UMUMIY BO'LIM
|
Dunyo yangiliklari
|
Mavzu:
Futbol Yangiklari
Mavzu fayllari
(1)
E'TIBOR BERISh KERAK BO'LGAN FAKT . JCh-2018 saralashlari doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi 12 o'yinda qatnashdi. Shundan 10 tasida g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi. Eronga imkoniyatni boy berdi. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 10 o'yinda g'alaba qozonib, 2 marta mag'lub bo'ldi (Shimoliy Koreya, Eron). Raqiblarimiz o'yinining juda tartibliligi hisobiga o'yinning qaysidir vaqtida ko'proq gol urilganini kuzatmaysiz. Bundan tashqari ular hech ham bo'shashib qolishmaydi va barcha oraliqlarda gol urishadi. Koreyslar o'yinning 30-45, 60-75 va 75-90-daqiqalari oralig'ida eng ko'p gol urishadi. Saralashdagi gollarning 60 foizi shu vaqt oralig'ida urilgan. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 33,3 % gollarini 45-60 daqiqalarda rasmiylashtirgan. Terma jamoamiz gollarining atigi 4 foizi 15-30-daqiqalar oralig'iga to'g'ri keladi, 25 foizi esa o'yinning so'nggi 15 daqiqasiga. Koreyslar ikkinchi bo'lim avvalini nisbatan sustroq o'tkazmoqda, O'zbekiston esa aynan ikkinchi taym debyutida juda faol. Mana shu jihatni saqlab qolgan holda raqibni "jazolash" mumkin. Har holda Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlardagi noxush an'anani buzishning vaqti kelgan. Babayan shogirdlari buning uddasidan chiqishsa, JCh-2018 uchun eng katta qadamni tashlagan bo'lamiz.
Yuklab olish
Onlayn 84 (0/84)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa