Mavzu: Futbol Yangiklari
50. Ashurov (2636) [off] | TXT | 13| 8 Jul 2018, 06:44
Rossiya nima qildi? qoldimi?
51. TADJIKISTANES (340) [off] | TXT | 11| 8 Jul 2018, 08:01
ROSSIYA BN XORVATIYA UYINI JUDA ZOR BOLDI LEKIN
52. Muxamad (225) [off] | TXT | 7| 8 Jul 2018, 15:04
Peres Ronalduning jamoadan ketganini seshanba kuni rasman e’lon qiladi


«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga o'tishi oydinlashmoqda.
Mediaset Premium xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres seshanba kuni «Real» direktorlari kengashida klubning etakchi futbolchisi ketayotgani haqida rasman malum qiladi.
Bundan avvalroq Ronaldu klubda ketish g'oyasi o'z tashabbusi bo'lganini rasman tan olsa, uning transferi «Yuventus» uchun 100 million evroga, aks holda 150 million evrogacha tushishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Ronalduning o'zi turinliklar bilan yiliga 30 million evrodan maosh to'lash nazarda tutilgan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan
53. Muxamad (225) [off] | TXT | 7| 8 Jul 2018, 15:23
Modrich: Ronalduni boshqa jamoada tasavvur qila olmayman


Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadogi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga kutilayotgan transferi borasida o‘z fikrinibildirib o‘tdi.
“Ko‘ramiz, nima sodir bo‘lar ekan. Lekin men uni ketadi deb o‘ylamayman. Ronalduning jamoada qolishini istayman, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
Ronaldu “Real” uchun ko‘p narsani anglatadi. Uni Evropaning boshqa hech bir jamoasida tasavvur qila olmayman”, -deydi xorvatiyalik futbolchi.
54. Muxamad (225) [off] | TXT | 6| 8 Jul 2018, 16:48
Ronaldu 100 millionlik maoshni rad etgani malum bo'ldi


Yaqin vaqtlar ichida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.
"Marca" xabariga ko'ra, Xitoy jamoasi unga yiliga 100 mln evrolik maosh taklif qilgan. Biroq portugaliyalik Xitoyga ko'chib o'tishni istamagan va bunga rad javobini bergan.
Ronaldu faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda. U yaqin vaqtlar ichida "Yuventus" azosi bo'lishi mumkin.
55. Muxamad (225) [off] | TXT | 6| 8 Jul 2018, 16:55
Peres Ronalduning narxini oshirgani foyda bermadi



«Real» prezidenti Florentino Peres «Yuventus» uchun Krishtianu Ronalduning narxini oshirgandi.
Avvaliga «Real» ushbu futbolchisini 100 million evroga sotishga rozi edi.Ammo La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Yuventus» Ronaldu uchun so'ralgan pulni berishga tayyor. Aniq raqamlar hozircha keltirilmagan.
Italiyadagi boshqa bir nashr - La Stampa xabariga ko'ra bu raqam - 130 million evroga teng.
Peres agent Mendesh bilan uchrashuv vaqtida Ronalduning narxi 100 million emas, 130-150 million evro bo'lishini aytgan. Shu bilan birga, agar Ronaldu ketish g'oyasi o'zidan chiqqani haqida hammaga rasman malum qilsa, uni arzonroqqa qo'yib yuborishlari mumkin.
Bundan avvalroq portugaliyalik 33 yoshli futbolchi turinliklar klubi rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani, uning yangi klubdagi yillik maoshi miqdori 30 millionevroni tashkil etishi haqida xabarlar berilgandi.
Shuningdek, Jorje Mendesh ushbu transferdan 20-25 million evro ishlab olishni mo'ljallagan.
56. Muxamad (225) [off] | TXT | 5| 8 Jul 2018, 19:53
«Real» Ronaldu o'rniga nomzod topdi


“Real” navbatdagi transfer uchun shaylanmoqda!
Ikki kundan so'ng Peres maxsus matbuot anjumanida, Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin.
Hozir, Peres “Yuventus” va Mendesh bilan ushbu transferni narhini ko'tarish borasida muzokara olib bormoqda.
“Keksa sinora” Ronaldudan AQSh va Osiyodagi tijorat siyosatini yo'lga qo'yish uchun ham foydalanmoqchi. Chunki, portugaliyalikni imiji Dibala va Iguaindan mashxurroq.
Peres bo'lsa qo'shimcha yo'llarni qo'lab ko'rmoqchi. Agar, Mbappe yoki Neymar Madridga ko'chib o'tmasa, rahbariyat Azarni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 231 (0/231)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru