Mavzu: Futbol Yangiklari
36. Muxamad (225) [off] | TXT | 14| 29 Jun 2018, 13:48
MYU "Real"ning yarim millard evrolik futbolchisini xarid qilmoqchi


"Manchester Yunayted" tarkibni "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos bilan kuchaytirmoqchi.
Ingliz klubidagilarning fikricha, nemis futbolchisi markaziy chiziqni kuchaytirish hamda Pol Pogbaga hujumda yordam berish uchun ideal nomzod. "Real" Kroos bilan xayrlashmoqchi emas va transfer amalga oshishiga ishonmaydi, chunki futbolchining shartnomasidagi tovon puli 500 mln. evro.
O'tgan mavsum 28 yoshli yarim himoyachi LaLiganing 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.
37. Muxamad (225) [off] | TXT | 14| 29 Jun 2018, 19:01
"Real" himoyachisi "Borussiya"ga o'tishga yaqin turibdi

"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi Dortmundning "Borussiya"siga o'tishga yaqin turibdi.
"Kicker" xabarigk ko'ra, futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun Madrid jamoasini tark etadi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangandi.
"Borussiya" futbolchining transferi uchun 7 mln evrodan voz kechadi
1.2333333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
"Real"ning 12 nafar futbolchisi JCH-2018dagi ishtirokini davom ettiradi

Kecha, 28 iyun kuni JCH-2018 guruh bosqichi o'yinlariga yakun yasaldi.
"Real" safida 15 futbolchi mundialga o'z terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun yo'l olgan edi. Guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng mundialdagi "Qirollik klubi" vakillari soni kamaydi. Ashraf Hakimi (Marokash), Keylor Navas (Kosta-Rika) va Toni Kroos (Germaniya) terma jamoalari jahon chempionatini tark etdi.
"Real"ning JCH-2018 pley-off bosqichida ishtirok eta oladigan futbolchilari:
Marselo (Braziliya)
Kasemiro (Braziliya)
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
Dani Karvaxal (Ispaniya)
Nacho (Ispaniya)
Serxio Ramos (Ispaniya)
Lukas Vaskes (Ispaniya)
Isko (Ispaniya)
Marko Asensio (Ispaniya)
Rafael Varan (Franciya)
Mateo Kovachich (Xorvatiya)
Luka Modrich (Xorvatiya)
38. Muxamad (225) [off] | TXT | 13| 30 Jun 2018, 21:18
JCh-2018. Super o'yin: Mbappe Argentinani uyiga ravona qildi


Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi dastlabki bahs juda chiroyli kechdi. Ettita gol urilgan o'yinda Frantsiya terma jamoasi Argentinani mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, 19 yoshli Kilian Mbappe bugungi bahsning haqiqiy qahramoniga aylandi. JCh-2018. Nimchorak finalFrantsiya – Argentina 4:3 (1:1)Gollar: 1:0 – 13, penalti Grizmann, 1:1 – 41 Di Mariya, 1:2 – 48 Merkado, 2:2 – 57 Pavar, 3:2 – 64 Mbappe, 4:2 – 68 Mbappe, 4:3 – 90 Aguero. Frantsiya – Loris, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pavar, Matyuidi (Tolisso, 75), Pogba, Kante, Jiru, Grizmann (Fekir, 83), Mbappe (Toven, 89).Argentina – Armani, Maskerano, Otamendi, Merkado, Roxo (Fasio, 46), Talyafiko, Di Mariya, Banega, Peres (Aguero, 66), Pavon (Mesa, 75), Messi.Ogohlantirishlar: Roxo (11), Talyafiko (19), Maskerano (43), Banega (50), Matyuidi (72), Pavar (73), Otamendi (90), Jiru (90).
Ijobiy (1): Ashurov,
39. Ashurov (2636) [off] | TXT | 26| 30 Jun 2018, 23:20
Aniq edi bu
40. Muxamad (225) [off] | TXT | 26| 1 Jul 2018, 08:25
Urugvay - Portugaliya. Bahsning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?


Urugvay hamda Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi JCh-2018 1/8 final uchrashuvi yakunlandi. O'yin 2:1 hisobida urugvayliklar g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarni Edinson Kavani (dubl) va Pepe o'z hisobiga yozib qo'yishdi.2 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan Kavani uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2.3166666666667 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Urugvay Partugalya natijasi
41. Muxamad (225) [off] | TXT | 25| 3 Jul 2018, 05:06
Belgiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida super kambekni amalga oshirdi. \“Rostov Arena”da bo'lib o'tgan uchrashuvda belgiyaliklar ikki to'p farqi bilan ortda bora turib, yakunda 3:2 hisobida zafar quchishdi. FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, Belgiya terma jamoasi etakchisi Eden Azar uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Chelsi” a'zosi Yaponiya darvozasiga Maruan Fellayni tomonidan kiritilgan ikkinchi golga assistenlik qildi. Endi Belgiya terma jamoasi 1/4 finalda Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin 6 iyul kuni “Kazan Arena”da bo'lib o'tadi.
42. Muxamad (225) [off] | TXT | 23| 3 Jul 2018, 08:42
"Real" Neymar uchun 310 mln evro taklik qildi


“Реал” клуби ПСЖ билан бразилиялик ҳужумчи Неймарнинг трансфери борасидаги музокараларни бошлаб юборди, дея хабар беради Televisión Española (TVE) телевиденияси.
Унга кўра, Мадрид клуб бу футболчи 310 миллион евро таклиф қилган. Шунингдек, “қироллик клуби” Неймарга 7 йиллик шартнома ва йилига 45 млн евро маош тайёрламоқда.
Айни дамда жаҳон футболидаги рекорд трансфер 222 млн еврони ташкил қилади. Айнан шу маблағ эвазига Неймар “Барселона”дан ПСЖга ўтган эди.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 276 (0/276)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru