Mavzu: Futbol Yangiklari
120. Muxamad (225) [off] | TXT | 18| 11 Jul 2018, 21:12
Rasman: Ashraf Hakimiy «Borussiya»ga o'tdi


Dortmundning «Borussiya» klubi matbuot xizmati Ashraf Hakimiy transferini elon qildi.
«Real» himoyachisi nemis klubi tomonidan ikki yil muddatga ijaraga olindi.
Marokashlik 19 yoshli futbolchi La Liganing o'tgan mavsumida, «Real» tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib,2ta gol urgan edi.
121. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 11 Jul 2018, 21:38
«Barselona» PSJ futbolchisi bilan kelushuvga erishdi


PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Sport.es nashrining xabariga ko'ra, “anorranglilar” spor direktori Erik Abidal Parijga Raboning agenti bilan uchrashish uchun borgan.
Tomonlar shartnoma bo'yicha kelushuvga erishgan. Rabo “Barselona”da yilliga 7 mln evro maosh olishi mumkin shartnomaning mudatti esa 5 yilni tashkil qiladi.
Rabo tayanch yarim himoyachisi sifatida o'zini bor imkoniyatini ishga sololmasligini, hisobga olib “Barselona”da hujumga yaqinroq o'ynashni ta'lab qilgan.
Endi, kataloniyaliklar PSJ rahbariyati bilan kelushuvga erishishi kerak.
Parijliklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Biroq, uning shartnomasi kelasi yil tugashini hisobga olib uni sotib yuborishga ham qarshi emas.
122. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 11 Jul 2018, 22:00
Giggz: "Yuve"ga o'tib, Ronaldu Messidan yaxshiroq bo'lmoqchi


Ronaldu bilan "MYu"da birga to'p surgan sobiq futbolchi Rayan Giggz portugaliyalikning "Real"dan "Yuventus"ga o'tishiga munosabatini bildirdi.
"Men uning "Real"dan ketib, Italiyaga yo'l olganiga hayron qoldim.
O'ylashimcha, bu uning uchun katta chorlov, ammo u top-klubga o'tmoqda. Rezyume uchun yaxshi ish. Tasavvur qiling: "Real", "MYu" va "Yuventus". Normal rezyume!
U Messidan yaxshiroq bo'lish g'oyasi bilan band. Endi u: "Men buni Angliyada, Ispaniyada bajara oldim, endi Italiyada bajaraman va Portugaliya bilan bajarib bo'lganman" deb o'ylashi mumkin.
Balki, uning motivatsiyasi "Ronaldu zo'rmi, Messi?" degan savolga javob bo'lishi mumkin", - deydi Giggz.
123. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 11 Jul 2018, 22:05
Salgado: "Real" Ronaldusiz endi boshqacha usulda o'ynaydi"


"Real"ning sobiq himoyachisi Michel Salgado Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga yo'l olishidan so'ng madridliklar qanday yo'l tutishi haqida fikr bildirdi.
"Real" Ronalduni almashtirish masalasiga duch keldi. Gap avvalo Ronaldu urgan gollar soni haqida ketmoqda.
U bir o'yin usuli yordamida gollar urib keldi, ammo hozir murabbiy Ronaldusiz qanday o'yin qurishni aniqlab olishi kerak. Bu avvalgidan boshqacha bo'ladi", - deydi Salgado.
124. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 11 Jul 2018, 22:16
Messi Ronalduning ketishi haqida nima dedi?


"Barcelona" hujumchisi Lionel Messi asosiy raqibi Cristiano Ronalduni "Juventus"ga o'tishi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi va unga omad tiladi:
"Futbolchilar bir klubdan boshqasiga o'tishini muhokama qilishdagi mantiqni ko'rmayabman. Ha ronaldu ketti va endi Messi va Ronalduning La Ligadagi erasi tamom bo'ldi, lekin, aminmanki biz u bilan yana uchrashamiz.
Juventus tarixiy klub, bu klub Ronalduga mos keladi. Nima uchun Cristiano klubini o'zgartirganini tushunaman. Uning tabiati yangi chaqiruvlarga muhtoj va nima uchun bunday ekanligi tushunarli. U "Real" bilan qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan barchasini yutdi va bir marta emas. Unga yangi klubida omad tilayman", - dedi Messi.
125. Muxamad (225) [off] | TXT | 29| 12 Jul 2018, 06:14
«Real» Mbappe bo'yicha olamshumul taklif tayyorlamoqda


«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bo'yicha olamshumul taklif tayyorlamoqda, deb xabar beradi Ispaniya matbuoti.
Qirollik klubi zamonamiz yulduzlaridan biri Krishtianu Ronaldu o'rnini bo'sh qoldirmoqchi emas va parijliklarning 19 yoshli futbolchisi uchun 300 million evro bermoqchi. Bundan tashqari, bitimga Marko Asensio qo'shib berilishi ham mumkin.
Madrid klubi rahbariyati fikriga ko'ra, «PSJ» bunday taklifni rad etolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Mbappe 2017 yilda «Monako»dan «PSJ» klubiga 180 million evro evaziga o'tgan.
126. Muxamad (225) [off] | TXT | 28| 12 Jul 2018, 18:29
Rasmag! Langle «Barselona» futbolchisiga aylandi


“Sevilya” himoyachisi Kleman Langle “Barselona” futbolchisiga aylandi.
Kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun 35,9 mln evro to'ladi.
Langle “anorranglilar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Yangi shartnomaga ko'ra Langleni tovon puli 300 mln evro deb belgilandi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 232 (0/232)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru