Men uzoq o'ylab, yangi davr boshlanadigan payt kelganini tushundim. Men ketyapman, biroq qaerda bo'lsam ham, bu futbolka, bu maydon va «Santyago Bernabeu» xuddi o'zimnikidek bo'lib qolaveradi.
Barchaga rahmat. Stadionimizda bundan 9 yil muqaddam aytganimni yana bir bor takrorlayman: Hala Madrid!
4.8166666666667 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Paulo Dibala: "Xush kelibsan, Krishtianu!"


Xabaringiz bor, biroz oldin "Real" rahbariyati Krishtianu Ronalduni Italiyaning "Yuventus" klubiga o'tayotganini tasdiqlagan edi.
Shundan keyin "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala birinchilardan bo'lib o'zining ijtimoiy tarmog'ida:
"Xush kelibsan, Krishtianu Ronaldu!", - deya xabar qoldirdi Dibala.
94. Muxamad (225) [off] | TXT | 7| 10 Jul 2018, 22:25
Ramos Ronaldu bilan xayrlashdi


Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos bugun “Yuventus” bilan shartnoma imzolagan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashdi.
“Krishtianu, sening gollaring, sening statistikang va biz birgalikda erishgan yutuqlarimiz o‘zi sen haqingda so‘zlaydi. Sen “Real” Madrid tarixidagi muhim o‘rinlardan birini egallaysan. “Real” muxlislari doimo seni eslab qolishadi. Sen bilan bir jamoada o‘ynash yoqimli edi. Senga omad tilayman!”, -deb yozadi 32 yoshli futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Ramos 9 yil davomida "Real" safida birga to‘p surishdi.
95. Muxamad (225) [off] | TXT | 6| 10 Jul 2018, 22:30
«Yuventus» Ronalduni taqdimot marosimini qachon tashkil qilishini ma'lum qildi


“Yuventus” Krishtianu Ronalduning taqdimot marosimini 21 iyul kuni tashkil qilmoqchi. Bu haqida, Sky Sports Italy nari xabar tarqatdi.
O'sha kuni portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rigdan o'tadi.
Avvalroq, “Real Madrid” Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o'tganini tasdiqlagandi.
Mazkur transfer, “keksa sinora” 100-105 mln evroga tushdi.
96. Muxamad (225) [off] | TXT | 6| 10 Jul 2018, 22:42
Ronaldu - «Real»dan «Yuventus»ga o'tgan beshinchi futbolchi


«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turinning «Yuventus» klubiga o'tdi.
Qizig'i shundaki, Ronaldu «Real»ni tark etib,«Yuventus» safini to'ldirgan beshinchi futbolchi bo'ldi.
Birinchi shunday transfer o'tgan asrning 60-yillarida rasmiylashtirilgan bo'lib, Luis del Sol Ispaniya poytaxtini tark etib,A Seriyaga o'tgan edi.
Shundan so'ng, himoyachi Fabio Kannavaro (2009), hujumchi Alvaro Morata (2014) va tayanch yarimhimoyachisi Sami Xedira (2015) shu yo'nalish bo'yicha faoliyatini davom ettirgan.
97. Muxamad (225) [off] | TXT | 9| 10 Jul 2018, 23:26
Rasmiy xabar! «Yuventus» Ronaludni sotib olganini e'lon qildi


“Yuventus” o'zining tvitterdagi saxifasida rasman Krishtianu Ronalduni sotib olganini e'lon qildi.
Ushbu transferning bahosi 112 mln evroni tashkil qildi shundan, 12 mln FIFA qoidalariga ko'ra topshiriladi.
Mablag' shunday tarzda bo'linadi:
– “Real” 100 mln oladi.
– 5 mln futbolchini 12 yoshdan 23 yoshgacha o'ynagan jamoalariga o'tkaziladi.
– Qolgan 7 mln – muzokaralar vaqtida sarflangan va transaktsionn ushlanmalarga olib qolinadi.
Portugaliyalik futbolchi “keksa sinora” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Ronaldu “Yuventus”da yilliga 31 mln evro maosh oladi
98. Ashurov (2636) [off] | TXT | 7| 11 Jul 2018, 06:48
Oxiri Ranaldo ketdi, bu esa juda yaxshi xabar...
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 202 (0/202)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru