Mavzu: O'n ming so'm (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:06) 2017 yilning 10 martidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda Markaziy bank saytida xabar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10 000 so'm bo'lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “10000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o'tkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan. Naqshinkor ramkaning o'ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek Gerbning o'ng tarafida “10000” raqami tasvirlangan bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Gerbning o'ng tarafidagi “10000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO‘M” so'zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so'z bilan “O‘N MING” ko'rsatilgan. Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan.

Banknotning to'q ko'k rangli naqshinkor ramkasi, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o'ng va chap tomondagi “10000” raqamlari bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan “10000” raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko'rsatilgan. Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud. Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2017” ko'rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko'k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo'lib, pastki bezak ustida “10000” raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida “SENAT” me`moriy binosi, bino gumbazining tepasida O'zbekiston Respublikasining rangli bayrog'i tasvirlangan. Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “10000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “O‘N MING” ko'rsatilgan. Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida “10000” raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida “O‘N MING SO‘M” yozuvi aks ettirilgan.

Markaziy bank axborotida qayd etilishicha, muomalaga chiqarilayotgan qiymati 10000 so'm bo'lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub`yektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:07) Rasmlari :-) BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:08) Bu pul oilamizga baraka olib kelsin :-) REYXAN (3 Mar 2017 21:19) O'ng ming emas :-D (O'n ming) BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:20) --Javob-- REYXAN (3 Mar 2017 21:19): O'ng ming emas :-D (O'n ming) ---------- REYXAN, o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas :-D Tayotabek (3 Mar 2017 21:23) Körinishi dolorga öxshab ketarkan:D REYXAN (3 Mar 2017 21:29) Kim ushab ko'rdi :-D MaStEr_JaSuR (3 Mar 2017 21:42) xa lekin 200 sumlikgaham oxwaydi boru :-) Mr_Lucky (3 Mar 2017 21:48) Xali chiqmaganku bu pul BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:49) --Javob-- Mr_Lucky (3 Mar 2017 21:48): Xali chiqmaganku bu pul ---------- Mr_Lucky, rasmiy e'lon qilingan, endi chiqadida :-)
http://www.cbu.uz/uzc/press-tsentr/novosti/2017/03/81013/ Mr_Lucky (3 Mar 2017 21:51) --Javob-- BahhTeeUz (3 Mar 2017 21:49): Mr_Lucky, rasmiy e'lon qilingan, endi chiqadida :-)
http://www.cbu.uz/uzc/press-tsentr/novosti/2017/03/81013/ ---------- Bahh Tee, Reyxan kim ushlab ko'rdi diganiga aytayapmanda MaStEr_JaSuR (4 Mar 2017 00:29) Endi yanada ishimiz oson boladi va cho'ntagimiz boshrog' turadi :-D BahhTeeUz (4 Mar 2017 00:34) Endi pochkani usti va tagiga 10 minglik qo'yib chiqadiganlar ko'payadi :joy: MaStEr_JaSuR (4 Mar 2017 00:36) --Javob-- BahhTeeUz (4 Mar 2017 00:34): Endi pochkani usti va tagiga 10 minglik qo'yib chiqadiganlar ko'payadi :joy: ---------- Bahh Tee, Manimcha sinalganov aaa bexudaga bu gapi etmiysan bahte :-D BahhTeeUz (4 Mar 2017 00:37) --Javob-- MaStEr_JaSuR (4 Mar 2017 00:36): Bahh Tee, Manimcha sinalganov aaa bexudaga bu gapi etmiysan bahte :-D ---------- MaStEr_JaSuR, yo'q bir marta ko'rgan edimda, ichi 500 so'mlik ham 1000 so'mlik ham bor pochkani usti 5000 talik edi :-D MaStEr_JaSuR (4 Mar 2017 00:40) --Javob-- BahhTeeUz (4 Mar 2017 00:37): MaStEr_JaSuR, yo'q bir marta ko'rgan edimda, ichi 500 so'mlik ham 1000 so'mlik ham bor pochkani usti 5000 talik edi :-D ---------- Bahh Tee, Ozingni oynada korgansanov shundaymii .voyu. Mr_Lucky (4 Mar 2017 06:46) Endi pul qadrsizlanadi , iqtisodiyotga zararku , undan ko'ra chiqmagani maqul edi BahhTeeUz (4 Mar 2017 07:05) --Javob-- Mr_Lucky (4 Mar 2017 06:46): Endi pul qadrsizlanadi , iqtisodiyotga zararku , undan ko'ra chiqmagani maqul edi ---------- Mr_Lucky, yuqoridagilar ham siz o'ylagan narsani o'ylab ko'rgan deb o'yliman :gg: MaStEr_JaSuR (4 Mar 2017 09:20) --Javob-- Mr_Lucky (4 Mar 2017 06:46): Endi pul qadrsizlanadi , iqtisodiyotga zararku , undan ko'ra chiqmagani maqul edi ---------- Mr_Lucky, Buni hammasini oylab keyin bu qaror chiqgan agarda bu pulni chiqishi salbiy oqibatga kelgani umuman tasdiqlanmasdi :-) BahhTeeUz (4 Mar 2017 22:25) 10-martdan muomilaga chiqarilar ekan (rasmiy ma'lumot emas) :-) Sardorbek (4 Mar 2017 23:32) Od tomoniga Kim nidur surati tushurilulganmi? MaStEr_JaSuR (5 Mar 2017 00:14) --Javob-- Sardorbek (4 Mar 2017 23:32): Od tomoniga Kim nidur surati tushurilulganmi? ---------- Sardorbek, Yoq 5 minglikga oxshaydi :-) Sardorbek (5 Mar 2017 01:53) --Javob-- MaStEr_JaSuR (5 Mar 2017 00:14): Sardorbek, Yoq 5 minglikga oxshaydi :-) ---------- MaStEr_JaSuR, Ha Sunnat (5 Mar 2017 19:17) Atak chiroylika Janob Master (5 Mar 2017 19:38) ajoyib ko'rinishi zor ekan Sunnat (5 Mar 2017 19:43) --Javob-- Janob Master (5 Mar 2017 19:38): ajoyib ko'rinishi zor ekan ---------- Janob Master, kanewna iye BahhTeeUz (20 Mar 2017 00:54) 3 mln so'm :gg: UZBEKSHOH (19 Dec 2017 18:42) 50mintali ciqdi yaqnda 100mintali ciqsa ajabmas Prince_Abdul (19 Dec 2017 21:08) --Javob-- UZBEKSHOH (19 Dec 2017 18:42): 50mintali ciqdi yaqnda 100mintali ciqsa ajabmas ---------- UZBEKSHOH, chiqadi deb eshitdim KomiLov (19 Dec 2017 21:45) --Javob-- Prince_Abdul (19 Dec 2017 21:08): UZBEKSHOH, chiqadi deb eshitdim ---------- abdul2017, menimcha 20-yillarda chiqadi endi shu boyi. Ozi 50mintali chiqib ancha qadrisizlanib ketti pul UmA (19 Dec 2017 21:48) Rasmi qaysidir tgdagi kanalda tarqalgandiyu 100talikni adashmasam KomiLov (20 Dec 2017 00:35) --Javob-- UmA (19 Dec 2017 21:48): Rasmi qaysidir tgdagi kanalda tarqalgandiyu 100talikni adashmasam ---------- UmA, fashipka qilib yarataverishadi pulni rasimlarini. 10mintalik chiqmasdan chamsi 7-8 xilini korganman tgda WapKing (20 Dec 2017 01:00) mana kerakmi WapKing (20 Dec 2017 01:04) O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi haqidagi mish-mishlar asossiz. Bu haqda bugun, 14 sentabr kuni Media Hall NAESMIda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.
“Turli ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu gap-so‘zlar asossiz. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hozircha 100 so‘mlik kupyura chiqarishni rejalashtirmayapti. Bunday qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali ma’lumot beriladi”
Temur Ishmetov, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Dima Muratov (20 Dec 2017 01:33) 10 sumlik xam eskirdiki xozir... Prince_Abdul (20 Dec 2017 07:32) --Javob-- KomiLov (19 Dec 2017 21:45): abdul2017, menimcha 20-yillarda chiqadi endi shu boyi. Ozi 50mintali chiqib ancha qadrisizlanib ketti pul ---------- KomiLov, ha balkim keyingi yil yoki undan keyin 100000 lik chiqsa 100 200 500 1000 so'mliklar yo'qalar ekan Prince_Abdul (20 Dec 2017 07:32) --Javob-- UmA (19 Dec 2017 21:48): Rasmi qaysidir tgdagi kanalda tarqalgandiyu 100talikni adashmasam ---------- UmA, buni hammasi fotoshop GoldBerg (20 Dec 2017 08:12) --Javob-- Prince_Abdul (20 Dec 2017 07:32): KomiLov, ha balkim keyingi yil yoki undan keyin 100000 lik chiqsa 100 200 500 1000 so'mliklar yo'qalar ekan ---------- abdul2017, shusiz ham 100 talik bilan 200 talik deyarli qolmadi. WapKing (20 Dec 2017 08:13) --Javob-- GoldBerg (20 Dec 2017 08:12): abdul2017, shusiz ham 100 talik bilan 200 talik deyarli qolmadi. ---------- GoldBerg, 200talik toshketda avtobizfa metroda tiqillib yotibdi KomiLov (20 Dec 2017 12:11) --Javob-- Prince_Abdul (20 Dec 2017 07:32): UmA, buni hammasi fotoshop ---------- abdul2017, bizi andijonda 100 va 200 talik deyarli yoq xisobi. Faqat 500talik qoldi u ham gaz qimmatlagandan keyin yol kiralar chiqib tushish 1000som bob qoldi 500talikni qizil kirobga kiritsak ham boladi endi :D Prince_Abdul (20 Dec 2017 13:06) --Javob-- KomiLov (20 Dec 2017 12:11): abdul2017, bizi andijonda 100 va 200 talik deyarli yoq xisobi. Faqat 500talik qoldi u ham gaz qimmatlagandan keyin yol kiralar chiqib tushish 1000som bob qoldi 500talikni qizil kirobga kiritsak ham boladi endi :D ---------- KomiLov, ha bizda ham shunday lekin 100 200 500 taliklar hamon aylanib yurushibdi yo'l kira bo'yicha :zor: GoldBerg (20 Dec 2017 13:55) --Javob-- BahhTeeUz (20 Mar 2017 00:54): 3 mln so'm :gg: ---------- Bahh Tee, bazi davlatlarda bu 3 pachka pulni 1 donaga kupyura ham o'rnini bosa oladi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1003/