Mavzu: Futbol Yangiklari
43. WaP_MaSTeR (1363) [off] | TXT | 5| 3 Jul 2018, 15:50
Xabar Djfayz tomonidan o'chirilgan.
44. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 3 Jul 2018, 18:48
Mesut Ozil endi "Arsenal"da yangi raqamda o'ynaydi



"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil futbolkasidagi raqamini almashtirdi. Avval 11-raqamda to'p tepgan germaniyalik futbolchi yangi mavsumdan boshlab 10-raqamli futbolkada o'ynaydi. So'nggi bir necha mavsum 10-raqam Jek Uilshirga tegishli edi. Uilshir joriy yozda "to'pchilar" safini tark etdi va faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettiradi."10 - shunchaki raqam emas. U ko'p narsani anglatadi" - deb yozdi Ozil "Tvitter"dagi sahifasida.
4.3833333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
"Yuventus" Ronaldu bilan kelishib oldi


"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin turibdi. "Yuventus" portugaliyalik forvardni o'z safida ko'rmoqchi.Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu va "keksa sinora" 4 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Agar hujumchi Italiya grandiga o'tsa yiliga 30 mln. evrodan ishlab topadi. Ayni "Real" hamda "Yuventus" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
45. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 3 Jul 2018, 21:10
«Real» Ronalduni «Yuventus»ga sotishga rozi bo'ldi


«Real» klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni «Yuventus»ga sotishga rozi.
Bu haqda ispaniyalik obro'li jurnalist Xosep Pedrerol o'z dasturida xabar berdi.
Portugaliyalikning transfer narxi 100 million evroni tashkil qiladi. Taxminlarga ko'ra, futbolchi turinliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va jami 120 million evro maosh oladi.
46. uzbest2 (277) [off] | TXT | 17| 3 Jul 2018, 21:36
xozirgi rossiya 2018 chempionatida nicheya bölishi mumkinmi yoki yöqmi
47. Ashurov (2636) [off] | TXT | 16| 3 Jul 2018, 22:28
Muxamad (3 Jul 2018, 21:10):
«Real» Ronalduni «Yuventus»ga sotishga rozi bo'ldi


«Real» klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni «Yuv• • •
Muxamad, nihoyat yaxshi yangilik :)
48. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 3 Jul 2018, 22:32
Ashurov (3 Jul 2018, 22:28):
Muxamad, nihoyat yaxshi yangilik :)
OKO_CAyPOHA, ranaldo yuvetusga rasman utsa ushanda yaxshi yangili buladi xozirgi xolat vujumal
49. Muxamad (225) [off] | TXT | 14| 7 Jul 2018, 21:27
Bugun, 7 iyul sanasida futbol bo'yicha Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon Chempionatining 1/4 final bahslari yakuniga etadi. Kun taqvimidan 2 uchrashuv o'rin olgandi.
Kunning dastlabki o'yini nimchorak finalda Shveytsariya hamda Kolumbiyani qoldirib ketgan Shvetsiya va Angliya terma jamoalari o'rtasida kechdi.
Uchrashuvda hisob 30-daqiqada Harri Maguayr tomonidan ochildi. Birinchi bo'lim Angliyaning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida Jessi Lingardning uzatmasini Dele Alli Shvetsiya darvozasiga joylab qo'ydi va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.
Bellashuv shu tariqa Angliyaning g'alabasi bilan yakunlandi. Inglizlar bugun Rossiya—Xorvatiya bahsidan so'ng yarim finaldagi raqibini bilib oladi.
Jahon Chempionati
1/4 final bellashuvlari
7 iyul, shanba
Shvetsiya—Angliya 0:2
Gollar: 0:1—30 Maguayr, 0:2—59 Alli.
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Henderson (Dayer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88), Larsson (90+5)
<<<1..34567891011..28>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 158 (0/158)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru