UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Futbol Yangiklari
Mavzu fayllari
(1)
Evra «Yuventus»ga o'tishi kutilayotgan Ronalduga nasihat qildi Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Patris Evra «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. «Krishtianu bilan bu mavzuda gaplashmadim, biroq unga maslahatim shu: agar 2050 yilgacha o'ynashni istasang, «Yuventus»ga o'tganing maqul. Bu holda u qo'shilishi kerak bo'lgan boshqa jamoa yo'q. Hammasi oddiy.«Yuventus»dan minnatdorman, chunki «Manchester Yunayted»dan ketganimdan keyin ham muvaffaqiyatli o'ynashda davom etishimga faqat shu klub sabab bo'lgan. «Yuve» yuragimda o'chmas iz qoldirgan.Krishtianu, to'g'ri qaror qabul qil. Italiyada seni qanchalik sevishlarini bilasan-ku. Agar «Yuventus»ga o'tishga rozi bo'lsang, o'z ustingda ishlashing vaastoydil mehnat qilishingga to'g'ri keladi. Shunchalar ko'p ter to'kasanki, dam olishga chiqishni ham bir chetga surib qo'yasan.Biroq bu – tanlov. Yo 2050 yilgacha o'ynaysan, yoki to'p surishni shunchaki bas qilasan. Agar «Yuve»ni tanlasang, kelasi Jahon chempionatiga «omad keltiruvchi tumor» bo'lib emas, bosh qahramon bo'lib borasan», - degan Evraning so'zlarini keltirib o'tdi Football Italia. Eslatib o'tamiz, Patris Evra 2014-2017 yillarda «keksa senora» tarkibida o'ynagan.
Yuklab olish
Onlayn 232 (0/232)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa