Mavzu: Futbol Yangiklari
15. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 36| 22 May 2018, 12:34
Polni eski 2017 yildagi xabarlar yangisini qoshinglar
16. Ashurov (2636) [off] | TXT | 36| 22 May 2018, 13:33
"Arsenal"da futbolchilarning raqami o'zgardi

Darvozabon Petr Chex va “Arsenal”ning ayrim futbolchilari mavsum yakunida libosdagi raqamlarini almashtirishdi

13-raqamda faoliyat olib borayotgan chexiyalik 36 yoshli golkiper o'ziga 1-raqamni tanladi. Ektor Belerin 24-raqamni 2 ga allmashtirdi.
Muhammad El-Neni 4-raqamni 35dan ustun ko'rdi. Yarim himoyachi Granit Jaka 29 dan voz kechib, 34-raqamni tanladi
1.3333333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
PSJ klubi prezidenti Nosir Al Xelayfi hujumchi Kilian Mbappeni har qanday pulga ham sotilmasligini aytdi.
“Mbappening transfer qiymatini aytaymi? 1 milliard yevrodan ko'p bera olasizmi!
Ha, men bir milliard haqida gapiryapman! Agar bir milliard beradigan bo'lsangiz ham u sotilmaydi”, – deydi Al Xelayfi Canal+ nashriga bergan intervyusida
Ma'lumot uchun, Mbappe PSJdagi debyut mavsumida barcha musobaqalarda 21 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
17. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 36| 22 May 2018, 13:42
Ronaldu "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi.
“Manchester Yunayted”ning
“Twitter”dagi rasmiy akkaunti
jamoaning Angliya Premer-
ligasidagi 1000-o‘yinini o‘tkazgani
tufayli o‘ziga xos bir so‘rovnoma
o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu
muxlislar tomonidan "MYu"
tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb
topildi. Bu borada ikkinchi o‘rinni
Rayan Giggz egalladi. Kuchli
uchlikni esa Pol Skoulz egalladi. Bundan tashqari, muxlislar “qizil
iblislar”ning eng chiroyli golini ham
aniqlashdi. Ueyn Runi tomonidan
“Manchester Siti” darvozasiga
chalqancha uslubda kiritgan goli
eng chiroyli gol deb topildi.
18. Ashurov (2636) [off] | TXT | 33| 22 May 2018, 19:19
"Chelsi" Antonio Konte yaqin sutka ichida vazifasidan ozod qilinadi, deya xabar beradi BeIN Sports.
Londonliklar Angliya kubogi finalida "MYu" mag'lub etilib (1:0) sovrin qo'lga kiritilganiga qramay, shunday qaror chiqaradi.
Murabbiyning o'zi "agar bu hammaga foyda keltirsa" iste'foga tayyor ekanini aytgan. Uning o'rniga asosiy nomzod "Barselona"ning sobiq ustozi Luis Enrike bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Konte 2016-yilning yozida "ko'klar" boshqaruviga kelgan. U bu vaqt ichida jamoani Angliya chempioni va Angliya kubogi sohibi qildi.
58 sekund dan so'ng qo'shdi...
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Matteo Darmian “Yuventus”ning yozgi ilk xaridiga aylanadi.
28 futbolchi Darmian “Manchester Yunayted”ga 2015 yilning yozida 13 million evro evaziga “Torino”dan o'tgan edi. Himoyachi bu mavsum APLda atigi 8 marta (5 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha Darmianning Italiyaga qaytishi “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandroning “MYu”ga o'tishini tezlashtirishi mumkin. “Yuve” “MYu”ga Darmian uchun 13 million evro to'laydi. Transfer yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
19. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 33| 22 May 2018, 19:39
Isko "Real"ni tark etishga qaror qilganmi?
«Real» yarimhimoyachisi Isko mavsum oxirida klubni tark etishga qaror qildi.
Ok Diario xabariga ko'ra, futbolchi zaxirada o'tiraverishdan bezib ketgan va Chempionlar Ligasi finalidagi natijadan qatiy nazar, bosh murabbiy Zinedin Zidan qo'l ostida qolishni istamayapti. U 26 may kunidan so'ng, barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Isko vakillari bilan bog'langani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassis «Barselona»da ishlagan davridan beri uning o'yinini kuzatib kelmoqda.
20. MAGBEK (277) [off] | TXT | 30| 3 Jun 2018, 14:49
Nega Real murabbiyi Zidan o'z faoliyatini to'xtatdi
21. Ashurov (2636) [off] | TXT | 36| 3 Jun 2018, 15:30
MAGBEK (3 Jun 2018, 14:49):
Nega Real murabbiyi Zidan o'z faoliyatini to'xtatdi
MAGBEK, Obrosi tushmasidan ketyapti..!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 228 (0/228)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru