Mavzu: Hududlar yo'l haqini elektron to'lash boshlandi.
1. Jek Lion (M) (204) [off] | TXT | 1| 27 Jun 2017, 10:09
Hududlarda elektron to‘lov tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar transport tarmog‘ida ham faol amalga oshirilmoqda, deb yozadiO‘zA. Yo‘lovchilarga to‘lovlarni elektron tarzda to‘lash imkoniyatini yaratish maqsadida Yiwu Angnu Trading Company kompaniyasi (Xitoy) tomonidan ishlab chiqarilgan 200 validator, 30 ming NFC (kontaktsiz tranzaksiya) elektron chipli kartalari olib kelingan.
2. Jek Lion (M) (204) [off] | TXT | 1| 27 Jun 2017, 10:09
Andijon shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan yangi turdagi elektron qurilmalar o‘zini to‘la oqladi. Joriy yilning 1-may kuni Andijon shahrida 150 avtobusga validatorlar o‘rnatilib, tizim rasman ishga tushirildi. Hozirgi kunda Andijon shahridagi o‘nta avtobus bekatida yo‘lovchilarga elektron to‘lov kartalarni sotish va mablag‘ bilan to‘ldirish xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, yo‘l haqining naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarga ega. Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasasidan 15 ming so‘mga (shundan 5 ming so‘mi yo‘lovchining hisobiga tushirib beriladi) karta sotib oladi. Keyinchalik naqd pul to‘lash yoki bank plastik kartochkasidan onlayn tartibda pul tushirish orqali hisobni to‘ldirib borishi mumkin bo‘ladi. Muddati ikki yillik bo‘lgan kartalardan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin.
Kartadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani validatorga tekkizganda yo‘l haqi avtomatik ravishda belgilangan tarif bo‘yicha yechib olinadi. To‘lovni tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta beriladi. Chipta odatdagi chiptalardek to‘lov tasdig‘i sifatida avtobusdan tushgunga qadar saqlanishi kerak
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1479
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 27 Jun 2017, 10:09
Mavzuni ko'rishgan: 1 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 165 (0/165)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru