UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Futbol Yangiklari
Mavzu fayllari
(1)
"Real" Angliya terma jamoasi posboniga qiziqib qoldi Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoaning darvoza chizig‘ini kuchaytira oladigan yana bir nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillari ayni damda davom etayotgan JCh-2018 musobaqasida o‘zini ko‘rsatayotgan Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikfordni kuzatishmoqda. Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli "Everton" posboni hozircha mundialda o‘z darvozasidan bor yo‘g‘i 4ta to‘p olib chiqqan holos. Angliya terma jamoasi esa ertaga yarim finalda Xorvatiyaga qarshi bahs yuritadi. Eslatib o‘tamiz, “Real” bundan avval “Roma” darvozaboni Alisson Beker va “Chelsi” posboni Tibo Kurtualarning nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yuklab olish
Onlayn 249 (0/249)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa