Mavzu: Dasturchilar uchun kelajak maktabi qanday tuzilgan (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) BahhTeeUz (6 Jun 2017 21:59) 2013 yili Parijda koding maktabi ochilgan edi. U yerga asosan yoshlar, ko'p hollarda tajribasiz dasturchilarni qabul qilishadi. Ularga turarjoy va zarur texnikalar taqdim etiladi hamda loyihalarni amalga oshirish so'raladi. Unga kirish uchun oliy yoki o'rta ma`lumot haqidagi diplom kerak emas, shuningdek, o'qituvchi va jiddiy nazorat ham yo'q. Maktabning asosiy maqsadi — tajriba taqdim etish va iqtidorli mutaxassislarni kashf etishdir.
2016 yilda maktab filiali Kaliforniyada ham ochildi. Xuddi shunga o'xshash loyihalar turli mamlakatlarda ham paydo bo'la boshladi. Ko'plab IT-mutaxassislar ham unda kelajak ta`limini ko'rishganini aytib, loyihani olqishlashdi.

2017 yil bahorida 42-maktabga IT-mutaxassis Pol Grem va «VKontakte» hamda Telegram Pavel Durov tashrif buyurgan edi.

«Bugun men 42-maktabda bo'ldim va hanuz ko'rganlarim ta`siridaman. Universitetlar, ehtiyot bo'linglar», - deb yozgan edi o'z tashrifidan so'ng Pol.

«Ksave Nelning 42-loyihasi, dasturlashdagi ko'p masalalarda ancha ilgarilab ketgan maktabdan lol qoldim. Bu qaysidir ma`noda kelajak ta`limidir», - degan Pavel Durov.

Qanaqa maktab o'zi bu?

42-maktab — bu boshlovchi va tajribali dasturchilar uchun xususiy o'quv ta`lim maskanidir. Uning bo'limlaridan biri Parijda, ikkinchisi — Kaliforniyaning Frimont shahrida ochilgan. Uning nomlanishi «Avtostop bilan galaktika bo'ylab» kitobiga bog'liq. Asarda o'ta kuchli sun`iy aql «Hayot, Koinot va barcha boshqa narsalarning asosiy savoli»ga shu raqam bilan javob bergan. Maktabda o'qish bepul, talabalarga umumiy yotoqxonadan joy, kuchli iMac va cheksiz internet taqdim etiladi.

Ta`lim jarayoni o'qituvchilarsiz tashkil etilgan bo'lib, talabalar internetda axborotni topadi va birgalikda IT-loyihalar ustida ishlaydi. Maktab bir kunda 24 soat, haftasiga 7 kun ishlaydi. Talabalar istagan vaqtda kelib ketishlari mumkin. Bu yerda akademik jadval mavjud emas. Birinchi yilda 70 ming kishi ariza topshirgan bo'lib, ulardan 3 mingga yaqini test orqali tanlab olingan.

Amerika va Fransiyadagi bo'limlarida 20 nafaar xodim ishlaydi, ammo ular dars bermaydi yoki talabalarning ishlariga aralashmaydi, balki shunchaki ma`muriy vazifalarni bajarishadi. Rahbariyat o'qituvchilar orqali bilim berishni qo'llab-quvvatlamaydi, chunki ularning fikricha, har qanday ma`lumotni mustaqil ravishda internetda topsa bo'ladi.

Maktabga kim asos soldi?

Loyihaga 7 mlrd dollardan ortiq mablag'i bo'lgan 49 yoshli fransuz tadbirkori Ksave Nel (Xavier Niel) asos soldi. Nel 13 yosh bo'lganida otasi unga Sinclair ZX81 kompyuterini sovg'a qildi. Bu o'smir yigitning IT-sohani tanlashiga kifoya qildi. Tadbirkor maktabni tugatgach, universitetga kirmadi, aksincha uyidagi garajda dasturlashni o'rganishda davom etdi. BahhTeeUz (6 Jun 2017 22:02) http://kun.uz/uz/40833081
Davomi shu yerda :-) BAXABEK (6 Jun 2017 22:03) O'zbekistondaham ochilsa yaxshi bo'lar edi. BahhTeeUz (6 Jun 2017 22:04) --Javob-- BAXABEK (6 Jun 2017 22:03): O'zbekistondaham ochilsa yaxshi bo'lar edi. ---------- BAXABEK, avval trafik arzonlashsin :gg: Tayotabek (6 Jun 2017 22:18) Kim öqidi:joy: qisqasini yozvorila xamasini öqisha köz ötmayapti zrenam tusheb ketyapti xD))) toshkonli (6 Jun 2017 23:16) --Javob-- Tayotabek (6 Jun 2017 22:18): Kim öqidi:joy: qisqasini yozvorila xamasini öqisha köz ötmayapti zrenam tusheb ketyapti xD))) ---------- Tayotabek, ochki taqvolin :joy: Akbarali (7 Jun 2017 00:19) Bizi davlatda bunday narsa bo'lishiga ancha bor juda bo'masa uz domendan 6 7ta sayt buzilar mashxuroq saytlardan men javob davlat topib davlatga kerakli foydasi tegadgan inson qiladi BAXABEK (7 Jun 2017 11:29) --Javob-- Akbarali (7 Jun 2017 00:19): Bizi davlatda bunday narsa bo'lishiga ancha bor juda bo'masa uz domendan 6 7ta sayt buzilar mashxuroq saytlardan men javob davlat topib davlatga kerakli foydasi tegadgan inson qiladi ---------- Akbarali, qamavorishmasin :gg: BEXRUZ (7 Jun 2017 11:30) --Javob-- Akbarali (7 Jun 2017 00:19): Bizi davlatda bunday narsa bo'lishiga ancha bor juda bo'masa uz domendan 6 7ta sayt buzilar mashxuroq saytlardan men javob davlat topib davlatga kerakli foydasi tegadgan inson qiladi ---------- Akbarali, buni hech qanday ilojisi yoq ! MasterLeo (7 Jun 2017 14:26) Iloji bor. Admini uyiga boramiz (pichoq bilan). Va xal sayt xam admin xam buzuldi
:lol: Doston (7 Jun 2017 20:40) --Javob-- MasterLeo (7 Jun 2017 14:26): Iloji bor. Admini uyiga boramiz (pichoq bilan). Va xal sayt xam admin xam buzuldi
:lol: ---------- MasterLeo, xaxaxa Ashurov (13 Jun 2018 12:29) --Javob-- MasterLeo (7 Jun 2017 14:26): Iloji bor. Admini uyiga boramiz (pichoq bilan). Va xal sayt xam admin xam buzuldi
:lol: ---------- MasterLeo, Shunaqa bolalar ham oramizda bor AfsuS Zenit (13 Jun 2018 13:20) To'g'ri dasturchi uchun faqat kerakli narsa hoxish,iroda va uskunalar boshqa narsa keremas dasturchiga Arey (13 Jun 2018 15:52) --Javob-- MasterLeo (7 Jun 2017 14:26): Iloji bor. Admini uyiga boramiz (pichoq bilan). Va xal sayt xam admin xam buzuldi
:lol: ---------- MasterLeo, Meni uyimga keling. Meni yo'q qildingiz ham deylik. Xo'p lekin Saytimni qanday buzasiz. Men parolni cookiesda saqlamaymanku. :) MasterLeo (15 Jun 2018 09:56) xaIzilga tushunganga xazil qilishim kerak ekan :-( Mahmudjon_BEST (23 Mar 2019 17:23) --Javob-- MasterLeo (7 Jun 2017 14:26): Iloji bor. Admini uyiga boramiz (pichoq bilan). Va xal sayt xam admin xam buzuldi
:lol: ---------- [b]MasterLeo,[/b] Buzgandan nima foyda?:ko'z: UzNetStar (22 May 2019 18:46) salom MasterOS (22 May 2019 22:03) Bizdayam #1 daka maktab kerak, pochti 99% odam bezopitniy dasturchi bizda :D RM_FANAT (23 May 2019 05:40) Yurtimizda ham shunaqa maktab boganida Men darrov borib osha yerga o'qirdim :lol: Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1406/