Mavzu: Futbol Yangiklari
57. Ashurov (2636) [off] | TXT | 7| 8 Jul 2018, 20:16
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov terma jamoadagi faoliyatini tugatgani haqida e'lon qildi.
“Menga kelsak, hammasini o'ylab bo'ldim ketish vaqti keldi.
Bu terma jamoadagi ohirgi o'yinim bo'ldi”, – deydi Samedov.
Ma'lumot uchun, 33 yoshli futbolchi terma jamoada 2011-yildan beri o'ynab keladi. Shu yillar davomida Samedov 53 o'yin o'tkazib 7 gol urishga muvaffaq bo'ldi.
58. Muxamad (225) [off] | TXT | 7| 9 Jul 2018, 11:46
«Barselona» Paulino transferini tasdiqladi.


«Barselona» yarimhimoyachi Paulino ijara huquqi asosida Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubiga o'tganini tasdiqladi. Xitoy klubi bilan kelgusi mavsum oxiriga qadar muddatga shartnoma imzolangan.
«Guanchjou Evergrand»ga qaytayotgan Paulinoga omad yor bo'lishini tilaymiz!» deb yozdi Kataloniya klubi rasmiy tvitteri.
Kecha Xitoy klubi ham 29 yoshli braziliyalik futbolchi transferini tasdiqlagan, biroq bitim shartlarini oshkor qilmagandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Paulinoni 50 million evroga sotishdi.
Futbolchining o'zi esa «Guanchjou Evergrand» klubida yiliga 14 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Paulino «Guanchjou»dan «Barselona»ga 1 yil oldin 40 million evro evaziga o'tgan edi
59. Muxamad (225) [off] | TXT | 21| 9 Jul 2018, 12:23
Beyl "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan "Tottenxem"ga qaytishni ustun qo‘ymoqda



"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqishlariga sabab bo‘layotgan "Real" vingeri Garet Beyl faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi “shporlar” safiga qaytish istagida.Beyl MYuga o‘tgandan ko‘ra sobiq jamoasiga qaytishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Beyl o‘tgan mavsum “Real” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 21tagol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan
60. Muxamad (225) [off] | TXT | 21| 9 Jul 2018, 12:29
"Real" Iguainni Madridga qaytarmoqchi



Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduning transferiga "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni qo‘shilishini so‘ramoqda.
Xabarlarga qaraganda “qirollik klubi”dagilar aynan 30 yoshli argentinalik forvard besh karra “Oltin to‘p” sohibining jamoadagi o‘rnini bosa oladi deb hisoblashmoqda. Ta’kidlash kerakki, o‘z navbatida turinliklar ham Iguainni jamoadan ketishiga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Iguainga "Santyago Bernabeu" begona emas. Boisi u 2007-2013 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan.
61. Ashurov (2636) [off] | TXT | 21| 9 Jul 2018, 12:56
Darvozabon Jo Hart yozgi transferlar chog'ida “Manchester Siti”ni tark etishga qaror qildi.
Bu qaror haqida futbolchini o'zi, dushanba kuni e'lon qiladigan bo'ldi.
So'ngi ikki mavsum davomida angliyalik darvozabon ijara asosida “Torino” va “Vest Xem” jamoalarida o'ynadi.
Hartning “Manchester Siti” bilan shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan lekin, futbolchini o'zi boshqa jamoa safiga o'tishni istamoqda.
Ma'lumot uchun, Hart “Manchester Siti” safiga 2006-yil “Shrusberi Taun” jamoasidan kelib qo'shilgan.
Bu qaror haqida futbolchini o'zi, dushanba kuni e'lon qiladigan bo'ldi.
So'ngi ikki mavsum davomida angliyalik darvozabon ijara asosida “Torino” va “Vest Xem” jamoalarida o'ynadi.
Hartning “Manchester Siti” bilan shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan lekin, futbolchini o'zi boshqa jamoa safiga o'tishni istamoqda.
Ma'lumot uchun, Hart “Manchester Siti” safiga 2006-yil “Shrusberi Taun” jamoasidan kelib qo'shilgan.
62. Muxamad (225) [off] | TXT | 21| 9 Jul 2018, 13:56
Brunu Alvesh: "Ronaldu "Yuventus"da ham zafar quchadi"


"Reynjers" himoyachisi Brunu Alvesh Portugaliya terma jamoasidani jamoadoshi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"da bo'laak faoliyati haqida gapirdi.
"Ronaldu "Yuventus"da ham yutuqa erishadi. U g'olib bo'lmaydigan liganing o'zi yo'q. U istalgan mamlakatda g'olib chiqa olishini isbotlagan. Italiya ham bundan mustasno emas.
Uni qo'llab-quvvatlayman, chunki u Portugaliyaning tashrif qog'ozi hisoblanadi. U bilan 12 yil birga to'p surib kelyapman, uning o'zini qanday qilib ruhlantirishini yaxshi bilaman", - deydi Alvesh.
63. Muxamad (225) [off] | TXT | 21| 9 Jul 2018, 14:12
Evra «Yuventus»ga o'tishi kutilayotgan Ronalduga nasihat qildi



Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Patris Evra «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Krishtianu bilan bu mavzuda gaplashmadim, biroq unga maslahatim shu: agar 2050 yilgacha o'ynashni istasang, «Yuventus»ga o'tganing maqul.
Bu holda u qo'shilishi kerak bo'lgan boshqa jamoa yo'q. Hammasi oddiy.«Yuventus»dan minnatdorman, chunki «Manchester Yunayted»dan ketganimdan keyin ham muvaffaqiyatli o'ynashda davom etishimga faqat shu klub sabab bo'lgan.
«Yuve» yuragimda o'chmas iz qoldirgan.Krishtianu, to'g'ri qaror qabul qil. Italiyada seni qanchalik sevishlarini bilasan-ku. Agar «Yuventus»ga o'tishga rozi bo'lsang, o'z ustingda ishlashing vaastoydil mehnat qilishingga to'g'ri keladi.
Shunchalar ko'p ter to'kasanki, dam olishga chiqishni ham bir chetga surib qo'yasan.Biroq bu – tanlov. Yo 2050 yilgacha o'ynaysan, yoki to'p surishni shunchaki bas qilasan.
Agar «Yuve»ni tanlasang, kelasi Jahon chempionatiga «omad keltiruvchi tumor» bo'lib emas, bosh qahramon bo'lib borasan», - degan Evraning so'zlarini keltirib o'tdi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, Patris Evra 2014-2017 yillarda «keksa senora» tarkibida o'ynagan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 121 (0/121)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru