Mavzu: Futbol Yangiklari
8. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 37| 25 Jan 2017, 16:32
Kosmos (14 Nov 2016, 15:08):
"Germaniya-2016"
.
Shu mabodo 2006 emasmi?
Sirojbek, 2006 yil jahon chempionati Germaniyada bulip o'tgandi
9. Kosmos (235) [off] | TXT | 36| 29 Jan 2017, 15:50
Shotlandiya chempionatining yoshlar ligasida qiziq voqea yuz berdi.
...
"Shettlston" klubi darvozaboni Garri Uayt o'yin tugashini kutib turolmadi va darvoza ustuni yonida kichik ehtiyojini qondirdi. Buni sezib qolgan bosh hakam, 72-daqiqada unga qizil kartochka ko'rsatib,-maydondan chetlatdi.
...
Klub bosh murabbiyi Jon Fellon bu voqeadan norozi bo'ldi va tegishli idoralarga shikoyat etishini ma'lum qildi.
...
"To'pni o'yinga kiritishdan oldin darvozabon yon hakamga murojaat qilib, hojatxonaga kirib chiqish haqida ruxsat so'ragan. Ammo hakam bunday sabab tufayli o'yinni to'xtatishning iloji yo'qligini aytgan. Shundan so'ng darvozabon o'z ehtiyojini qondirishga majbur bo'lgan.
...
Biroq, bosh hakam uni-maydondan chetlatgan. Xo'sh nima uchun? Futbol qoidalarida bunday band yo'qku? Biz tegishli idoralarga bu borada shikoyat qilamiz" - dedi Fellon The Sun xabarida.
10. Richerd (40) [off] | TXT | 36| 29 Jan 2017, 21:17
Malladez o'gil bola Oshin halol bo'lsa ko'chada ye? Hakamni o'ziga qizil berish kerag edi???
11. Kosmos (235) [off] | TXT | 36| 30 Jan 2017, 22:53
Ispaniya qirolligining futbol federatsiyasi (RFEF) 2017/18 mavsumdan boshlab golni aniqlash texnolgiyasini joriy qiladi.
...
Cadena COPE xabariga ko'ra, dastlab tizim Qirol kubogi o'yinlarida sinovdan o'tkaziladi. Shundan so'ng, 2018/19 mavsumda La Liga o'yinlarida qo'llanadi.
...
Ispaniyaliklar golni aniqlash borasida o'zlarining texnolgiyasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Uning narxi 4 mln dollar bo'lib, hozircha FIFA tomonidan ma'qullanmagan.
...........
...........
...........
Kecha Barsa hakamlarni no'noqligi sababli ochko yo'qotdi. Bu ochko chempionlikka ham ta'sir qiladi. Hakamlar top darvoza ichiga yarim metr kirgani ko'rmasaya!!!
12. Kosmos (235) [off] | TXT | 36| 31 Jan 2017, 12:13
Ertaga — 31-yanvar kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi uchun yangi mavsum rasman start oladi. Yevropadagi yig'ini doirasida Yevropaning olti klubini mag'lub etgan Ro'ziqul Berdiev jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining o'tish bosqichida Bahraynning "Al-Hidd" klubiga qarshi-maydonga tushadi.
...
Uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan bo'lib, ular sektoriga qarab 15 va 35 ming so'mdan "Bunyodkor" kassalarida sotilmoqda. Chunki o'yinga aynan shu stadion mezbonlik qiladi va u 16:00 da start oladi.
...
Kecha — 29-yanvar kuni Bahraynning "Al-Hidd" klubi Toshkentga yetib keldi. Mazkur jamoa "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli stadionda mashg'ulot olib borishga ham ulgurdi.
...
Ma'lumot uchun, "Al-Hidd" Bahrayn chempionatining 9-turidan so'ng turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Bahrayn Premer-ligasida o'zi 10 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.
...
Osiyo Chempionlar ligasi
...
O'tish bosqichi
31-yanvar, seshanba
...
"Nasaf" (O'zbekiston) — "Al-Hidd" (Bahrayn)
...
Bosh hakam: Gamini Nivon Robish (Shri-Lanka)
Qanot hakamlari: Loku Udayakantha, Vellabada Primalal (ikkisi Shri-Lanka)
To'rtinchi hakam: Rajakrishna Kutiappa Rajaratnam (Shri-Lanka)
Uchrashuv nazoratchisi: Umar Muso Abu Lum (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Talal Ali Alsvaylmin (Iordaniya)
13. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 36| 31 Jan 2017, 12:21
Kosmos (31 Jan 2017, 12:13):
Ertaga — 31-yanvar kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi uchun yangi mavsum rasman start oladi. Yevropadagi yig'ini doirasida Yevropaning olti klubini• • •
Kosmos, ertaga mas bugun ku uyin
14. Kosmos (235) [off] | TXT | 36| 31 Jan 2017, 13:18
QaLQoN (31 Jan 2017, 12:21):
Kosmos, ertaga mas bugun ku uyin
FaTXuLLa, Kechagi maqolani bugun ko'chirdim. Sanaga e'tibor bermabman.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 195 (0/195)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru