Mavzu: Hududlar yo'l haqini elektron to'lash boshlandi. (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar)
Jek Lion (27 Jun 2017 10:09)
Hududlarda elektron toâlov tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar transport tarmogâida ham faol amalga oshirilmoqda, deb yozadiOâzA. Yoâlovchilarga toâlovlarni elektron tarzda toâlash imkoniyatini yaratish maqsadida Yiwu Angnu Trading Company kompaniyasi (Xitoy) tomonidan ishlab chiqarilgan 200 validator, 30 ming NFC (kontaktsiz tranzaksiya) elektron chipli kartalari olib kelingan.
Jek Lion (27 Jun 2017 10:09)
Andijon shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan yangi turdagi elektron qurilmalar oâzini toâla oqladi. Joriy yilning 1-may kuni Andijon shahrida 150 avtobusga validatorlar oârnatilib, tizim rasman ishga tushirildi. Hozirgi kunda Andijon shahridagi oânta avtobus bekatida yoâlovchilarga elektron toâlov kartalarni sotish va mablagâ bilan toâldirish xizmatlari koârsatilmoqda.
Taâkidlash kerakki, yoâl haqining naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarga ega. Yoâlovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasasidan 15 ming soâmga (shundan 5 ming soâmi yoâlovchining hisobiga tushirib beriladi) karta sotib oladi. Keyinchalik naqd pul toâlash yoki bank plastik kartochkasidan onlayn tartibda pul tushirish orqali hisobni toâldirib borishi mumkin boâladi. Muddati ikki yillik boâlgan kartalardan butun oila aâzolari foydalanishi mumkin.
Kartadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani validatorga tekkizganda yoâl haqi avtomatik ravishda belgilangan tarif boâyicha yechib olinadi. Toâlovni tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yoânalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablagâ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta beriladi. Chipta odatdagi chiptalardek toâlov tasdigâi sifatida avtobusdan tushgunga qadar saqlanishi kerak
Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/9/1479/