UMUMIY BO'LIM
|
Mahalliy yangiliklar
|
Mavzu:
Hududlar yo'l haqini elektron to'lash boshlandi.
Mavzu fayllari
(0)
Andijon shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan yangi turdagi elektron qurilmalar o‘zini to‘la oqladi. Joriy yilning 1-may kuni Andijon shahrida 150 avtobusga validatorlar o‘rnatilib, tizim rasman ishga tushirildi. Hozirgi kunda Andijon shahridagi o‘nta avtobus bekatida yo‘lovchilarga elektron to‘lov kartalarni sotish va mablag‘ bilan to‘ldirish xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Ta’kidlash kerakki, yo‘l haqining naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarga ega. Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasasidan 15 ming so‘mga (shundan 5 ming so‘mi yo‘lovchining hisobiga tushirib beriladi) karta sotib oladi. Keyinchalik naqd pul to‘lash yoki bank plastik kartochkasidan onlayn tartibda pul tushirish orqali hisobni to‘ldirib borishi mumkin bo‘ladi. Muddati ikki yillik bo‘lgan kartalardan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin. Kartadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani validatorga tekkizganda yo‘l haqi avtomatik ravishda belgilangan tarif bo‘yicha yechib olinadi. To‘lovni tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta beriladi. Chipta odatdagi chiptalardek to‘lov tasdig‘i sifatida avtobusdan tushgunga qadar saqlanishi kerak
Yuklab olish
Onlayn 223 (0/223)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa