Mavzu: Dasturchilar uchun kelajak maktabi qanday tuzilgan
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 21:59
2013 yili Parijda koding maktabi ochilgan edi. U yerga asosan yoshlar, ko'p hollarda tajribasiz dasturchilarni qabul qilishadi. Ularga turarjoy va zarur texnikalar taqdim etiladi hamda loyihalarni amalga oshirish so'raladi. Unga kirish uchun oliy yoki o'rta ma`lumot haqidagi diplom kerak emas, shuningdek, o'qituvchi va jiddiy nazorat ham yo'q. Maktabning asosiy maqsadi — tajriba taqdim etish va iqtidorli mutaxassislarni kashf etishdir.
2016 yilda maktab filiali Kaliforniyada ham ochildi. Xuddi shunga o'xshash loyihalar turli mamlakatlarda ham paydo bo'la boshladi. Ko'plab IT-mutaxassislar ham unda kelajak ta`limini ko'rishganini aytib, loyihani olqishlashdi.

2017 yil bahorida 42-maktabga IT-mutaxassis Pol Grem va «VKontakte» hamda Telegram Pavel Durov tashrif buyurgan edi.

«Bugun men 42-maktabda bo'ldim va hanuz ko'rganlarim ta`siridaman. Universitetlar, ehtiyot bo'linglar», - deb yozgan edi o'z tashrifidan so'ng Pol.

«Ksave Nelning 42-loyihasi, dasturlashdagi ko'p masalalarda ancha ilgarilab ketgan maktabdan lol qoldim. Bu qaysidir ma`noda kelajak ta`limidir», - degan Pavel Durov.

Qanaqa maktab o'zi bu?

42-maktab — bu boshlovchi va tajribali dasturchilar uchun xususiy o'quv ta`lim maskanidir. Uning bo'limlaridan biri Parijda, ikkinchisi — Kaliforniyaning Frimont shahrida ochilgan. Uning nomlanishi «Avtostop bilan galaktika bo'ylab» kitobiga bog'liq. Asarda o'ta kuchli sun`iy aql «Hayot, Koinot va barcha boshqa narsalarning asosiy savoli»ga shu raqam bilan javob bergan. Maktabda o'qish bepul, talabalarga umumiy yotoqxonadan joy, kuchli iMac va cheksiz internet taqdim etiladi.

Ta`lim jarayoni o'qituvchilarsiz tashkil etilgan bo'lib, talabalar internetda axborotni topadi va birgalikda IT-loyihalar ustida ishlaydi. Maktab bir kunda 24 soat, haftasiga 7 kun ishlaydi. Talabalar istagan vaqtda kelib ketishlari mumkin. Bu yerda akademik jadval mavjud emas. Birinchi yilda 70 ming kishi ariza topshirgan bo'lib, ulardan 3 mingga yaqini test orqali tanlab olingan.

Amerika va Fransiyadagi bo'limlarida 20 nafaar xodim ishlaydi, ammo ular dars bermaydi yoki talabalarning ishlariga aralashmaydi, balki shunchaki ma`muriy vazifalarni bajarishadi. Rahbariyat o'qituvchilar orqali bilim berishni qo'llab-quvvatlamaydi, chunki ularning fikricha, har qanday ma`lumotni mustaqil ravishda internetda topsa bo'ladi.

Maktabga kim asos soldi?

Loyihaga 7 mlrd dollardan ortiq mablag'i bo'lgan 49 yoshli fransuz tadbirkori Ksave Nel (Xavier Niel) asos soldi. Nel 13 yosh bo'lganida otasi unga Sinclair ZX81 kompyuterini sovg'a qildi. Bu o'smir yigitning IT-sohani tanlashiga kifoya qildi. Tadbirkor maktabni tugatgach, universitetga kirmadi, aksincha uyidagi garajda dasturlashni o'rganishda davom etdi.
2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 22:02

O‘zbekiston va jahon yangiliklari, eng so‘nggi tezkor xabarlar, qiziqarli maqola, intervyu, foto va video materiallar

O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar va xabarlar, jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat, soprt, tenologiyalarga oid qiziqarli maqolalar. Mashhurlar bilan intervyular

http://kun.uz/uz/40833081

Davomi shu yerda :-)
3. BAXABEK (1162) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 22:03
O'zbekistondaham ochilsa yaxshi bo'lar edi.
4. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 22:04
BAXABEK (6 Jun 2017, 22:03):
O'zbekistondaham ochilsa yaxshi bo'lar edi.
BAXABEK, avval trafik arzonlashsin :gg:
Ijobiy (1): Arey,
5. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 22:18
Kim öqidi:joyy: qisqasini yozvorila xamasini öqisha köz ötmayapti zrenam tusheb ketyapti xD)))
6. toshkonli (27) [off] | TXT | 41| 6 Jun 2017, 23:16
Tayotabek (6 Jun 2017, 22:18):
Kim öqidi:joyy: qisqasini yozvorila xamasini öqisha köz ötmayapti zrenam tusheb ketyapti xD)))
Tayotabek, ochki taqvolin :joyy:
7. Akbarali (2833) [off] | TXT | 41| 7 Jun 2017, 00:19
Bizi davlatda bunday narsa bo'lishiga ancha bor juda bo'masa uz domendan 6 7ta sayt buzilar mashxuroq saytlardan men javob davlat topib davlatga kerakli foydasi tegadgan inson qiladi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1406
Mavzuga oid xabarlar soni: 19 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:24
Mavzuni ko'rishgan: 41 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 211 (0/211)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru