Mavzu: Ikkinchi xorijiy til o'rgatilishi mumkin
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 14:15
O'zbekiston maktablarida chet tillarini o'qitish masalasi qayta ko'rib chiqiladi.

Xalq ta`limi vazirligi joriy yilning fevral oyida hududlardagi boshqarmalariga tavsiyalar jo'natgan bo'lib, ularda nafaqat ingliz, balki boshqa xorijiy tillarni o'rganishga ham e`tibor qaratish zarurligi aytiladi. Bu haqida Fledu nashri xabar bermoqda.

Vazirlik ma`lumotlariga ko'ra, boshlang'ich maktab o'quvchilarining 94 foizi ingliz tilini o'rganmoqda. Muassasa yangi o'quv yilidan boshlab, umumta`lim va ixtisoslashgan maktablarda, shuningdek, maktab-internatlarda (beshinchi sinfga boradigan o'quvchilar uchun) ingliz tiliga qo'shimcha ravishda ikkinchi chet tili tariqasida nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon, arab, fors, hind va boshqa xorijiy tilllarni joriy qilishni taklif etmoqda.

Xalq ta`limi boshqarmalari mart oyi o'rtalariga qadar, mamlakatdagi har bir maktabning ikkinchi chet tilini joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilib chiqishi va bu haqda vazirlikka hisobot berishi kerakligi to'g'risida ham axborot tarqatilgan.
Manba:

O‘zbekiston va jahon yangiliklari, eng so‘nggi tezkor xabarlar, qiziqarli maqola, intervyu, foto va video materiallar

O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar va xabarlar, jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat, soprt, tenologiyalarga oid qiziqarli maqolalar. Mashhurlar bilan intervyular

http://kun.uz/uz/21934375?q=%2F21934375

2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 14:17
Bu narsa bolaga og'irliq qilmasmikan? kim qanday fikrda, hozirgi yoshlarga gap yo'q, aqliy jixatdan yetuk ammo qiynalmasmikan? :-)
3. King2000 (88) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 15:05
Manimcha bu juda yaxshi zero til bilgan el biladi qaniydi amalga oshsa:-)
4. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 15:08
King2000 (7 March 2017, 15:05):
Manimcha bu juda yaxshi zero til bilgan el biladi qaniydi amalga oshsa:-)
King2000, to'g'ri til bilgan el biladi, ammo men o'zmdan qiyoslaganda hamma fanni o'qishga harakat qilar edim, shuni hisobga olib aytayabmanda :-)
5. King2000 (88) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 15:10
BahhTeeUz (7 March 2017, 15:08):
King2000, to'g'ri til bilgan el biladi, ammo men o'zmdan qiyoslaganda hamma fanni o'qishga harakat qilar edim, shuni hisobga olib aytayabmanda :-)
Bahh Tee, buyam to'g'ri og'irlik qilishi mumkin :-)
6. Talant2017 (127) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 16:20
O'zbek tilini bilvose yaxshi bo'larmidi aval Biz tojik rus fors arab azar turk tillarini qushib chatib gapiramiz o'zbekchada qanday bo'lishini bilmaymiz Ayraport -tayyoragoh , samalyot - tayyora, Gazeta- ro'znoma (tojik) .... ishkal
7. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 0| 7 March 2017, 16:25
Talant2017 (7 March 2017, 16:20):
O'zbek tilini bilvose yaxshi bo'larmidi aval Biz tojik rus fors arab azar turk tillarini qushib chatib gapiramiz o'zbekchada qanday bo'lishini bilmaym• • •
Talant2017, bu so'zlarni ona tilimizda "esikrgan so'zlar" qatoriga qo'shiladi!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1020
Mavzuga oid xabarlar soni: 22 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Sep 2017, 08:53
Mavzuni ko'rishgan: 4 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 144 (0/144)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru