UMUMIY BO'LIM
|
Mahalliy yangiliklar
|
Mavzu:
Dasturchilar uchun kelajak maktabi qanday tuzilgan
Mavzu fayllari
(0)
2013 yili Parijda koding maktabi ochilgan edi. U yerga asosan yoshlar, ko'p hollarda tajribasiz dasturchilarni qabul qilishadi. Ularga turarjoy va zarur texnikalar taqdim etiladi hamda loyihalarni amalga oshirish so'raladi. Unga kirish uchun oliy yoki o'rta ma`lumot haqidagi diplom kerak emas, shuningdek, o'qituvchi va jiddiy nazorat ham yo'q. Maktabning asosiy maqsadi — tajriba taqdim etish va iqtidorli mutaxassislarni kashf etishdir. 2016 yilda maktab filiali Kaliforniyada ham ochildi. Xuddi shunga o'xshash loyihalar turli mamlakatlarda ham paydo bo'la boshladi. Ko'plab IT-mutaxassislar ham unda kelajak ta`limini ko'rishganini aytib, loyihani olqishlashdi. 2017 yil bahorida 42-maktabga IT-mutaxassis Pol Grem va «VKontakte» hamda Telegram Pavel Durov tashrif buyurgan edi. «Bugun men 42-maktabda bo'ldim va hanuz ko'rganlarim ta`siridaman. Universitetlar, ehtiyot bo'linglar», - deb yozgan edi o'z tashrifidan so'ng Pol. «Ksave Nelning 42-loyihasi, dasturlashdagi ko'p masalalarda ancha ilgarilab ketgan maktabdan lol qoldim. Bu qaysidir ma`noda kelajak ta`limidir», - degan Pavel Durov. Qanaqa maktab o'zi bu? 42-maktab — bu boshlovchi va tajribali dasturchilar uchun xususiy o'quv ta`lim maskanidir. Uning bo'limlaridan biri Parijda, ikkinchisi — Kaliforniyaning Frimont shahrida ochilgan. Uning nomlanishi «Avtostop bilan galaktika bo'ylab» kitobiga bog'liq. Asarda o'ta kuchli sun`iy aql «Hayot, Koinot va barcha boshqa narsalarning asosiy savoli»ga shu raqam bilan javob bergan. Maktabda o'qish bepul, talabalarga umumiy yotoqxonadan joy, kuchli iMac va cheksiz internet taqdim etiladi. Ta`lim jarayoni o'qituvchilarsiz tashkil etilgan bo'lib, talabalar internetda axborotni topadi va birgalikda IT-loyihalar ustida ishlaydi. Maktab bir kunda 24 soat, haftasiga 7 kun ishlaydi. Talabalar istagan vaqtda kelib ketishlari mumkin. Bu yerda akademik jadval mavjud emas. Birinchi yilda 70 ming kishi ariza topshirgan bo'lib, ulardan 3 mingga yaqini test orqali tanlab olingan. Amerika va Fransiyadagi bo'limlarida 20 nafaar xodim ishlaydi, ammo ular dars bermaydi yoki talabalarning ishlariga aralashmaydi, balki shunchaki ma`muriy vazifalarni bajarishadi. Rahbariyat o'qituvchilar orqali bilim berishni qo'llab-quvvatlamaydi, chunki ularning fikricha, har qanday ma`lumotni mustaqil ravishda internetda topsa bo'ladi. Maktabga kim asos soldi? Loyihaga 7 mlrd dollardan ortiq mablag'i bo'lgan 49 yoshli fransuz tadbirkori Ksave Nel (Xavier Niel) asos soldi. Nel 13 yosh bo'lganida otasi unga Sinclair ZX81 kompyuterini sovg'a qildi. Bu o'smir yigitning IT-sohani tanlashiga kifoya qildi. Tadbirkor maktabni tugatgach, universitetga kirmadi, aksincha uyidagi garajda dasturlashni o'rganishda davom etdi.
Yuklab olish
Onlayn 223 (0/223)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa